• Elektr rostlagichlar ishlab
  • Pazision rostlagichlar.
  • Mutonosib-integral(izodrom)
  • Bevosita ta’sir qiluvchi rostlagichlar




    Download 15,26 Mb.
    bet112/129
    Sana04.12.2023
    Hajmi15,26 Mb.
    #111081
    1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   129
    Bog'liq
    ATV fanidan O`QUV-USLUBIY MAJMUA 2015

    Bevosita ta’sir qiluvchi rostlagichlar texnologii jarayoni avtomatlashtirishda kam ishlatiladi. Bunga sabab ularning etarli quvvatga ega emasligi va ko‘rsatishlarni masofaga uzatib bo‘lmasligidir. Bular asosan bosim, temperatura va sath
    rostlagichlaridir. Quydegi rasmda bevosita ta’sir qiluvchi statik bosim rostlagichning prinsipial sxemasi tasvirlangan. Bu rostlagich «o‘zidan keyingi» bosimni ma’lum qiymatda saqlab turadi.
    Elektr rostlagichlar ishlab chiqarish jarayonlarini avto-matlashtirishda keng ishlatiladi. Bunga quyidagi omillar sabab bo‘ladi.
    1. Noelektrik kattaliklarni elektr rostlagichlar yordamida o‘lchash usullari yaxshi avtomatik o‘lchashning bir qator masalalarini hal qilishga, keng spektrdagi fizik-kimyoviy parametrlarni noinersion o‘zgartishga va texnologik
    reglamentlarga rioya qilgan holda rostlashga imkon beradi.
    2.Turli murakkab matematik operasiyalarni bajarishni talab qiluvchi har xil rostlash qonunlarini elektr elementlarda amalga oshirish prinsipial qiyinchiliklarni hosil qilmaydi.
    3.Rostlash tizimlaridagi elektr yuritmalarda energiya ta’minoti uzilib qolganda, ijro etuvchi mexanizm qanday holatni egallab turgan bo‘lsa, shu holatda to‘xtaydi.
    4.Elektr datchik va o‘zgartgichlarning ko‘rsatishini masofaga uzatish juda oddiy bajariladi.
    Pazision rostlagichlar. Rostlash qonunlari ichida rele qonuni eng oddiy hisoblanadi. Buni pnevmatik, elektr va boshqa rostlagichlar vositasida amalga oshirish mumkin. Unda rostlanayotgan kattalikning berilgan qiymatidan chetga chiqishidan foydalaniladi.
    Mutanosib rostlagichlar rostlovchi organning rostlanuvchi parametri va topshirilgan qiymat orasidagi farqqa nisbatan mutanosib siljishi tushuniladi. Rostlanuvchi parametrning vaqt bo‘yicha o‘zgarishi va rostlovchi organning siljishi bir qonun bo‘yicha amalga oshadi. Rostlanuvchi parametrning har bir qiymatiga, rostlovchi organnnng ma’lum bir holati mos keladi.
    Mutonosib-integral(izodrom) rostlagichni taqqoslash elementlari I, II, VI, drosselli summator II, quvvat kuchaytirgichi IV, uzuvchi relelar V ,VII va sig‘im VIII dan iborat. Bu rostlash bloki ikkita mutanosib va integral qismlardan tuzilgan. Ularning kirishiga datchikdan rostlanayotgan kattalikning pnevmatik signali Pn va ikkilamchi asbobga o‘rnatilgan topshiriq bergichdan rostlanuvchi kattalikning berilgan qiymati kelib, 0,2,...1 kgk/sm2 oraliqda bo‘ladi.

    Download 15,26 Mb.
    1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   129




    Download 15,26 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bevosita ta’sir qiluvchi rostlagichlar

    Download 15,26 Mb.