|
Dilatometrik va bimetalli termodatchiklar
|
bet | 110/129 | Sana | 04.12.2023 | Hajmi | 15,26 Mb. | | #111081 |
Bog'liq ATV fanidan O`QUV-USLUBIY MAJMUA 2015Dilatometrik va bimetalli termodatchiklar. Dilatometrik va bimetalli termodatchiklar binolarda havo haroratini rostlash va signalizatsiya uchun mo`ljallangan, shuningdek suyuq va gaz holatidagi muhitlarni nazorat qilish uchun ham mo`ljallangan.
Rele-datchiklar ko`rsatkichga ega bo`lmagan qurilmalar hisoblanib, undagi ko`rsatkichlarni kontaktlar ishlaganda ko`rish mumkin.
Dilotometrik termodatchiklarning sezuvchi elementi katta chiziqli kengayish koeffisiyentiga ega metalladan yasalgan 1 trubkalardan va trubkaning ichiga joylangan kengayish koeffisienti kichik bo`lgan sterjen 2 dan iborat (2-rasmga qarang). Qurilma trubkasi to`laligicha nazorat qilinayotgan muhitga joylashtiriladi. Muhitdagi harorat o`zgarganda trubkaning uzunligi ham o`zgaradi. Trubka bilan bog`langan sterjn harakatga keladi, buning natijasida kontaktlar tutashadi va uziladi yoki sezuvchi element harakat keladi.
Bimetalli o`zgartirgichlarda sezuvchi element sifatida butun uzunligi bo`ylab o`zaro payvantlangan ikkita metall plastinkalar 1,2 (3-rasmga qarang) dan tashkil topgan plastinka yoki spiral ishlatiladi. 1, 2 payvantlangan metall plastinkalar turli haroratli chiziqli kengayish koeffisientlariga ega. Muhitdagi harorat o`zgarganda bimetalli plastinka (spiral) egiladi, buning natijasida sezgir element 3 ni siljitadi yoki kontaktlarni qayta ulaydi.
Ishlab chiqarishqa ikki pozitsiyali DTKB (bimetalli) va ТUDE (dilatometrik) turlari, shuningdek uch pozitsiyali ТB-EZK (bimetalli) turi qo`llanadi.
Har xil turdagi dilatometrik va bimetalli datchiklar istalgan holatda o`rnatiladi (vertikal, qiya, gorizontal). DTKB turidagi kamerali bimetalli datchiklarni poldan 1,5...1,8 m balandlikda, ТB-EZK turi 1,8...2 м o`rnatiladi. Truba o`tkazgichdagi muhit harorati o`lchangandanda dilatometrik termometr sezgir elementining o`rtasi oqim o`qi bilan mos kelishi kerak.
Laboratoriya ishi №6
Mavzu: Bosimni rostlash sistemasining strukturaviy sxemasini tuzib, hususiyatlarini o’rganish
|
| |