• TButton
  • C++Builderning standart komponentalar




    Download 0,76 Mb.
    bet16/19
    Sana25.01.2024
    Hajmi0,76 Mb.
    #145531
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
    Bog'liq
    excel elektron jadvalini organuvchilar uchun elektron tizimini loyihalash (2)

    C++Builderning standart komponentalar.




    Xar bir dasturiy ta‘minotning o‘z standart komponentalari mavjud bo‘lib quyida C++Builderning standart komponentalari aloxida-aloxida
    ko‘rib chiqamiz:

    TMainMenyu


    TMainlMenu bosh menyu buyruqlari panelini va ularga mos keladigan oqib chiquvchi menyularni yaratadi.
    TLabel
    TLabel shaklda tahrir qilib bo‘lmaydigan statik matnning to‘rtburchak sohasini aks ettiradi. Odatda matn boshqa komponenta nomidan iborat bo‘ladi. Shrift o‘lchami avtomatik tarzda sohaning maksimal to‘ldirilishiga mos kelishi uchun AutoSize xususiyatining true qiymatini o‘rnating. Kalta soha ichida matnning hammasini ko‘rish imkoniga ega bo‘lish uchun WordWrap xususiyatining true qiymatini bering. Transparent xususiyatining true qiymatini o‘rnatangiz, boshqa komponentaning bir qismini to‘g‘ri uning ustida joylashtirilgan nom orasidan ko‘rinib turadigan qilishingiz mumkin.
    TEdit
    TEdit axborot yakka satrining tahrir qilinayotgan kiritishidagi to‘rtburchak sohani shaklda aks ettiradi. Tahrir sohasining ichidagi boshlang‘ich narsalarni Text xususiyatining qiymati bo‘lgan satr aniqlaydi.
    TMemo
    TMemo axborot ko‘plab satrining tahrir qilinayotgan kiritishidagi
    to‘rtburchak sohani shaklda aks ettiradi. Tahrir sohasining ichidagi boshlang‘ich narsalarni Lines xususiyatining qiymati bo‘lgan satrlar massivi aniqlaydi. Ushbu xususiyat qiymati ustunida tugmachani bossangiz, ro‘yxat elementlari muharririning darchasi ochiladi.

    TButton


    TButton yozuvli to‘rtburchak tugmani yaratadi. Tugmacha bosilganda, dasturda biror bir xatti-harakat nomlanadi (initsiallashtiriladi). Tugmachalar ko‘proq dialogli darchalarda qo‘llanadi. Defoult xususiyatining true qiymati tomonidan tanlab olingan yashirin tugmacha, dialog darchasida har gal Enter klavishi bosilganda.
    TCheskBox
    TCheskBox ikkita holatga hamda tavsifiy matnga ega bo‘lgan kvadrat CheskBox ni yaratadi (bunda tavsifiy matn Chekbox ning vazifasini spetsifikatsiya qiladi). Boks holatini bildiruvchi «chesk» biror bir variantning tanlanishiga mos keladi (Box ustidan tortilgan chiziq bilan belgilanadi) «unchesk» holati esa tanlov olib tashlanishiga mos keladi.
    TRadioButton
    TRadioButton ikkita holatga hamda tavsifiy matnga ega bo‘lgan yumaloq tugmachani yaratadi (bunda tavsifiy matn yumaloq tugmachaning vazifasini spetsifikatsiya qiladi). Radio-tugmalar bir-birini istisno qiladigan tanlov variantlarining to‘plamidan iborat: ya‘ni ushbu vaqt daqiqasida faqat bitta tugma tanlab olinishi mumkin (ichki qora doiracha bilan belgilanadi), avval tanlangan tugmadan esa tanlov avtomatik tarzda olinadi. Radio tugma bosilganda, Chesked komponentasining xususiyati ham mos ravishda o‘zgaradi. Odatda Radio-tugmalar avvaldan shaklda o‘rnatilgan konteyner ichiga joylashtiriladi. Agar bitta tugma tanlangan bo‘lsa, ushbu guruhga mansub barcha boshqa tugmalarning tanlovlari avtomatik tarzda olib tashlanadi.
    TListBox
    TListBox tanlash, qo‘shish yoki o‘chirish uchun mo‘ljallangan matn variantlari ro‘yxatining to‘rtburchak sohasini aks ettiradi. Agar ro‘yxatdagi barcha elementlar ajratilgan sohaga sig‘masa, ro‘yxatni aylantirish lineykasi yordamida ko‘rib chiqish mumkin. Ro‘yxat elementlari ltems xususiyatining ichida, dastur bajarilish vaqtida tanlab olinadigan element raqami esa ItemIndex xususiyatining ichida joylashgan bo‘ladi. Ro‘yxat elementlari matn muharririning darchasi ltems xususiyati qiymatining grafasida tugmacha bilan ochiladi.
    TComboBox
    TComboBox tahrir sohasi hamda matn variantlarining tushib qoladigan ro‘yxati kombinatsiyasini tanlash uchun yaratadi. Text xususiyatining qiymati bevosita tahrir sohasiga kiritib qo‘yiladi. Foydalanuvchi tanlab olishi mumkin bo‘lgan ro‘yxat elementlari Items xususiyatining dasturning bajarilish paytida tanlab olinishi mumkin bo‘lgan element raqami ItemIndex xususiyatining, tanlab olingan matnning o‘zi esa SelText xususiyatining ichida bo‘ladi.
    SelStart va SelLengtx xususiyatlari matnning qaysi qismini tanlab olishni belgilab berish yoki matnning qaysi qismi tanlab olinganini bilish imkonini beradi.

    Download 0,76 Mb.
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




    Download 0,76 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    C++Builderning standart komponentalar

    Download 0,76 Mb.