• XII-BOB.Qishloq xo‟jaligi maxsulotlarini saqlashni avtomatlashtirish
  • XI-BOB bo‟yicha nazorat savollari




    Download 1,8 Mb.
    bet57/82
    Sana23.09.2024
    Hajmi1,8 Mb.
    #272089
    1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   82
    Bog'liq
    avtomatik rostlagich

    XI-BOB bo‟yicha nazorat savollari


    1. Dexqonchilikda texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishning qanday usullarini bilasiz?

    2. Don saqlash punktlarida qo‘llanuvchi agregatlarni avtomatik boshqaruv tizimlari yordamida qanday vazifalarni bajarish mumkin?

    3. KZS-20SH avtomatlashtirish kompleksini prinsipial bosh-qaruv sxemasining ish tartibi qanday?

    4. Don quritish mashinalarining turlari va ularnig ish tartibi qanday?

    5. Donni aktiv shamollatish qanday tartibda amalga oshiriladi?

    6. Aktiv shamollatish bunkerini to‘ldirish donning har orati va namligini boshqaruv sxemasi qanday tartibda ishlaydi?

    XII-BOB.Qishloq xo‟jaligi maxsulotlarini saqlashni avtomatlashtirish


      1. Umumiy ma‘lumotlar

    Qishloq xo‘jaligi maxsulotlarini to‘g‘ri saqlash respublikamiz xalqini yil davomida oziq-ovqat maxsulotlari bilan ta‘minlash muammosini xal qilish bilan birga maxsulotni tashqi ko‘rinishi, mazasi va ozuqalilik sifatini saqlash imkoniyatini beradi.Omborxonalarda ozuqa va urug‘lik donlar, ko‘k ozuqalar (pichan, senaj, silos), kombikorm, parranda va sut maxsulotlari, undan tashqari kartoshka, ildiz mevalilar, har xil sabzavotlar saqlanadi.
    Qishloq xo‘jaligida omborxonalarga bo‘lgan talab keraklicha qondirilmagan. Xo‘jaliklarda saqlash tartibi noto‘g‘ri olib borilganligidan juda katta iqtisodiy talofatlar ko‘rmoqda. Masalan, saqlash tartibi buzilganidan pichan, comon va silosda ozuqa moddalarning yo‘qolishi 20% dan ortib ketadi.
    Qishloq xo‘jaligi maxsulotlarini uzoq saqlashga qo‘yilganda omborxonalarda yuklash va tashishni, maxsulotni buzilishdan saqlash va mikroiqlim ko‘rsatkichlarini boshqarishni, saralash va maxsulotni tushirishni, yuklashda maxsulotning soni va sifatini nazorat qilishni, saqlash va tarqatishni avtomatlashtirish va mexanizatsiyalashtirish vositalaridan foydalaniladi. Bu bo‘limda omborxonalarning mikroiqlim ko‘rsatkichlarini bosh-qarish turlari va vositalari, qishloq xo‘jaligi maxsulotlarini saralash va nazorat qilishni yangi turlari ko‘rib chiqilgan.Omborxonalarda mikroiqlimning asosiy ko‘rsatkichlari– har orat va saqlanayotgan maxsulot og‘irligiga to‘g‘ri keladigan nisbiy xavo namligi xisoblanadi. Kartoshka va sabzavot saqlash omborxonalarida har oratni avtomatik boshqarish jarayoni murakkabdir.
    Birinchidan, juda ko‘p miqdorda kartoshka va sabzavotlarni avtomatik boshqarish uskunalari yo‘q bo‘lgan omborlarda saqlanayotganda har orat iliq bo‘lsa, maxsulot chirishni boshlaydi va bu tez tarqaladi.
    Ikkinchidan, odatda kartoshka va sabzavotlarni minimal har oratda saqlashga harakat qilinadi, bunda kun birdaniga sovib ketsa, tashqi qatlamda joylashgan maxsulotlar muzlaydi.
    Uchinchidan, maxsulot saqlanishini nazorat qilish uchun uni yupqaroq yoyiladi va orasidan yurish uchun yo‘lakcha qoldiriladi, bu esa omborxona xajmidan kam foydalanishga olib keladi. Bularning xisobiga kartoshka va sabzavotlarni avtomatlashtirilmagan omborxonalarda saqlashda uning foydali xajmi omborxona umumiy xajmining 40% ni tashkil etadi, maxsulotning buzilishi esa 30% gacha bo‘ladi.



      1. Mikroiqlimni boshqarish ob‘ekti bo‘lgan sabzavot saqlash omborxonalarning tavsifi

    Aktiv shamollatish omborxonalarda har orat-namlik holatini optimal ushlab turishni ta‘minlaydi. SHu bilan birga aktiv shamollatish saqlanayotgan maxsulot tashqarisidagi namlikni kasallanishga olib keluvchi maxsulot ichidan chiqayotgan nam-likni yo‘qotadi.Saqlanayotgan maxsulot massasiga xavo markazdan qochma yoki osli ventilyatorli oqim shamollatish tizimi yordamida beriladi. SHamollatish tizimining ish tartibi tashqi xavo har oratiga, saqlanayotgan maxsulot turi va massasiga bog‘liq. Saqlanayotgan maxsulot har oratini pasaytirish uchun tashqi xavo ventilyator yordamida shamollatish kanali orqali maxsulotga purkaladi. Tashqi xavo har orati past yoki yuqori bo‘lsa, ventilyator maxsulotga ichki (retsirulyasiya) xavoni xaydaydi.
    Kartoshka saqlanadigan sabzavot saqlash omborxonasining mikroiqlim sharoitini boshqarish jarayonini ko‘rib chiqamiz. Kartoshka saqlash texnologik jarayonini uchta asosiy davrga bo‘lish mumkin: davolash, sovitish, saqlash. Davolash davrida kartoshkani mexaniq shikastlarini tez tuzatish uchun to‘kilgan kartoshkalar oraliq muxiti har oratini 14...180 S dan ko‘tarilsa aktiv shamollatish qo‘shiladi va maxsulot har oratidan 30...40S kamroq har oratli xavo beriladi.
    Agar omborxonaga kasal kartoshka (fitoftor, nematoda bilan kasallangan) qo‘yilgan bo‘lsa, davolash davri 80...100S har oratdan boshlab har orat 1...20S gacha sovitib boriladi.
    Kartoshka xo‘l bo‘lsa, uni xavoning nisbiy namligi 80% dan yuqori bo‘lmagan aktiv shamollatish bilan tezda quritiladi.
    Ikki xaftali davolash davridan keyin keluvchi sovitish davrida saqlanayotgan kartoshka har oratini sekin-asta 2...40S gacha tushiriladi. Buning uchun kunning shunday vaqtini tanlanadiki, tashqi xavo har orati to‘yingan kartoshka har oratidan 40...50 past bo‘lishi va shu xavo bilan yoki ichki xavo bilan aralashtirib shamollatiladi. Kartoshka sekin sovitiladi, ya‘ni xavoning maksimal namligi 100% gacha va har orat sutkasiga 0,5...0,60 ga sovitilib boriladi. Sovitish davri 20...25 kun davom etadi. Saqlash davri –bu asosiy davr xisoblanadi.
    U to‘kilgan kartoshka har orati 3...40S ga etganda boshlanadi. Shamollatish uskunalari har orat 40S va undan yuqoriga ko‘tarilganda ishga tushadi. Qishda maxsulot tashqi va ichki xavo aralashmasi bilan aktiv shamollatiladi, xavo sovib ketganda esa ichki xavo bilan (retserkulyasiya) shamollatiladi. Yilning boshqa davrida kunning sovuq vaqtidan tashqi xavo bilan, yoki maxsus sovitish uskunalari sovitilgan xavo bilan shamollatiladi.Barcha holatlarda xavoning nisbiy namligi kartoshkada kondensat hosil qilmaydigan darajada maksimal bo‘lishi kerak. SHamollatilayotgan xavo namligi kamayib ketsa kartoshkaning og‘irligi va tabiiy ko‘rinishi yo‘qoladi.Xuddi shunday agrotexnik talablar boshqa turdagi sabzavotlarni saqlash omborxonalarining mikroiqlimini avtomatik boshqarish tizimiga ham qo‘yiladi.
    Avtomatika tizimini ishlab chiqishda va tanlashda saqlanayotgan maxsulot massasining uzatish funksiyasini va asosan «Saqlash» tartibidagi yuqori bo‘limini bilish kerak.
    «Davolash» va «Sovitish» tartiblarida saqlanayotgan maxsulotning har orati doimo belgilangandan yuqori bo‘lib, aktiv ventilyasiya tizimining ishlash vaqti programmali relening sozlanishiga yoki tashqi muxit har orati va saqlanayotgan maxsulotning massasiga bog‘liq.
    Saqlanayotgan maxsulot massasining uzatish funksiyasini ventilyasiya qilinayotgan xavo va saqlanayotgan maxsulot og‘irligining issiqlik almashinuvi dinamik tenglamasidan analitik ravishda aniqlash mumkin.
    Issiqlik almashinuvi qishloq xo‘jalik maxsulotlari tarkibida murakkab
    jarayon xisoblanadi. Maxsulotning yuzasidagi har orat faqat yuzadan ajralib
    chiqayotgan issiqlikning intensivligi bilan emas, balki maxsulotning ichki bioximik jarayonlari natijasida hosil bo‘lgan ichkari qismidan ajralib chiqayotgan issiqlik miqdori bilan ham aniqlanadi.
    Maxsulotdagi namlikning bug‘lanishiga sarf bo‘lgan issiqlik miqdori va ichki manbalarni xisobga olgan holda issiqlik almashinuvi tenglamasi
    CV(1-)d  /dt=q-qi -a(-v) (12.1.1) bu erda: S – xajmiy issiqlik almashinuvi, j/m3S0;
    V – saqlanayotgan maxsulotning qatlamlari xajmi, m3;
     = (V-V0)/N – saqlanayotgan maxsulot qatlamining g‘ovakliligi (kartoshka uchun 0,38…0, 45);
    V0 – donalarning xajmi, m3;
     - maxsulot donalarining har orati, 0S t – vaqt, s;
    q – bir daqiqa vaqt ichida maxsulotning «V» xajmida ajraluvchi issiqlik miqdori, J/s
    qn = i – suv bug‘i i issiqlik miqdori (J/kg) bilan  (kg/s) namlikni bug‘lanishiga sarf bo‘lgan issiqlik miqdori, J/s;
     - issiqlik almashuvining xajmiy koeffitsienti, J, m3S0S
    v - ichki xavo bo‘shlig‘idagi xavo har orati, 0S.
    YUqoridagi tenglamani o‘zgartirib, quyidagini yozish mumkin. [c(1-)-(q/v)(dt/d)+(qi/v)(dt/d)]vd/dt=-v(-v) (12.1.2)
    Tenglamaning chap qismidagi barcha qo‘shiluvchilar xajmiy issiqlik sig‘imi birligida [j/m30C] bo‘lgani uchun, quyidagini yozish mumkin.
    Srd/dt=-(-v) (12.1.3)
    bu erda Sr – kartoshka qatlamining xisoblangan xajmiy issiqlik sig‘imi
    h-xajmlikdagi maxsulot qatlami orqali o‘tayotgan xavo uchun issiqlik balansi tenglamasini.
    Cc c/dt=(-c)-Cx x/h, (12.1.4) Bu erda, Sx – xavoning xajmiy issiqlik sig‘imi, Dj(m30S);
     - xavoning tezligi (m/s), bu maxsulot qatlami ko‘ndalang kesim yuzasidan (m2) 1 sekundda o‘tayotgan xavo sig‘imiga teng (m2).
    (12.1.2) va (12.1.4) tenglamalardan ko‘rinadiki, maxsulot massasidagi har oratning o‘zgarishi tezligi xavoning o‘tish tezligiga, maxsulotning to‘kilish qatlami h qalinligi, qatlamning g‘ovakligi , ham da maxsulot  va xavo x har oratining boshlang‘ich qiymatlariga bog‘liq.
    Tajriba ko‘rsatadiki, berilayotgan xavo va maxsulot har orati qatlam balandligi bo‘yicha har xil bo‘ladi. Xavo kirish qismida maxsulot tez soviydi, chiqishda esa 4...5 marta sekin soviydi. Saqlanayotgan maxsulotning eng yuqori har orati 0,4...0,6 m chuqurlikda kuzatiladi.
    To‘kilgan maxsulotning issiqlik fizik xususiyatlari uning turiga va har oratiga bog‘liq.
    YUqorida keltirilgan xususiyatlardan (12.1.3) va (12.1.4) tenglamalarning birgalikdagi echimi ko‘rsatkichlarni aniq topish qiyin. Saqlanayotgan maxsulotni uzatish funksiyasini tezlanish egri chizig‘i bo‘yicha tajriba yo‘li bilan ham aniqlash mumkin.
    Aniqlanganki, 1 tonna maxsulotga 1 soat davomida L=50 m3 xavo berilganda uzatish funksiyasini quyidagicha ifodalash mumkin.


    Download 1,8 Mb.
    1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   82




    Download 1,8 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    XI-BOB bo‟yicha nazorat savollari

    Download 1,8 Mb.