|
Prujinali asboblaming ishlash prinsipi
|
bet | 116/129 | Sana | 04.12.2023 | Hajmi | 15,26 Mb. | | #111081 |
Bog'liq ATV fanidan O`QUV-USLUBIY MAJMUA 2015Prujinali asboblaming ishlash prinsipi bosim ta’sirida turli elastik elementlarning deformasiyalanishi yoki ularning kuchini o'lchashga asoslangan. Elastik elementda bosim kuchi ta’sirida vujudga keladigan deformasiyalanish natijasida o'lchov asbobining strelkasi to'g'ri chiziqli yoki burchakli shkala bo'yicha siljib, bosim qiymati R ni ko'rsatadi.
Prujinali asboblarining o'lchash aniqligi yuqori bo'lishi uchun ulardagi elastik elementlar elastiklik moduli va issiqlik kengayish koeffisientlari kam bo'lgan materiallardan tayyorlangan bo'lishi va gisterezis hamda qoldiq elastiklik hodisalari bo'lmasligi talab qilinadi.
2-rasm. Elastic sezgir elementlar
Prujinali asboblar ortiqcha bosim, sivraklanish. bosimlar farqi va shu kabilarni o'lchash uchun qo'llanadi. Kcng tarqalgan elastik sczgir elementlar 2-rasmda tasvirlangan, ularga naychali prujina (a), silfonli (b), yassi va gofrlangan membranalar (v, g), membranali quticha (d), bikr markazli yumshoq membranalar (e) kiradi.
Statik xarakteristikaning shakli va tikligi sezgir elementning tuzilishiga, materialga va haroratga bog'liq. Sezgir elementlarning elastiklik holati kuch bo’yicha qattiqlik koeffisienti bilan xarakterlanadi:
bu erda Se mos ravishda elastik sezgir elementga ta` sir etadigan kuch va elementning foydali yuzi; h — sezgir element erkin uchining siljishi.
Prujinali asboblarning atzalligi ularning soddaligi, ishonchliligi. universalligi. ixchamligi va o'lchanayotgan kattaliklarning katta diapazonidan iborat.
|
| |