|
O‘zbekiston respublikasi oliy
|
bet | 9/66 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 386,08 Kb. | | #234492 |
Bog'liq O‘zbekiston respublikasi oliyMavzu bo‘yicha topshiriq
1. Mediadan foydalanish va axborotni yetkazib berish borasida “savodli” jurnalist deganda nimani tushunasiz?
2. Medialardan foydalanish uchun qanday bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lish lozim?
Talaba-jurnalistlarning media va axborot savodxonligi ko‘nikmalarini baholash tizimi
Jurnalistlarning media va axborot savodxonligi borasidagi shakllangan ko‘nikmalarini ularning oldingi darajasi bilan taqqoslash orqali aniqlash lozim.
MASning boshlang‘ich darajasini quyidagicha tasniflash mumkin:
1. Boshlang‘ich daraja:
– mediadan foydalanishda texnologiya sohasidagi asosiy bilimlar;
– mediadan uyda foydalanish uchun sharoitning oz bo‘lsa-da mavjudligi yoki umuman yo‘qligi.
2. Asosiy daraja:
– mediadan foydalanish tajribasining mavjudligi (elektron pochta, Internetdagi navigatsiya, onlayn muloqot);
– turli medialardan uyda foydalanish imkoniyati.
3. Yuqori daraja:
– mediadan mustaqil foydalanish tajribasi (video, televidenie, radio);
– turli texnika qurilmalaridan foydalanish amaliyoti;
–turli medilardan uyda foydalanish.
Agarda talaba boshlang‘ich tajribaga ega bo‘lmasa, uning ko‘nikma va malakalarini quyida keltirilgan media va axborot savodxonligining umumiy darajasi bilan taqqoslash mumkin.
Utilitar, funksional va pragmatik ko‘nikmalar:
– Jurnalist-talaba u yoki bu axborotning amaliy foydaliligini ko‘ra olishi, eshita olishi, mazmunini tushunishi, tasavvur qilishi va baholay olishi lozim;
– U o‘zining kasbi sohasidagi mediaehtiyojlarni anglay oladi.
Tanqidiy tahlil ko‘nikmalari:
– Talaba fakt va uydirma, reklama va mediamatnning boshqa turlari orasidagi farqni biladi.
– U turli janrlarda ishlay oladi va mediakontentni tayyorlashda narrativ (hikoya, bayon etish) usullardan foydalana oladi, kontent tarkibini kasbiy darajada baholaydi va media mazmuni muallif o‘z oldiga qo‘ygan maqsad-vazifalardan kelib chiqishini, u turlicha talqin qilinishini biladi.
– Talaba kontentning asosiy mazmunini ko‘ra olishi, uni tushunishi va sirtida nima yashiringanini bilishi kerak.
– Bo‘lajak jurnalist mediaxabarlar mazmunidan asoslangan tarzda shubhalanadi va bunda stereotip(qolip va andoza)lar qay tarzda ishlashini tushunadi.
– Talaba manbalarning maqsadi va uning maqsadli auditoriyasini aniqlay olishi, ularning ishonchliligini, aniqliligini, xolisligini, haqqoniyligini baholay olishi lozim.
|
| |