O'zbekiston soliq ma'murchilik metodologiyasini takomillashtirish masalalari ( ilg'or xorijiy davlatlar misolida)




Download 429,29 Kb.
bet5/8
Sana27.05.2024
Hajmi429,29 Kb.
#255393
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mignarova

4. O'zbekiston soliq ma'murchilik metodologiyasini takomillashtirish masalalari ( ilg'or xorijiy davlatlar misolida)


Soliq siyosatining zamonaviy dolzarb muammolari, ularga nisbatan bildirilayotgan e’tirozlar, muammolarni hal etish va e’tirozlarni yumshatish yo’llari ham hozirgi sharoitda soliq siyosatinig dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi.
Shuningdek, byudjet defisitini kamaytirish soliq siyosatining Markaziy masalasi hisoblanadi. Nazariy jihatdan olib qaralganda byudjetning sog’lom (normal) faoliyat ko’rsatishi, odatda, unga tegishli bo’lgan daromadlar va xarajatlarning tengligini taqozo etadi. Haqiqatdan ham u yoki bu miqdordagi xarajatlarni amalga oshirish uchun byudjet shu miqdordagi daromadlarga ega bo’lishi kerak. Aks holda bu xarajatlarni amalga oshirishning iloji bo’lmaydi. Byudjet daromadlari va xarajatlarining tengligi byudjetning balanslashtirilganligidan dalolat beradi. Byudjet daromadlari va xarajatlarining o’zaro to’g’ri nisbati xususidagi muammo moliyaviy adabiyotlarda munozarali hisoblanadi. Hamon unga nisbatan yagona bir to’xtamga kelinmagan. Munozaralarda ishtirok etuvchilarni, eng umumiy ko’rinishda, ikki guruhga ajratish mumkin bo’lib, ular quyidagi ikki maktabning vakillari hisoblanadi:

  • keynschilar maktabining vakillari;

  • neoklassik yo’nalishdagi maktabning vakillari.

Keynschilar maktabining vakillari tizimli yoki doimiy byudjet defisiti kontsepsiyasini qo’llab-quvvatlab, ular bunda q byudjet defisiti milliy iqtisod uchun xavf tug’dirmaydi, degan ijobiy holatlarning bor ekanligini qayd etadilar. Buning sababi shundaki, byudjet defisiti sharoitida barcha xarajatlar, shu jumladan, ularning daromadlardan ortiqcha bo’lgan qismi ham shu byudjet defisiti mavjud bo’lgan davlatning hududi doirasida amalga oshiriladi. Bu esa, o’z navbatida, undagi turmush sharoitining oshishi (yaxshilanishi)ga o’zining ijobiy ta’sirini ko’rsatadi. Albatta, milliy iqtisoddan chetga chiqib ketuvchi mablag’larning oqib ketishini anglatuvchi tashqi savdo balansining salbiy qoldig’i bundan mustasno. Byudjet defisiti, boshqa sharoitlar teng bo’lgan taqdirda, o’z navbatida, byudjet mablag’larini oluvchilar, ya’ni xo’jalik yurituvchi sub’ektlar va aholi daromadlarining oshganligini anglatadi. Bu byudjet defisitining ular sotib olish qobiliyatining o’sganligiga, milliy ishlab chiqarish ko’lamining kengayganligiga ijobiy ta’sir ko’rsatganligini bildirib, bularning hammasi, oxir oqibatda, byudjetga kelib tushishi mumkin bo’lgan soliq to’lovlari hajmi (miqdori)ning kengayishi (oshishi)ga olib keladi.5 Bu masalaga nisbatan neoklassik maktab vakillarining qarashlari keynschilar maktabining qarashlariga butunlay teskari bo’lib, ular byudjet defisitiga nisbatan quyidagi xavflarning mavjud ekanligini ko’rsatib o’tadilar:

  • hozirgi kun (davr)da mavjud bo’lgan byudjet defisiti, pirovardida, (yaqin) kelajakda yuqori darajadagi soliqlarning bo’lishini taqozo etadi;

  • byudjet defisitini qoplash (moliyalashtirish) uchun favquloddagi daromadlar - pul va qarzlar emissiyasi, kreditlar va boshqalar - jalb qilinib, bu o’z navbatida, mamlakatning pul-kredit tizimini izdan chiqaradi, inflyasion jarayonlarning kuchayishiga, davlat qarzlarining o’sishiga olib keladiki, bularning barchasi, oxiroqibatda, milliy iqtisod va davlatning rivojlanishiga o’zining salbiy ta’sirini ko’rsatmasdan qolmaydi.

Byudjet defisiti vujudga kelganda, unga nisbatan strategik yondoshuv (strategiya) quyidagilarga alohida e’tibor berilishini taqozo etadi: byudjet defisitining mavjudligini matematik yo’l bilan hal qilishga harakat qilmaslik kerak. Chunki, bu holda, iqtisodni "davolash" o’rniga uning kasalligi kuchayadi; byudjetning balansliligi, daromadlarning xarajatlardan ko’pligi sog’lom va uzluksiz rivojlanayotgan iqtisoddan dalolat bermaydi. Byudjet defisitining miqdori (darajasi), odatda, mamlakat yalpi milliy (ichki) mahsulotining 2-3%dan oshmasligi lozim. Ana shu chegaradan oshilsa, uni tezroq qisqartirish (yoki shu darajaga keltirish) choralarini ko’rish kerak, ya’ni byudjet defisitini qoplash uchun, eng avvalo, davlat moliyaviy siyosatini qayta ko’rib chiqib soliq siyosatida o’zgarishlarni amalga oshirish kerak. Shuningdek, davlat qimmatbaho qog’ozlarini moliyaviy bozorda joylashtirish maqsadga muvofiqdir. Aksincha, milliy pul birligi belgilarini zarb etuvchi uskuna (stanok)ni ishga solmaslik kerak. Byudjet defisitining darajasini kamaytirish yoki unga barham berish uchun, birinchi navbatda, iqtisodning o’zini "davolamoq" lozim. Aks holda, ana shu maqsadga erishish uchun ko’zda tutilgan har qanday tadbir, albatta, muvaffaqiyatsizlikka uchraydi.
Mazkur masalalarni ijobiy hal etish maqsadida zamonaviy soliq siyosatini ishlab chiqish va uni hayotga tadbiq etishning fundamental asoslari byudjet defisitining darajasini kamaytirish yoki unga barham berish borasidagi amalga oshirilishi lozim bo’lgan chora-tadbirlarning eng asosiy yo’nalishlari ishlab chiqib u quyidagilardan iborat bo’lishi lozim: byudjet xarajat (mablag’)larining investision yo’nalishini o’zgartirish, ularni eng ko’p samara beradigan yo’nalishlarga yo’naltirish; xo’jalik yuritishning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga oluvchi moliyaviy imtiyoz va jazolardan keng foydalanish; davlatdan moliyalashtirishni va davlat iqtisodi sohasini qisqartirish, xorijiy davlatlarga yordam ko’rsatishni keskin kamaytirish; harbiy xarajatlarni qisqartirish; eng muhim ijtimoiy dasturlarnigina moliyalashtirishni saqlab qolish, yirik byudjet xarajatlarini talab etuvchi dasturlarni qabul qilishni to’xtatib turish; qarzlarni davlat qimmatbaho qog’ozlari shaklida rasmiylashtirmasdan turib hukumat organlariga kredit berishni Markaziy bank uchun taqiqlab qo’yish; xorijiy sarmoyalarni jalb etish va va boshqalar.
Hozirgi global sharoitda zamonaviy soliq siyosatini ishlab chiqish va uni hayotga tadbiq etishni uning fundamental asoslarini aniqlab olishsiz tasavvur etib bo’lmaydi. Soliqlar muammosi bizning mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar amaliyotidagi eng murakkab muammolardan biri hisoblanadi. Bugungi kunda juda keskin tanqidga uchrayotgan, juda qaynoq munozaralarga sabab bo’layotgan, isloh qilish bo’yicha tahlil ob’ekti va qarama-qarshi g’oyalarga ega bo’layotgan soliqlardan bo’lak islohotlarning boshqa bir yo’nalishi yo’q. Tabiiyki, ideal (benuqson) soliq tizimini jamiyatdagi iqtisodiy munosabatlarning o’ziga xos xususiyatlari, undagi yaratilgan ilmiy va ishlab chiqarish salohiyatini hisobga oluvchi muhim nazariy asos yordamidagina yaratish mumkin.6 Soliq tizimi tadbirkorlikning taraqqiy etishiga yordam berishi va bir vaqtning o’zida aholining kam ta’minlangan qatlami turmush tarzining pasayib ketishiga to’sqinlik qilishi kerak.
Ana shunday sharoitda soliq tizimini tashkil qilishning asosiy printsiplari tariqasida quyidagilarni ko’rsatish mumkin: yuridik va jismoniy shaxslarning daromadlari, ularning mulkiy ahvolini hisobga olish imkonini beruvchi soliq tizimi, ularning turlari, to’g’ri (bevosita) hamda egri (bilvosita) soliqlar nisbatining bozor iqtisodining rivojlanishiga mos tarzda rivojlanishi; mulkchilik shakliga va uning tashkiliy-huquqiy shakllariga bog’liq bo’lmagan holda xo’jalik yuritishning samaradorligi uchun barcha soliq to’lovchilarga nisbatan yagona talablarni o’rnatish maqsadida soliqqa tortish uslublarini universallashtirish; daromad olishning manbai, xo’jalik yuritish sohasi va iqtisodning tarmog’iga bog’liq bo’lmagan holda soliq miqdorini hisoblashda bir xil yondoshish; soliqqa tortishning bir martalilik tamoyilini ta’minlash va ikki martalik soliqqa tortishga yo’l qo’ymaslik; soliq to’lovchiga korxona va tashkilotning sog’lom rivojlanishini ta’minlaydigan, ishchi kuchini takror ishlab chiqarish imkonini beruvchi soliqqa tortishning hissasini (qismini) hamda soliq stavkasini belgilashning (o’rnatishning, aniqlashning) ilmiy jihatdan asoslanganligi; uzoq vaqt davomida soliq stavkalarining barqarorligini, ularni hisoblashning oddiyligini ta’minlash;

Download 429,29 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 429,29 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O'zbekiston soliq ma'murchilik metodologiyasini takomillashtirish masalalari ( ilg'or xorijiy davlatlar misolida)

Download 429,29 Kb.