• 3-jadval 2018-2021 yillarda soliq tо‘lovchilar soni haqida ma’lumot
  • -rasm Davlat byudjetining umumiy daromadlaridagi ulushi (%)




    Download 429,29 Kb.
    bet7/8
    Sana27.05.2024
    Hajmi429,29 Kb.
    #255393
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Mignarova

    1-rasm Davlat byudjetining umumiy daromadlaridagi ulushi (%)

    2-jadval
    Davlat byudjetining 2019-2021 yillardagi ijrosi haqida ma’lumot


    Byudjet daromadlari tarkibini о‘zgartirishda umumiqtisodiy omillar bilan bir qatorda umumbelgilangan va soddalashtirilgan soliq tizimlari nisbatining о‘zgarishi muhim rol о‘ynadi. Bu soliq tо‘lovchilar soni tarkibida о‘z aksini topdi.
    3-jadval
    2018-2021 yillarda soliq tо‘lovchilar soni haqida ma’lumot
    soliq qonunchiligining tez-tez о‘zgarishi soliq tо‘lovchiga katta qiyinchiliklar olib keladi. Amaldagi soliq tizimi xalqaro standartlarga - birinchi navbatda soliq tizimining Yevropa modeliga muvofiq keladi. Keyinchalik uni jiddiy tarzda о‘zgarish maqsadga muvofiq emas. 2022 yil yakuniga qadar soliq tizimi natijalarini tahlil qilish, unga ayrim tuzatishlarni kiritish zarur. Shundan sо‘ng, 2023 yildan boshlab soliq tizimidagi barcha yirik о‘zgartirishlarga besh yillik moratoriy e’lon qilish zarur, soliq stavkalarini о‘zgartirish bundan mustasno;
    soliq yukining darajasi bо‘yicha. Respublikamizda u asosan Osiyo mamlakatlari - Osiyo yо‘lbarslari deb ataladigan mamlakatlar (Janubiy Koreya, Xitoy, Tayvan, Tailand va boshqalar) bilan solishtiriladi. Ushbu yо‘lbarslarda о‘rtacha soliq yuki YAIMning 21%ini tashkil qiladi. Biroq, ushbu mamlakatlar о‘z iqtisodiyotlarining ijtimoiy yо‘nalishini e’lon qilmaydi. Ularda pensiya tо‘lovlari yо‘q, tо‘laqonli Pensiya tizimi ham mavjud emas. Har bir oila о‘zining keksalari haqida о‘zi qayg‘uradi, ya’ni xarajat qiladi, lekin ular soliq sifatida hisoblanmaydi. Mamlakatimizda soliq yuki allaqachon "Osiyo yо‘lbarslari" ga yaqinlashdi - 2021 yilda - 22,4% (ulardagi kabi ijtimoiy tо‘lovlarsiz). Bunda biz ijtimoiy yо‘naltirilgan respublika ekanligimizni unutmasligimiz kerak.

    XULOSA


    Soliq siyosati va soliq, tizimini takomillashtirish masalalari hozirgi kunda Respublika ijtimoiy-iqtisodiy hayotida qayta shakllantirish amalga oshirilayotgan bir davrda iqtisodiy islohotlar ichida markaziy o‘rinlardan birini egallaydi. Bozor iqtisodiyotini shakllantirish jarayonida moliyaviy munosabatlar, shu jumladan, korxona, tashkilot hamda birlashmalarning davlat byudjeti bilan soliqlar bo‘yicha munosabatlardagi hisob-kitoblarini takomillashtirish dolzarb muammo bo‘lib qolmoqda.
    1. Insofli soliq to‘lovchilarni rag‘batlantirish institutini joriy etish maqsadida, yil yakuni bilan oldingi yilga nisbatan soliq to‘lovlarini oshirgan va faoliyatida qonun buzilishlari (soliq bazasini yashirmagan) qayd etilmagan tadbirkorlik sub’ektlariga to‘lagan soliqlarini 5 foizigacha qaytarib berish amaliyotini joriy etish (Turkiya tajribasi);
    2. Tadbikorlik sub’ektlariga nisbatan qo‘llaniladigan barcha moliyaviy jarimalarni umumlashtirish va to‘lanadigan jarima asosiy soliq summalaridan oshib ketmaslik talabini ko‘rib chiqish.
    3. Tadbirkorlarga teng raqobat sharoitini yaratish va iqtisodiyotda QQS zanjiri to‘liq shakllanishini ta’minlashni izchil davom ettirgan holda samaradorligi past bo‘lgan soliq imtiyozlarini bosqichma -bosqich bekor qilish, muddati tugaydigan imtiyozlarni uzaytirmaslik va yangi imtiyozlar berishni cheklash maqsadga muvofiq bo‘ladi.
    Oʼzbekistondagi soliq siyosatining xarakterli xususiyatlari sifatida quyidagilarni ajratish mumkin: -hukumat ijtimoiy-iqtisodiy va byudjet-soliq siyosatining oʼzaro bogʼlanganligi va bir-birini toʼldirishi; -soliq siyosatining makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy yuksalishini ragʼbatlantirishga erishish, hamda uni mustahkamlashga yoʼnaltirilganligi; -soliq yigʼimini oqilona usulda tashkil etish va soliqlarning ragʼbatlantiruvchi rolini taʼminlash; -budjet xarajatlarining ijtimoiy maqsadlarga yo‘naltirilganligi. Soliq tadbirlari budjet tadbirlarini to‘ldirib turadi va ular birgalikda talab majmuasini rivojlantirishga, natijada esa ishlab chiqarishni ham rivojlantirishga olib keladi. Yuqoridagilardan kelib chiqib, shuni taʼkidlash mumkinki, budjet daromadlarini ko‘paytirishdagi soliq siyosatining yechimi soliq tizimi va soliq siyosati bilan bog‘liqdir.
    O‘zbekistonning soliq siyosatini rivojlantirishdagi asosiy yo‘nalishi - bu davlat uchun ham, bozor qatnashchilari uchun ham, qulay sharoitlarni yaratishdir. Bunda soliq islohotining asosiy maqsadi faqat budjet daromadlarini ko‘paytirish bo‘lib qolmasdan, balki ishlab chiqarishni rivojlantirishni, tadbirkorlikni rag‘batlantirish va faoliyat samaradorligini taʼminlashga ham alohida eʼtibor qaratimog‘i lozim. Bunda quyidagilar ko‘zda tutiladi: - soliqlarni qisqartirish, soliqqa tortish bazasini kengaytirish, soliq stavkalarini pasaytirish yo‘nalishlarida soliq qonunchiligini takomillashtirish; - soliq imtiyozlarini qayta ko‘rib chiqish; - bir xil soliq bazasiga ega bo‘lgan soliqlarni birlashtirish; - soliq qonunchiligiga rioya etish ustidan qatʼiy operativ nazoratni joriy etish. Aytib o‘tilgan choralarni amalga kiritish, amalga oshirilayotgan soliq siyosati samaradorligini oshiradi, hamda soliq tizimini iqtisodiy o‘sishga erishish vazifalari bilan muvofiqlashtirishga yordam beradi.



    Download 429,29 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 429,29 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm Davlat byudjetining umumiy daromadlaridagi ulushi (%)

    Download 429,29 Kb.