|
GOOGLE CLASSROOMDA KURS YARATISH
|
bet | 5/12 | Sana | 15.11.2023 | Hajmi | 3,4 Mb. | | #99046 |
Bog'liq Google Classroom (1)
Google Classroomda kurs yaratish uchun dastlab, brauzer orqali akkauntga kirish kerak bo’ladi. Brauzerning manzil qatoriga classroom.google.com manzilini yozgandan so’ng tizim sizdan akkauntga kirishni so’raydi:
Akkaunt tanlangandan so’ng, Classroom sahifasi ochiladi. Agar foydalanuvchi hali hech qanday kurs yaratmagan bo’lsa, quyidagi oyna hosil bo’ladi:
Agar kurs yaratuvchi brauzerda akkauntidan chiqmagan bo’lsa, u holda
brauzer oynasining o’ng yuqori qismidagi belgisini bosish orqali ham ishga
tushirish mumkin. Hosil bo’lgan ikonkalar menyusidan Classroom ikonkasi ustiga bosib, classroom.google.com sahifasiga o’tiladi.
Oynaning o’ng yuqori qismidagi “+” belgisi bosilib, “Создать курс”
buyrug’i tanlanadi.
Berilgan shartlarga rozi bo’lib, “Продолжить” tugmasi bosiladi.
Ekranda paydo bo’lgan “Создать курс” oynasida Kurs nomi kiritilib, tegishli qatorlar to’ldiriladi va “Создaть” tugmasi bosiladi.
Yaratilgan kurs virtual auditoriyada ochiladi.
Har bir kurs avtomatik ravishda kod oladi, unga ko’ra, talabalar keyinchalik o’zlarining "virtual auditoriyalarini" topishlari mumkin bo’ladi. Kirish Google Classroomning mobil ilovasida ham Android va iOS uchun mavjud.
Kurs yaratulgandan so’ng unga o’quvchilarni biriktirish uchun
“Ползователи” bo’limiga o’tib, “Учащиеся” qatoridagi belgisi bosiladi.
Hosil bo’lgan oynaning tegishli qatoriga qatnashuvchilarning e-mail adreslari yoziladi va kurs kodi ularning elektron pochatalariga yuboriladi.
Shunday qilib, siz Google Classroomda o’z kursingizga ega bo’ldingiz va u bilan ishlashni boshlashingiz mumkin.
|
| |