O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
AXBOROT TEXNOLOGIYALARI KAFEDRASI
TO’RAYEVA G.H.
GOOGLE CLASSROOM PLATFORMASIDA ISHLASH BO’YICHA METODIK TAVSIYALAR
USLUBIY QO’LLANMA
BUXORO-2020
Mazkur uslubiy qo’llanmada bugungi kunda barcha ta’lim muassasalari uchun dolzarb bo’lgan onlayn o’quv platformalarining yana bir shakli bo’lgan Google Classroom haqida atroflicha bayon qilinadi. Google Classroom bulutli texnologiyaga asoslangan bo’lib, Google kompaniyasining mahsuloti hisoblanadi. Hozirda bu platformadan dunyoning ko’pgina davlatlari ta’lim muassasalari foydalanib kelmoqda. Ushbu platforma o’zining foydalanishda qulayligi, soddalgi va ommabopligi bilan ajralib turadi. Qo’llanmada Google Classroomdan foydalanish: Googleda akkaunt ochish, o’quv kursini yaratish, kursga ma’lumotlar, topshiriqlar, testlarni joylashtirish, ularni qabul qilish bo’yicha ko’rsatma va tavsiyalar berilgan. Google Classroomning har bir elementi bilan ishlash to’grisidagi ma’lumotlar grafik tasvirlar orqali izohangan.
Mazkur uslubiy qo’llanma BuxDU “Axborot texnologiyalari” kafedrasi yig’ilishida ko’rib chiqildi va 2020 yil 29 maydagi 10-yig’ilish bayonnomasi bilan tasdiqlandi.
BuxDU Fizika-matematika fakulteti ilmiy kengashida ko’rib chiqildi va 2020 yil 20 avgustdagi -yig’ilish bayonnomasi bilan tasdiqlandi.