X B O B . T A H R IR L O V C H I D A S T U R L A R
Tahrirlovchi dasturlar 2 ta guruhga bo’ linadi:
- Tizimda mavjud ichki tahrirlovchi dasturlar;
- Tizimdan tashqi tahrirlovchi (protsessor) dasturlar.
Hozir foydalanuvchilar ko’proq Windowsda
ishlashga o’tayotgani
munosabati bilan quyida undagi mavjud ichki va tashqi muharrirlarni keltiramiz.
Ichki muharrir misoli sifatida Write (yozuv) ni keltirishimiz mumkin.
Bunday muharrirlarning tahrirlash imkoniyatlari yetarlicha bo’ lmagani
uchun
undan odatda oddiy xatlarni va turli matn hujjatlarni tayyorlashda foydalaniladi.
Tashqi muharrir misoli sifatida hozirda eng ko’p tarqalgan Word (so’z)
tahrirlovchisini (bunda albatta nisbatan eski hisoblangan Leksikon, Chiwriter va
boshqalami ham unutish kerak emas) keltirishimiz mumkin. Albatta bu
tahrirlovchi o’zining imkoniyatlari jihatidan boshqalaridan ancha ustun turadi.
Uning inglizcha va ruscha lahjalari mavjud bo’ lib, u doimo rivojlanib, yangi
lahjalari paydo bo’ lmoqda. Avval u MS Word 6.0 nomi bilan (Windows 3.X
uchun) atalgan bo’ lsa, Windows 95 da MS Word 7.0
noini bilan ishlatiladi,
shuningdek Windows 97 da Word 97, Windows 98 da esa Word 98, Windows
2000da Word 2000 deb ataladi. Tashqi tahrirlovchilar (protsessorlar) formatlash
imkoniyatiga ega. Ichki tahrirlovchilarda bunday imkoniyat yo’q.
Word
oddiy
holatda
ishlash
bilan
birga,
ikkinchi
tomondan
chegaralanmaganlik imkoniyatlariga ega. U boy shriftlami, shu jumladan,
milliy
shriftlami osongina ishlatish imkoniyatini beradi. Hozircha ingliz va rus hamda
xorijiy tillarida yozilgan jumlalami orfografik va semantik xatolarini avtomatik
ravishda tuzata olishi, matnlami istalgan ko’rinishda va o’lchamda chiqarishi.
matnlar bilan ishlashni tez amalga oshirishi, texnikaviy
matnlardagi formulalar
bilan ishlashning osonligi va yana juda ko’ p boshqa jihatlari bilan boshqa matn
tahrirlovchilaridan farq qiladi. Uning yana muhim bir xususiyati, agarda turli
jadvallar, diagrammalar va grafiklar matnda ishlatilishi talab qilinsa,
boshqa
amaliy dasturlardan foydalanish (OLE texnologiyasi) imkoniyatini beradi,
masalan:
elektron jad v allardan Lotus 1, 2, 3, Excel;
grafik tahrirlovchilardan CorelDraw, Paint Brush;
taqdimot uchun foydalaniladigan Power Point;
berilganlar bazasidan Access, Visual FoxPro;
va boshqalardan foydalanib, ularda olingan obycktlami Wordda tayyorlangan
hujjatlar tarkibiga kiritish mumkin.
Xullas, Wordning
imkoniyatlari kengayib borib, hozirda u ajoyib chop
qiluvchi tizim tarzida shakllandi desak yanglishmaymiz. Shuni aytish lozimki,
Word 6.0, Word 7.0, Word 97 Maykrosoft firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan
bo’lsa, Word Perfect firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan shu nomli tahrirlovchi
dasturlar ham hozirda keng qo’ llaniladi. U ham o’z imkoniyatlari jihatidan
Wordga yaqin.
186
Funksiya va h uyruqlar
Windows da buyruqni quyidagi to’rt xil usullardan bin:
-piktogrammali tavsiyanoma;
-buyruqlar tavsiyanomasi;
-dinamik tavsiyanoma;
-qaynoq klavishalar
orqali bajarish mumkin.
WinWord 7.0 oynasi orqali ko’pgina tez-tcz
ishlatiladigan buyruqlarni
osongina bajarish mumkin (masalan, hujjatni ochish yoki to’g ’ri yozilganligini
tckshirish va hokazo). Buyruqni chaqirish uchun klaviaturadan ham
sichqonchadan ham foydalanish mumkin. WinWord 7. 0 ning buyruq va
opsiyalari manliqan tartiblangan bo’lib, tavsiyanoma bo’ lim lariga vazifasiga
mos ravishda birlashtirilgan. Masalan,
Format-hujjatni formatlash, Tablitsa-
jadvallar tayyorlash va hokazolami o’z ichiga birlashtirgan.