• Avtomatik rostlagichlarning chiziqli modellari
  • Avtomatik tizimlarning elementar tipik zvenolari va ularning tavsiflari




    Download 15,26 Mb.
    bet106/129
    Sana04.12.2023
    Hajmi15,26 Mb.
    #111081
    1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   129
    Bog'liq
    ATV fanidan O`QUV-USLUBIY MAJMUA 2015

    Avtomatik tizimlarning elementar tipik zvenolari va ularning tavsiflari
    Injenerlik ishida avtomatik rostlash tizimlarining elementar tipik zvenolari tushunchasi o`zaro bog`langan ma’lum shaklga ega sodda zvenolar to`plami ko`rinishidagi istalgan murakkablikdagi avtomatik tizimni struktura jihatdan tasavvur qilishga imkon beradi.
    Elementar zvenolarning dinamik va statik hususiyatlarini, shuningdek tavsiflari va o`tish funksiyalarini bilgan holda avtomatik rostlash tizimlarining sintez va analiz masalalarini soddalashtirish mumkin.
    Quyidagilar elementar chiziqli zvenolar hisoblanadi: kuchaytirish(proporsional yoki noinersion), integrallovchi, aperiodik(inersion), tebranma va ideal differensiallovchi. Chunki sanoat ob’yektlarini elementar chiziqli zvenolar sifatida approksimatsiyalashda kechikish elementlarini kiritish zarur bo`ladi. Kechikish zvenosi tushinchasi kiritilsa nochiziqli hisoblanib qoladi.
    Elementar zvenolar tavsifi 1-jadvalda ko`rsatilgan.
    Avtomatik rostlagichlarning chiziqli modellari
    Avtomatik rostlash tizimlarida proporsional, integral, proporsional – integral va proporsional – integral – differensial rostlash qonunlari qo`llaniladi. Rostlagichlar qaysi qonun bo`yicha ishlayotganligiga qarab mos ravishda P-, I-, PI- va PID rostlagichlar deb nomlanadi.
    Istalgan real sanoat rostlagichini nazariy jihatdan talab qilingan qonun aniq amalga oshadigan va ba’zi ideal rostlagichga xatolikni keltiruvchi ortiqcha keraksiz ballast zveno deb nomlangan ideal rostlagich ko`rinishida tasavvur qilish mumkin.
    Buni hisobga olib real rostlagichning uzatish funksiyasini quyidagi ko`rinishda tasavvur qilish mumkin:
    Wp.p(p)=Wp(p)Wb(p)
    bu yerda Wp(p) – ideal rostlagichning uzatish funksiyasi;
    Wb(p) – ballast(keraksiz ortiqcha) zvenoning uzatish funksiyasi.
    sanoat rostlagichning Wp(p) uzatish funksiyali ideal qismini uning chiziqli model deb nomlash qabul qilingan.
    P- va I- rostlagichlarning chiziqli modellari mos ravishda quyidagi tenglamalar bilan aniqlanadi:

    bu yerda xchiq – rostlagich chiqishidagi signal; kp – rostlagichning uzatish koeffisiyenti; xkir – rostlagich kirishidagi signal; Ti – integrallash vaqt doimiysi.
    Shunday qilib, dinamik munosabatda ular mos kuchaytirish(proporsoinal) va integrallovchi zvenolarga ekvivalent(1-jadval).
    Rostlash qonunlari, PI- va PID- rostlagichlarning uzatish funksiyalari va tavsifi 2-jadvalda ko`rsatilgan. PID-rostlash qonunini realizatsiya qilishda ko`pincha differensiatorlar deb nomlanuvchi funksional rostlash qurilmalariga ega komplektdagi sanoat PI-rostlagichlar ishlatiladi. Differensiatorlar aksariyat hollarda avtomatlashtirish sxemalarida hamda rostlash sifatini oshirish maqsadida tizimning dinamik hususiyatlarini korrektirlovchi qurilma sifatida qo`llaniladi. Shuning uchun 2-jadvalda differensiatorlarning tavsiflari ham ko`rsatilgan.


    Download 15,26 Mb.
    1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   129




    Download 15,26 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Avtomatik tizimlarning elementar tipik zvenolari va ularning tavsiflari

    Download 15,26 Mb.