• Kengayuvchi shishali suyuqlik termometrlari.
  • O’zbeкiston respubliкasi oliy va o’rta mahsus ta’lim vazirligi andijon mashinasozliк instituti




    Download 15,26 Mb.
    bet109/129
    Sana04.12.2023
    Hajmi15,26 Mb.
    #111081
    1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   129
    Bog'liq
    ATV fanidan O`QUV-USLUBIY MAJMUA 2015

    Laboratoriya ishi №5
    Mavzu: Xaroratni rostlash sistemasining strukturaviy sxemasini tuzib, hususiyatlarini o’rganish
    Ishdan maqsad: Xaroratni rostlash tizimining hususiyatlarini o’rganish
    Uslubiy ko`rsatma
    Ishlab chiqarishdagi namlik-issiqlik jarayonlarini nazorat qilishda ular temperaturasini o `lchash uchun turli xil termometrik uskunalar ishlatiladi.
    Kontakt usuli bilan haroratni o`lchash uchun quyidagi termometrlar qo`llaniladi:

    • Suyuqlik va qattiq jimlar(dilatometrik, bimetallik)ning issiqlik kengayishi haroratini o`lchovchi termometrlar;

    • Gaz yoki to`yingan suv bug`ining harorati va bosimi, shuningdek yopiq termosistemadagi suyuqlik harorati va hajmi o`rtasidagi bog`liqlikda ishlatiluvchi manometrik termometrlar;

    • Termo elektr yurituvchi kuchga asoslangan termoelektrik termometrlar;

    • O`tkazgichning elektr qarshiligini haroratga bog`liqligini ifodalovchi qarshilik termometrlari.

    Kontaksiz usulda haroratni o`lchash uchun quyidagi pirometrlar ishlatiladi:

    • To`lqin uzunligining berilgan tor diapazonida qizigan jism ravshanligiga qarab haroratini o`lchovchi yorqinlik pirometri;

    • Qizigan jismning umumiy nurlanishini issiqlik ta’siri bo`yicha haroratni o`lchovchi radiatsion pirometr;

    • Turli spektr diapazonlarda nurlanayotgan jismni energiyasini o’lchashga asoslangan yorug`lik pirometri.


    Kengayuvchi shishali suyuqlik termometrlari. Shishsali suyuqlik termometrlari bilan haroratni o`lchash suyuqlik va termometr shisha qobig`ini hajmiy kengayishining koeffisiyentlar farqiga asoslangan. Shishali suyuqlik termometrlarining o`lchash chegaralari -120 С dan +650С gacha. Termometrlarni to`ldirish uchun turli termometrik suyuqliklar ishlatiladi: simob, etil spirt, kerosin, petroley efir, pentan.
    Temperatura o`lchanganligi haqidagi ma’lumotni olish usuliga qarab termometrlar nazorat qilinadigan va kontaktlilarga bo`linadi.
    Shishsali suyuqlik termometrlarining ba’zi tiplari 1-rasmda ko`rsatilgan.
    Sanoatda namlik-issiqlik jarayonlarining haroratini nazorat qiluvchi mahsus termometrlardan tashqari sanoat, laboratoriya va meteorologik termometrlar ham qo`llaniladi.

    1-rasm. Kengayuvchi shishali suyuqlik termometrlari
    а, б – shkalasi ichiga joylashgan to`g`ri va burchakli termometrlar;
    в – tayoqchali ikki kontaktli burchakli elektrotermoregulyator; д – kontakti magnitli boshqariluvchi elektrotermoregulyator;
    Bu termometrlarning ayrimlari (ТС-11, ТМ-4, ТМ-6) havo namligini psixometrik usul bilan o`lchash uchun qo`llaniladi.
    Barcha kontaktli termometrlar va termokontaktorlar simob bilan to`ldiriladi.



    Download 15,26 Mb.
    1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   129




    Download 15,26 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbeкiston respubliкasi oliy va o’rta mahsus ta’lim vazirligi andijon mashinasozliк instituti

    Download 15,26 Mb.