|
O’zbeкiston respubliкasi oliy va o’rta mahsus ta’lim vazirligi andijon mashinasozliк instituti
|
bet | 105/129 | Sana | 04.12.2023 | Hajmi | 15,26 Mb. | | #111081 |
Bog'liq ATV fanidan O`QUV-USLUBIY MAJMUA 2015Laboratoriya ishi №3
Mavzu: Rostlash organlarining hususiyatlarini o’rganish
Ishdan maqsad: Rostlash organlarining hususiyatlarini o’rganish
Rostlash organlari rostlash ob’yektiga keladigan va undan chiqadigan moddalar miqdorini o`zgartirish uchun hizmat qiladi. Ular uzatmalar bilan harakatga keltiradigan klapan, zaslonkaning turli tipidan iborat.
Ko`proq rostlash organlar yordamida rostlash ob’yektiga keladigan modda sarfini o`zgartiradi. Rostlash organining bir chetki holatdan boshqasiga siljishida muhit sarfining o`zgarishi organning rostlash diapazoni deyiladi.
Rostlash organining ta’siri rostlash diapazoni chegaralarida uning static xarakteristikasi bilan, ya’ni rostlash organi holatidan muhit sarfining bog`liqligi bilan baholanadi.
Rostlash organlari sifatida ko`proq klapanlar ishlatiladi(1-rasm,a). Muhit sarfini rostlash klapan orqali plunjer 1 va egar 5 orasidagi o`tish kesimining o`zgarishishi hisobiga amalga oshadi. Yopiq holatda plunjer va egar bir-biriga tegib turgan sirt tayanch sirt deyiladi. Uzatma ta’sirida siljuvchi shtok 4 korpus 2dan tashqariga salnik 3 orqali chiqadi.
Klapanli rostlash organining statik xarakteristikasi plunjer va egarning turli qiymatlarni qabul qiluvchi shakli va o`lchamlari bilan aniqlanadi(1-rasm. b-j).
1b-rasmda yassi tayanch sitrga ega tarelkasimon klapan ko`rsatilgan. Uning o`tish kesimi silindrik sirt ko`rinishida. Bunday klapanlar kamdan kam qo`llaniladi, chunki ular orqali muhit katta tezlikda oqib o`tganda tarelkalar qirralari tez yediriladi, klapanlarning xarakteristikalarining o`zgarishiga olib keladi.
Konussimon tayanch sirtga ega tarelkali klapanlar katta sarflarni rostlash uchun ishlatiladi(1v-rasm). Ularda plunjerning ichki qirrasi va egarning tayanch sirti orasidagi halqasimon tirqish o`tish kesimi bo`lib hizmat qiladi.
Ignasimon klapanlar(1g-rasm) muhitning nisbatan kichik sarflari uchun va katta bosimlarda qo`llaniladi. Egarning ichki qirrasi va plunjerning konussimon sirti orasidagi konussimon tirqish ignasimon klapanlarning o`tish kesimi bo`lib hizmat qiladi.
Zolotnikli klapan uning darchalarga ega yon devorlaridagi kesiklardan iborat ichi bo`sh silindrdan tashkil topadi(1d,e,j-rasm). Klapanning o`tish kesimi qiymati o`sha darcha qismlarining yuzalar yig`indisi bilan aniqlanadi. Darchalar kesim shakllariga qarab to`g`ri burchakli, uchburchakli va boshqacha bo`lishi mumkin(1j-rasm).
|
| |