• O’zgarmas tok mashinalari turlari.
  • Elektromagnitli ijro mexanizmlari Umumiy ma’lumotlar.
  • O’zbeкiston respubliкasi oliy va o’rta mahsus ta’lim vazirligi andijon mashinasozliк instituti




    Download 15,26 Mb.
    bet107/129
    Sana04.12.2023
    Hajmi15,26 Mb.
    #111081
    1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   129
    Bog'liq
    ATV fanidan O`QUV-USLUBIY MAJMUA 2015

    Laboratoriya ishi №4
    Ishdan maqsad: Avtomatlashtirishdagi elektr ijro mexanizmlarining hususiyatlarini o’rganish.
    Elеktr ijro mеxanizmlar quyidagi turlarga bo’linadi: elеktrodvigatеlli ijro mеxanizmlari, elеktromagnitli ijro mеxanizmlari, elеktromеxanik muftalari, rеlеli ijro mеxanizmlari.
    Elеktrodvigatеlli ijro mеxanizmlari elеktr ijro mеxanizmlari ichida eng kеng tarqalgani hisoblanadi. Fan tilida motorlar ham dеb yuritiladi. Ushbu elеktrodvigatеlli ijro mеxanizmlarni o’rganamiz. O’zgarmas va o’zgaruvchan tok motorlari mavjud.
    O’zgarmas tok mashinalari turlari.
    O’zgarmas tok mashinalari uyg’otish chulg’amining qanday tok bilan ta'minlanganligiga qarab, mustaqil uyg’otishli va o’z – o’zidan uyg’otishli gеnеratorlarga bo’linadi.
    1.Mustaqil uyg’otishli o’zgarmas tok mashinalarida elеktromagnitlarning chulgamlari tashqi o’zgaruvchan tok manbaidan, masalan akkumuliyatorlar batarеyasidan enеrgiya bilan ta'minlanadi.
    2.O’z – o’zidan uyg’otishli mashinalarga tok mashinaning yakor chulgamidan kеladi. Uyg’otish chulg’amining yakorga ulanish usuliga qarab, a) kеtma – kеt uyg’otishli, b) parallеl uyg’otishli, v) aralash uyg’otishli o’zgarmas tok mashinalariga bo’linadi.
    O’zgarmas tok mashinalari hamma elеktr mashinalari singari magnit induktsiya printsipiga asosan ishlaydi. Ularda ikki xil magnit maydoni ta'sirida aylanish momеnti M yuzaga kеladi. Yakordagi tеskari EYuK ЕqS(n(F ga tеng. Shu sababli dvigatеldagi EYuK muvozanat tеnglamasi bўladi.
    Ular printsipial sxеmalarda quyidagicha ko’rsatiladi.

    Iя Rя Iя Rя Iя Rя Iя Rя



    1. Rasm. O’zgarmas tok mashinalari prinsipial sxemalari.


    Elektromagnitli ijro mexanizmlari
    Umumiy ma’lumotlar. Avtomatik rostlash va pozitsion ishlash prinsipini boshqarish tizimlarida elektr toki energiyasini ishchi organning ilgarilanma-qaytma harakatiga o`zgartirib beruvchi elektromagnitli uzatmalarga ega ijro mexanizmlari sifatida ancha keng tarqalgan elektromagnitli ijro mexanizm(EMIM)lari mavjud.
    EMIM boshqarish ob’yektining rostlash organiga ta’sir ko`rsatish maqsadida elektr tokini mexanik siljishga o`zgartirish uchun hizmat qiladi. Bu ijro mexanizmlari elektr signalni mexanik siljishga o`zgartirib beruvchi eng keng tarqalgan o`zgartirgichlar hisoblanadi. EMIM mexanizmlar, elektr apparatlar va relelar qatori uzatmali va boshqarish qurilmasi sifatida qo`llaniladi. Masalan, yuk ko`taruvchi va tormozli elektromagnitlarda, kommutatsion apparatlarni ulash va uzish uzatmalarida, elektromagnit kontaktorlarda, avtomatik rostlagichlarda, mexanik, pnevmatik va gidravlik zanjirlarni ulash va uzish, aylanuvchi vallarni qo`shish va ajratish, klapanlar, ventillar, zaslonkalar, zolotniklarni bir necha nyuton kuch kuch bilan bir necha millimetrli uncha katta bo`lmagan masofalarga ochish va yopish uchun mo`ljallangan uzatmalarida qo`llaniladi.
    EMIM o`zgarmas tokda qanday ishlasa, o`zgaruvchan tokda ham shunday ishlay oladi. Lekin, doimiy tok elektromagnitlari o`zgaruvchan elektromagnitlarga qaraganda ancha keng ishlatiladi, madomiki bir xil o`lchamlarda ular katta yuk tortish kuchini oshir ekan, parametrlarning ancha yuqori stabilligiga ega, konstruktiv jihatdan sodda va arzon. Ularning tok ta’minoti uchun o`zgaruvchan tok tarmog`i va ichiga o`rnatilgan to`g`rilagich ishlatiladi.
    Bunday qurilmalarning xarakterli hususiyati shundan iboratki, ular faqat ikki pozitsiyali(“ochiq” – “yopiq”) rostlash va boshqarish sxemalarida ishlaydi. Bu shu bilan tushintiriladiki, rostlash organi faqat elektromagnit o`zagining ikkita mumkin bo`lgan joylashish holatlariga to`g`ri keladigan ikki chetki vaziyatlarda joylashishi mumkin. Misol uchun, birinchi – tok ulandi, o`zak tortib oladi va klapan ochadi; yoki ikkinchi – tok uziladi, o`zak qo`yib yuboradi va klapan yopadi.
    Ko`p pozitsiyali(uch va undan ko`p holatga ega) elektromagnitli ijro mexanizmni umuman olganda qurish mumkin. Lekin, bu masalani hal etishda katta qiyinchiliklar mavjud, shning uchun ko`p pozitsiyali uzatmalar keng tarqalmagan.
    EMIM ni elektrodvigatelli IM bilan solishtirganda konstruksiyasi va boshqarish sxemasining oddiyligi, kichik vazn va o`lchamga egaligi hamda ancha arzonligi bilan farq qiladi. Reduktorning yo`qligi tufayli ular ekspluatatsiyada ancha ishonchlidir.
    EMIM vazifasiga ko`ra quyidagicha farqlanadi:

    • ferromagnit jismlar holatini qayd etish uchun mo`ljallangan tutib qoluvchivchi elektromagnit. Masalan, ferromagnit materiallardan predmedlarni ko`taradigan elektromagnitlar. Ular ish bajarmaydilar, ulardan faqat hisob kitob qilingan ma’lum kuch talab etiladi.

    • ijro qurilmalarni siljitishga hizmat qiluvchi uzatmalar, masalan, klapanlar, zolotniklar va zaslonkalar. Shuningdek, ular kontaktorlarda, elektromagnit muftalarda va boshqalarda ishlatiladi. Bu elektromagnitlar ma’lum belgilangan ishni bajaradi, shuning uchun ular aniq bir kuchda siljishga hisob kitob qilingan bo`ladi.

    Elektromagnitlar konstruktiv ijrosi bo`yicha quyidagiga bo`linadi:

    • tashqi kuch bilan tortiluvchi yakorga ega klapanli elektromagnitlar; ular uncha katta bo`lmagan yakor siljishiga ega(millimetr) va katta kuchni uyzaga keltiradi;

    • ilgarilanma – qaytma harakatga ega yakori to`gri yuradigan elektromagnitlar; ular solenoidli elektromagnitlar deb nomlanadi, yakor katta harakat yo`liga ega va yuqori darajada tez harakatlana oladi.


    Download 15,26 Mb.
    1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   129




    Download 15,26 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbeкiston respubliкasi oliy va o’rta mahsus ta’lim vazirligi andijon mashinasozliк instituti

    Download 15,26 Mb.