• ASOSIY MA’LUMOTLAR VA TASNIFI
  • O’zbeкiston respubliкasi oliy va o’rta mahsus ta’lim vazirligi andijon mashinasozliк instituti




    Download 15,26 Mb.
    bet118/129
    Sana04.12.2023
    Hajmi15,26 Mb.
    #111081
    1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   129
    Bog'liq
    ATV fanidan O`QUV-USLUBIY MAJMUA 2015

    Laboratoriya ishi №9
    Mavzu: Satx o’lchash vositalarining ishlash prinsiplarini o’rganish va tekshirish
    Ishdan maqsad: Satx o’lchash vositalarini o’rganish.
    Kerakli asbob va qurilmalar: Sathni o‘lchashning vizual vositalari, elektr sath o‘lcнаgichlari

    ASOSIY MA’LUMOTLAR VA TASNIFI


    Sath deb texnologik apparatning ishchi muhit suyuqlik yoki sochiluvchan jismlar bilan to'ldirilish balandligiga aytiladi.
    Ishchi muhit sathi texnologik parametr hisoblanib, u haqdagi axborot texnologik apparatning ish rejimini nazorat qilish uchun. ayrim hollarda esa ishlab chiqarish jarayonini boshqarish uchun zarur hisoblanadi. Sath o’lchash vositalari sath o’lchagichlar deb ataladi.
    Suyuqlik va sochiluvchan moddalar sathini o'lchash texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishda muhim ahamiyatga ega. Sathni o'lchash moddaning idishdagi miqdorini aniqlash va texnologik jarayonda ishtirok etayotgan ishlab chiqarish uskunasida sath holatini nazorat qilishdan iborat.
    Ishlash xarakteri jihatidan sathni o'lchagichlar uzluksiz va uzlukli (releli) bo’ladi. Releli sath o’lchagichlar moddaning sathi ma’lum balandlikka etganda ishlay boshlaydi, ular signalizasiya maqsadida ishlatiladi va sath signalizatori deyiladi.
    Bu asboblar ishlash prinsipi va tuzilishi jihatidan bir biridan farq qiladi. Masalan, suyuqlik sathni o'lchashga mo’ljallangan asboblarning ko'pi sochiluvchan moddalar sathini o’lchash uchun yaroqsiz, usti ochiq (atmosfera bosim) idishlarda ishlatiladigan asboblar esa yuqori bosimda ishlaydigan idishlar uchun yaroqsizdir va hokazo.
    Sathni nazorat qilish asboblari shkalali va shkalasiz bo’ladi. SHkalasiz asboblar, odatda, ikkilamchi asboblar bilan birga ishlaydi, yoki sathning chegarasi haqida mustaqil signal beradi.
    1-jadvalda o'lchash diapazoniga ko'ra sath o’lchagichlar keltirilgan.
    O`lchash diapazoniga ko`ra satx o`lchagichlar
    1-jadval

    Diapazon

    O'lchash
    chegarasi

    Qo'llanish sohasi

    Tor

    0 450 mm

    Avtomatik tartibga solish tizimlarida

    Keng

    0.5 - 20 m

    Tavarlarni hisobga olish operasiyalarini o'tkazish uchun

    O'lchanadigan muhitning xarakteri va ishlash prinsipiga ko'ra sathni o'lchash
    asboblari quyidagi guruhlarga bo'linadi: ko'rsatish oynasi; qalqovichli; gidrostatik:
    elektrik (sig'imli, aktiv qarashliklarning o'zgarishiga muvofiq va induktivli);
    radioizotopli; ultratovushli; radioto'lqinli; termokonduktometrli; vaznli va boshqalar. Shularning ayrimlari bilan tanishib chiqamiz.

    Download 15,26 Mb.
    1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   129




    Download 15,26 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbeкiston respubliкasi oliy va o’rta mahsus ta’lim vazirligi andijon mashinasozliк instituti

    Download 15,26 Mb.