|
O’zbeкiston respubliкasi oliy va o’rta mahsus ta’lim vazirligi andijon mashinasozliк instituti
|
bet | 117/129 | Sana | 04.12.2023 | Hajmi | 15,26 Mb. | | #111081 |
Bog'liq ATV fanidan O`QUV-USLUBIY MAJMUA 2015Naychasimon prujinali asboblar. Sezgir element sifatida naychasimon manometrik prujina ishlatilgan deformasioi asboblar laboratoriya va ishlab chiqarish amaliyotida keng tarqalgan. Ayniqsa, bir o ramli naychasimon prujinali asbob manometr, vakuummetr. manovakuummetr va difmanometrlar juda ko'p qo'llanadi.
Naychasimon prujinali asboblarning ishlash prinsipi o'lchanayotgan bosimning elastik deformasiya kuchi bilan muvozanatlashuviga asoslangan.
Aylana yoyi bo'yicha bukilgan elliptik voki yassi oval kesimli naychasimon prujina ichidagi ortiqcha bosim yoki siyraklanishning o'zgarishi natijasida o'zining bukilishini o'zgartiradi (2-rasm. a).
O'lchanayotgan ichki va tashqi atmosfera bosimlari farqi ta’sirida naychali prujina deformasiyalanadi: naycha kesimining kichik o‘qi kattalashadi, katta o'qi
kichiklashadi, bunda prujina deformasiyalanadi va uning erkin uchi 1...3 mm ga
siljiydi. 5 MPa gacha bo'lgan bosim uchun naychali prujinalarni jezdan, bronzadan,
undan ham yuqori bosimlar uchun legirlangan po'lat va nikel qotishmalaridan tayyorlanadi.
Laboratoriya ishi №8
Mavzu: Sarf o’lchash vositalarining ishlash prinsiplarini o’rganish va tekshirish
Ishdan maqsad: Sarf o’lchash vositalarini o’rganish va tekshirish.
Ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini va TJABT samaradorligini oshirish zarurligi turli moddalar sarfi va miqdorini aniq o‘lchash masalalarini muvaffaqiyatli hal etishni taqozo etadi. Sanoatda sarf o‘lchash tizimlarining qo‘llanishi sarflanayotgan energiya eltuvchilarini (suv, gaz, bug‘, yonilg‘i) hisobga olish va nazorat qilish bo‘yicha ko‘pgina texnik masalalarning hal qilinishini soddalashtiradi, jarayonning eng maqbul rejimini ishlab chiqarishning aniq shart-sharoitlariga bog‘liq holda tez aniqlashga imkon beradi.
Mahsulotni hisobga olish jarayonlarida moddalarning sarfi va miqdorini o‘lchash vositalariga juda yuqori aniqlik jihatidan katta talablar qo‘yiladi.
Sarf o‘lchash uchun ishlatiladigan asboblar sarf o‘lchagichlar deb ataladi. Moddaning berilgan kanal kesimi orqali vaqt birligi ichida o‘tgan miqdori modda sarfi deyiladi. Sarf o‘lchaydigan asboblar oniy sarfni o‘lchaydi va texnologik rejimlar (ayniqsa uzluksiz jarayonlarda) ishining barqarorligini nazorat qilishga, texnologik jarayonning o‘tishini har bir onda avtomatik ravishda rostlashga va rejimni berilgan yo‘nalishda sozlashga imkon beradi.
Moddaning hajmiy sarfi l/s, m /s, m /soat, massa sarfi esa kg/s, kg/soat, t/soat va hokazolarda o‘lchanadi. Asboblar hisoblagichlar (integratorlar) bilan ta’minlanishi mumkin, unda bu asboblar hisoblagichli sarf o‘lchagichlar deyiladi
Ishlab chiqarishda suyuqlik, bug‘ va gazlarning sarfini o‘lchaydigan asboblarning quyidagi turlaridan foydalaniladi:
1) bosim farqi o‘zgaruvchan sarf o‘lchagichlar; 2) bosim farqi o‘zgarmas sarf o‘lchagichlar; 3) tezlik bosimi sarf o‘lchagichlari; 4) o‘zgaruvchan sathli sarf o‘lchagichlar; 5) induksion sarf o‘lchagichlar; 6) ultratovush sarf o‘lchagichlar; 7) kalorimetrik (issiqlik) sarf o‘lchagichlar; 8) ionli sarf o‘lchagichlar.
O ‘lchanayotgan moddaning turiga ko‘ra sarf o‘lchagichlar suv, mazut ,bug‘, gaz va hokazolarni o‘lchagichlariga bo‘linadi.
Ultrotovushli dopler sarf o‘lchagichning ishlash prinsiplari.
Agar quvur o‘qi bo‘yicha V tezlik bilan harakatlanuvchi nuqtaviy sochgich w0 chastotali signal bilan vertikalga aj burchak ostida nurlanayotgan bo‘lsa, u g‘olda qabul qilingan aks - sado signali chastotasi wd qo‘yidagi munosabat bilan aniqlanadi:
(1)
1-rasm. Ultratovushli doplеr sarf ulchagichning ishlash prinsipi
Uzatuvchi o‘zgartkich qabul qiluvchi o‘zgartkich (1) dagi ikkinchi ko‘paytuvchini darajali qatorga yoyib va ∆w=wd-w0 ayirmani olib, Dopler effekti formulasining lokasiya variantini hosil qilamiz:
(2)
Odatda V<j bo‘ladi, shuning uchun chiziqli yaqinlashish bilan cheklanish mumkin:
(3)
(3) ifodadan:
(4)
kelib chiqadi, ya’ni dopler siljishi kattaligi sochgich tezligi V ga to‘g‘ri proparsional ekan. Bu erda Cp - EP prizmaning materialidagi ultratovushning tezligi: ap - vertikal bilan truboprovob devoriga ultratovush tebranishlari suvi yo‘nalishlari orasidagi burchak, u EP prizma burchagiga teng.
Real sharoitlardi hajmiy sochilish signallarining shakllanishida fozoda tasodifan joylashgan turli xil tabiatga ega sochuvchilarning to‘plami ishtirok etadi. Bu holda “dopler siljishi” tushunchasi qabul qilingan energiyaning taqsimlanishini sochgichlarning real tezliklari funksiyasi sifatida aks ettiruvchi “dopler spektri” konsepsiyasi bilan almashadi. Real hisob - kitoblarda (4) munosabatdan foydalanish mumkin bo‘lishi uchun ∆w ning spektri og‘irlik markazini tushunish etarli.
Datchiklar ulangan UVR - 011 ultratovush vaqt impulsli sarf o‘lchagich.
2 - rasmda datchiklar ulangan UVR - 011 ultratovush vaqt impulsli sarf o‘lchagichning tuzilishi sxemasi keltirilgan.
2 - rasm. Datchiklar ulangan UVR - 011 ultratovush vaqt impulsli sarf o‘lchagichning tuzilish sxemasi
Sarf o‘lchagich truboprovodning tashqi tomonidan mantaj qilinadigan ikkita elektroakustik o‘zgartkichni va mikroprosessor negizida ishlab tayyorlangan elektron blokni o‘z ichiga oladi.
MikroEHM amalga oshiradigan o‘lchashlar sikli ultratovush impulsi nurlanish yo‘nalishlaridan birini (masalan, oqim bo‘yicha) tanlashdan boshlanadi, bunga qabul
uzatish kommutatorini tegishli holatga o‘rnatish yo‘li bilan erishiladi. Bunda EP2 signalni uzatadi, EP1 esa uni qabul qilib oladi.
Qabul qilingan signal kommutator orqali foydali signalni ajratish sxemasiga keladi, u erda kuchaytiriladi va xalaqitlardan filtrlanadi. SHu erning o‘zida signalning mavjudligi yoki yo‘qligi to‘g‘risida qaror qabul qilinadi, bu ultratovushli tebranishlar yo‘qolib qolganda xato o‘lchashlarning kelib chiqishining oldni oladi, masalan truboprovodni bo‘shatishda. Signalning tarqalish vaqtini aniqlash vaqt oraliqlarini o‘lchash blokida amalga oshirilib, uning chiqishida tT baho mikroEHM ga kelib tushadi. So‘ngra mikroEHM buyrug‘iga ko‘ra nurlanish yo‘nalishi qarama - qarshisiga o‘zgaradi va tT signalning tarqalish vaqtining tavsiflangan o‘lchash tartibi endi oqimga qarshi takrorlanadi. SHu bilan o‘lchash sikli tugallanadi, mikroEHM esa
ifodaga muvofiq suyuqlik sarfining joriy qiymatini hisoblaydi. Bu erda SG - tezliklarning profiliga bog‘liq bo‘lgan gidrodinamik koeffisientiga teskari proporsional bo‘lgan xatolik.
|
| |