Soliq tizimi: muammolar va istiqbollar




Download 429,29 Kb.
bet6/8
Sana27.05.2024
Hajmi429,29 Kb.
#255393
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mignarova

5. Soliq tizimi: muammolar va istiqbollar


Soliq tizimining muammolari va ularni hal qilishning mumkin bо‘lgan istiqbollarini taqdim etishdan oldin, uni rivojlantirishning amaldagi sharoitlarini kо‘rib chiqamiz. 2021 yil yakunlari bо‘yicha Konsolidatsiyalashgan byudjet (Davlat byudjeti va Davlat maqsadli jamg‘armalari) daromadlari 196,4 trln sо‘mni (YAIMga nisbatan 26,7%) tashkil etdi. YAIMga nisbatan Konsolidatsiyalashgan byudjet daromadlari ulushi dinamikada deyarli о‘zgarmagan va aksincha о‘sish tendensiyasiga ega. Buni ayniqsa 2022 yil uchun daromadlar prognozi tasdiqlaydi - daromadlarning YAIMga nisbati 30,3% darajasida prognoz qilinmoqda.
Byudjetga daromadlar tushumining oshishi/kamayishiga umuman quyidagi omillar ta’sir etadi:
- respublika iqtisodiyotining о‘sishi;
- sо‘mning erkin ayirboshlash kursini joriy qilish;
- qimmatbaho va rangli metallarga jahon narxlarining nisbatan yuqoriligi;
-pandemiya vaqtida karantin choralarining joriy etilishi va yengillashtirilishi;
- soliq islohoti;
-soliq ma’muriyatchiligining yangi instrumentlarini joriy etish.
1-jadval
2018-22 yillar uchun YAIMga nisbatan byudjetlar daromadlari



Oxirgi uch yil uchun soliq tizimining tarkibiy tahlili (2-jadval) quyidagilarni kо‘rsatadi:
- bilvosita soliqlarning ulushi (2021 yilda - 34,2%) Davlat byudjeti daromadlari tarkibida 2019 yildan boshlab jiddiy qisqardi. Sabablari: QQS stavkasining 20%dan 15%gacha pasaytirilishi, QQSni hisobga olish va qoplashning tо‘laqonli tizimining joriy qilinishi, importga aksiz solig‘i bо‘yicha nol darajali stavkalarning joriy etilishi;
- bevosita soliqlarning ulushi jiddiy о‘sdi (2021 yilda - 35,8%). Sabablari: “NKMK” AJ va “OKMK” AJ bо‘yicha byudjetga tushumning oshishi (qimmatbaho va rangli metallarga jahon narxining va realizatsiyaning о‘sishi hisobiga), foyda solig‘i stavkasining 14%dan 15%gacha oshishi;
- resurs soliqlarining ulushi kamaymoqda (2021 yilda - 14%). Sabablari: yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq va yuridik shaxslar mol-mulkiga solinadigan soliq stavkalarining pasayishi;
- boshqa daromadlar jiddiy о‘smoqda (2021 yilda - 16%). Sabablari: “NKMK” AJ va “OKMK” AJdan dividendlar bо‘yicha byudjetga tushumning oshishi.


Download 429,29 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 429,29 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Soliq tizimi: muammolar va istiqbollar

Download 429,29 Kb.