O’zbekiston respublikasi oliy




Download 0,76 Mb.
bet18/19
Sana25.01.2024
Hajmi0,76 Mb.
#145531
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
excel elektron jadvalini organuvchilar uchun elektron tizimini loyihalash (2)

Xulosa.


Men ushbu ―Excel dasturini o`rgatishni avtomatlashtirilgan tizimini yaratish‖ mavzusidagi bitiruv malakaviy ishimni bajarish davomida ko‘plab izlanishlar olib bordim. Excel dasturi haqida m‘lumotlar to`pladim. Uning qanday yaratilganligini, tarixi, uning menyulari haqida ko`plab ma‘lumotlar Excel dasturini o`rgatishni avtomatlashtirilgan tizimni yaratishda qulayliklar tug`dirdi. Excel dasturi hozirgi kunda deyarli hamma joylarda asosiy ish quroli sifatida foydalanib kelinmoqda. Shu to‘plagan ma‘lumotlarim asosida C++ Builder 6 dasturlash tili asosida Excel dasturini o`rgatishni avtomatlashtirish tizimini yaratdim. Bu yaratilgan dastur makab, kollej. akademik litseylardan tashqari har bir korxona hodimlari va Excelni o`rganishni hohlovchilar uchun ham asosiy qo`llanma hisoblanadi.
Avtomatlashtirilgan tizimni yaratish davomida dasturlash texnologiyalari usullari bilan chuqurroq tanishib chiqdim va o‘zim uchun yetarli malaka va ko‘nikma hosil qildim. Excel dasturini va C++ Builder 6 yordamida shunday tizimni yaratishga harakat qildim.
Ma‘lumotlarni kiritishni qulay va oson usuli ustida ish olib bordim hamda C++ Builder 6 dasturidagi ma‘lumotlarni MS Excel ga eksport qilish interfeysini yaratdim.
‖Informatika‖ fanlar ichida eng yoshi hisoblanadi. Uni yanada rivojlantirish, kompyuter dasturlari bilan tanishish, o‘sib kelayotgan yosh avlodni elektron- hisoblash mashinalari bilan tanishtirish, ularni o‘rgatishni yangi bosqichlarini ishlab chiqish mamlakatimizning dolzarb va asosiy mavzusiga aylangan. Maktab, kollej, litsey, institut, universitetlarni talabga javob beradigan kompyuterlar bilan ta‘minlash, ularga eng zamonaviy kompyuterlarni va ular bilan ishlashni o‘rgatish, O‘zbekistonni har jabhada jahonga ko‘rsatish asosiy vazifadir. Bu O‘zbekistonda axborot texnologiyalarining qanday rivojlanayotganligi bir kichik va oddiy misoldir. Jahonning ko‘p davlatlari O‘zbekistonimizga boshqacha ko‘z bilan qarashmoqda. Yosh avlodga ko‘rsatilayotgan va berilayotgan imkoniyatlar boshqa
davlatlarni havasini keltirmoqda. Har bir davlat rivojlanish yo‘lida ma‘lum qiyinchiliklarga uchraydi. O‘zbekiston ham bundan mustasno emas. Yangi iqtisodiy munosabatlarga o‘tish davrida o‘zining texnologik imkoniyatlarini rivojlantirish faqat zamonaviy axborot texnologiyalarini qo‘llash orqali amalga oshirilishini talab etiladi. O‘zbekiston ko‘p davlatlar kabi axborot texnologiyalarini ishlab chiqishda muammolarga duch kelmoqda. Bu borada, Yevropa, Yaponiya va AQSH davlatlari yetakchilik qiladi. Mamlakatimizning axborot texnologiyalaridagi eng katta muammosi, bu kompyuterlarni ishlab chiqarish salohiyatidir. Bizda ham bosqichma-bosqich shu muammolarni yechishga astoydil harakat qilinmoqda. Bizning olimlar bu muammolarni yechishga harakat qilmoqdalar, lekin baribir bu jabhalarda kemtik borga o‘xshaydi. Baribir O‘zbekistonimiz bu muammolarni asta-sekinlik bilan hal qiladi. Har bir davlatda ham muammolar mavjud faqat o‘z milliyligini, aqlini ishlatgan davlatlar muammolarni hal qiladi. O‘zbekistonda mustaqil bo‘lgandan so‘ng, asta sekin rivojlanish yo‘liga o‘tdi.
Umumiy xulosa qilganda men bitiruv malakaviy ishimni yaratishda ta‘lim olish mobaynida o‘rgangan nazariy bilimlarimni amaliyotda qo‘llashga erishdim va bu ishlarni amalga oshirish davomida maktab, kollejlarda va Excel dasturini o`rganuvchilar uchun Excelda ish jarayonlarini hamda dasturlash tillari imkoniyatlarini bilish talab etilar ekan degan xulosaga kelindi.

Download 0,76 Mb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Download 0,76 Mb.