|
CLASSROOMDA TEST TOPSHIRIQLARINI YARATISH
|
bet | 7/12 | Sana | 15.11.2023 | Hajmi | 3,4 Mb. | | #99046 |
Bog'liq Google Classroom (1)
Bugungi kunda test o’qvuchi (talaba) bilimini opeativ baholashning eng samarali usuli hisoblanadi. Bundan tashqari, testlar, xususan, onlayn testlar so’rovlar, anketalar, ma’lum bir sohaning reytingini aniqlashda ham qulay vosita hisoblanib, natijalarning tezkorligi bilan boshqa baholash mezonlaridan ajralib turadi.
Google Classroom ham kurs yaratuvchilarga mana shunday imkoniyatni taqdim etib, kursga test joylashtirishning bir necha xil variantlarini taqdim etadi. Ayniqsa, Google Forms yordamida yaratilgan testlar foydalanishdagi qulayligi jihatidan barcha jabhalarda keng qo’llanilib kelinmoqda.
Google Formsdagi har bir shakl veb-sahifa bo’lib, unda anketa (anketa) yoki viktorina (quiz) joylashtirilgan tanlovda bir yoki bir nechta ishtirokchilar qatnashadigan va savollarga javob beradigan tanlov hisoblanadi.
Google Forms bilan nimalar qilish mumkin?
Turli tadbirlarda onlayn registratsiyadan o’tish;
Onlayn tadqiqot o’tkazish;
Fikrlarni jamlash (to’plash);
Yozma kelishuvlar;
Ovoz berish;
Anketa so’rovnomalari va hokazo.
Google Forms nimasi bilan qulay?
Foydalanishdagi qulaylik. Google Forms bilan ishlash MS Word bilan ishlashdan ko’ra qiyinroq emas. Interfeysi qulay va tushunarli. Shaklni yuklab olish, mijozlarga yuborish va pochta orqali to’ldirilgan versiyani qabul qilish shart emas.
24/7 mavjudlik. Forma bulutli texnologiya asosida ishlaydi. Agar siz turli xil qurilmalardan ishlasangiz, Google Formsdagi shaklni internet mavjud bo’lgan qurilmalardan xohlagan paytda yuklab olishingiz mumkin.
Individual dizayn. Shakl (forma) uchun siz o’z dizayningizni yaratishingiz mumkin. Google Forms sizga bepul bo’lgan ko’p sonli shablonlarni tanlash yoki o’zingizning yuklashingiz mumkin bo’lgan imkoniyatni beradi.
|
| |