|
Mutonosib-differensial rostlagichlar
|
bet | 113/129 | Sana | 04.12.2023 | Hajmi | 15,26 Mb. | | #111081 |
Bog'liq ATV fanidan O`QUV-USLUBIY MAJMUA 2015Mutonosib-differensial rostlagichlar. Agar rostlash obektida yukning o‘zgarishi tez va keskin, shuningdek, kechikish katta bo‘lsa izodrom rostlagichlar talab etilgan rostlash sifatini ta’minlay olmaydi, ya’ni bu holda ularda katta dinamik xato hosil bo‘ladi. Rostlash jarayonini parametrning o‘zgarish tezligiga bog‘liq bo‘lgan qo‘shimcha kirish signali vositasida yaxshilash mumkin. Kechikishi sezilarli bo‘lgan obektlarda texnologik jarayonlarni rostlash uchun PD-rostlagichlarni ishlatish maqsadga muvofiqdir. Agar differensial qism rostlovchi ta’sirning boshqa qismlariga qo‘shilsa to‘g‘ri, ayrilgan holda esa teskari bo‘ladi.
Yuk porshenli asboblar
Bu asboblarning ko’pchiligi tajriba sharoitida turli manometrlarni tekshirish va darajalash uchun muljallangan. 1-rasmda yuk-porshenli manometrning prinsipial chizmasi tasvirlangan.
Yuk kolonkasi 9 ning markazida silliqlangan silindrik kanal bo’lib, bu kanalning ichida yuk tarelka 8 li siljuvchi porshen 6 joylashgan. Kolonkaning kanali porshen 11 ga ega bo’lgan press bilan ulangan. Bundan tashqari u tekshirilayotgan manometr 10 bilan bog’lovchi shtutserlar 5 ga ulangan. Kolonka va shtutser kanallari ninasimon ventil 4 lar bilan ta‘minlangan. Ventil 1 yordamida ishchi suyuqlik tukiladi.
Ishni boshlashdan avval ventil 3 ochilib, sig’im 2 dan asbobning gidravlik tizimi ishchi suyuqlik bilan to’ldiriladi. Tizimni to’ldirish bilan bir vaqtda maxovik 12 ni soat strelkasining yo’nalishiga qarshi burab porshen 11 aylantiriladi. Porshen 11 oxirigacha aylantirilgan holda sig’im 2 da ishchi suyuqlik qisman qolishi kerak. Ishchi suyuqlik sifatida o’rtacha qovushqoqlikka ega bo’lgan mineral moy ishlatiladi. Asbob tulganidan sung ventil 3 biriktiriladi. Keyin maxovik 12 moy bosimi natijasida kutarilgan yuk tarelkasi ko’rsatkichi 7 to’g’risiga kelguncha buraladi. Porshenli manometrning to’zilishiga ko’ra uning ishlash prinsipi gidravlik tizimdagi o’lchanayotgan bosimning yuklar kuchini muvozanatlashiga asoslangan. O’lchanayotgan bosimning kattaligi haqida muvozanatlovchi yuklar kattaligiga ko’ra fikr yuritish mumkin. Porshen va silindr diametrlari bir-biriga moslangan va ularning sirtlari o’rtasidagi oraliq bir necha mikrondan oshmaydi. Ishqalanish kuchlarini e‘tiborga olmagan holda, quyidagi muvozanat shartini yozish mumkin:
|
| |