Pnevmatik pozitsionerlarni asosiy texnik ma’lumotlari va xarateristikalari




Download 15,26 Mb.
bet99/129
Sana04.12.2023
Hajmi15,26 Mb.
#111081
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   129
Bog'liq
ATV fanidan O`QUV-USLUBIY MAJMUA 2015

Pnevmatik pozitsionerlarni asosiy texnik ma’lumotlari va xarateristikalari:

  1. Kirish signali Pkir – 20 dan 100kPa gacha.

  2. Ishchi muhit – siqilgan havo. Tozalik standart bo`yicha 0,1,3 changlik sinfidan yuqori.

  3. Ta’minlovchi havo bosimi Pta’min :

  1. Bir tomonlama harakat pozitsionerlar uchun – 250; 400; 630kPa;

  2. Ikki tomonlama harakat pozitsionerlar uchun – 400; 630kPa.

  1. Ta’minlovchi havo bosimining nominal qiymatidan ruhsat etilgan og`ishi - - +10% .

  2. Pozitsionerlarning aniqlik sinfi – 1,0.

  3. Fazodagi ishchi holati – qopqog`i pastga qaragan holatidan tashqari, doimo erkin.

  4. Ijro mexanizmi chiqish zvenosining qaytuvchan-ilgarilanma harakatli pozitsionerlar 1-jadval bilan mos mexanizm shtoki shartli yo`lini ta’minlaydi.

Buriladigan ijro mexanizmlar pozitsionerlari chiqish valini 900 dan kam bo`lmagan burchakka burishni ta’minlaydi.
1-jadval

Modifikatsiya

Shtokning shartli yo`li, mm

ПП-1.25

4; 6; 10; 16; 25

ПП-2.25

10; 16; 25

ПП-1.100; ПП-2.100

25; 40; 60; 100


  1. Shartli yo`l yoki burilish burchagining foizlarda ifodalanadigan asosiy ruhsat etilgan hatoligi - -+1.

  2. Pozitsionerlar gisterezisi ruhsat etilgan hatolikning absolyut qiymatini oshirmasligi shart.

  3. 80kPa kirish signali o`zgarish diapazonining foizlarda ifodalangan sezgirlik chegarasi ruhsat etilgan hatolikning 0.25 absolyut qiymatdan oshmaydi.

  4. Ta’minlovchi havo sarfi Qta’min o`rnatilgan rejimda 2-jadvalda ko`rsatilgandan oshmaydi.

2-jadval

Ta’minlash havo bosimi, kPa

Ta’minlovchi havo sarfi, m3/coat (l/daq)

ПП-1

ПП-2

250

0.6

-

400

0.8

1.0

630

1.2

1.5

  1. Ijro mexanizmi chiqish zvenosining holati va kirish signali o`rtasida maksimal farq bo`lgan holdagi o`tish rejimida va chiqish drossellarining to`liq ochilgan holatlarida pozitsionerlar chiqishidagi ta’minlovchi havo sarfi 3-jadvaldagi qiymatdan kam emas.

3-jadval

Ta’minlash havo bosimi, kPa

Ta’minlovchi havo sarfi, m3/coat (l/daq)







250

9.1

-

400

13

13

630

19

19

  1. Pozitsionerlarni o`rtacha hizmat ko`rsatish muddati Thizmat 8 yildan kam emas.

  2. Pozitsinerlarning massasi (montajli komplektini hisobga olmagan holda):

  1. Bir tomonlama harakatli – 2.3 kgdan oshmaydi.

  2. Ikki tomonlama harakatli – 2.5 kgdan oshmaydi.



4-AMALIY ISH


MAVZU: Pnеvmavtik silfonli ijro mеxanizmlarini (SIM) strukturaviy sxеmasini tuzish, shaxsiy kompyutеrda modеllashtirish va ularni uzatish funktsiyalarini va diffеrеntsial tеnglamalarini kеltirib chiqarish.
Silfon yupqa devorga ega qat-qat burmali, radius bo`ylab yo`nalgan silindrik trubkadan iborat (1-rasm).

1-rasm. To`liq metalli silfon.


O`q boyicha qo`yilgan bosim yoki kuch ta’sirida silfonning uzunligi o`zgaradi. Silfonlarning funksiyalari juda ham turli tuman. Ular o`q bo`yicha siljiydigan va burchak ostida joylashgan trubali o`tkazgichlarni elastik ulashga moslangan bo`lib, ular rostlanuvchi drossellardagi zichlagich yoki o`zgaruvchan sig`imning pnevmatik hajmi sifatida, shuningdek monometrik datchiklardagi ikkita muhitni chegaralash uchun qo`llaniladi.


Pnevmoavtomatikada silfonlar yuqori aniqlikda ishlovchi hisoblash qurilmalarini qurish uchun ishlatiladi, negaki silfonlar o`zining tavsifini yaxshi saqlaydi, ayniqsa o`sha arzimagan siljishlarda ham. Asbobsozlikda diametri 7 dan 150mmgacha va devorining qalinligi 0.08dan 0.3mmgacha bo`lgan silfonlar ishlatiladi.
Silfon qattiqligini oshirish zarurati bo`lganda u spiralsimon silindrik prujina bilan birga o`rnatiladi. Agar silfon elastikligi kam bo`lgan materialdan tayyorlangan bo`lsa, u holda silfon qattiqligidan bir necha marta katta bo`lgan prujina tanlanib, silfonning statik tavsifiga qandaydir ta’sir ko`rsatilishidan qutilish mumkin. Joyni tejash maqsadida prujina silfon ichiga o`rnatiladi. Devor qalinligini oshirish hisobiga silfon qattiqligini oshirish befoyda, negaki material burilganda va bukilganda uning tangligi ortadi.
Juda katta bosimlarda qachonki yupqa devorli silfon etarli bo`lmay qolsa, bitta qatlamga ega bo`lgan silfon bilan taqqoslaganda silfonning sezgirligini oshishiga va tangligini kamayishiga olib keladigan ko`p qatlamli silfonlar qo`llaniladi. Lekin, ko`p qatlamli silfonlarda qatlamlarning ishqalanishi tufayli gisterezis oshadi.
Asboblarni yasashda silfonlarni siqilishga ishlashi uchun ularni shunday o`rnatishga harakat qilinadiki, oqibatda ular cho`zilgandagiga qaraganda ikki martagacha katta bosimga bardosh berishi kerak. Agar silfonlar kuchni kompensatsiyalash prinsipida ishlovchi pnevmatik hisoblash qurilmalarida ishlatilmasa, u holda bosim silfon ichiga o’tadi, chunki bu vaziyatda silfonning siljishi kichik va o`qning to`g`ri chiziqli shakli turgunligining yo`qolishi mustasno bo`ladi.
Silfonning effektiv yuzasini hisoblash uchun ilmiy tajribaga mos keluvchi quyidagi empirik formula ishlatiladi:

bu yerda Ri va Rt lar silfonning mos holda ichki va tashqi radiuslari.


Silfonning p bosim ostida siljishi o`q bo`yicha bir nuqtaga yo`nalgan kuch ta`sirida silfonning ko`chishiga teng
N=FES * p.
Agar silfondagi bosim ortsa silfonning tag qismi harakatlanib (2-rasm), tirgakka yetib boradi, u holda tirgakka ta’sir qilayotgan N kuch quyidagicha:
N=FES* – c1*h0= FES(p - p0).
Bu yerda p – silfondagi bosim; c1- silfonning qattiqligi; h0 – silfonning tirgakkacha yo`li; p0 – silfon tag qismidagi tirgakkacha bo`lgan bosim.

2-rasm. Silfonni tirgakka ta’sir sxemasi.


Tirgak yo`qligida N=0 va bosimni hosil qilayotgan barcha kuch silfonning cho`zilishiga sarf bo`ladi. Bu holatda formula haqli ravishda quyidagiga teng bo`ladi:
FES*p= c1*h0.
Silfon va spiralsimon silindrik prujina birga ishlaganda silfonga prujina tomonidan ta’sir qiluvchi kuch quyidagi formula bilan hisoblanadi:
N=h*c2
bu erda c2 – prujina qattiqligi.





  1. ichki prujina b) tashqi prujina

3-rasm. Silfon va spiralsimon silindrik prujina birgalikda ishlash sxemasi.
Ushbu kuch silfon paramertlari orqali ifodalanishi mumkin. Agar h=h0 bo`lsa, u holda



Download 15,26 Mb.
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   129




Download 15,26 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Pnevmatik pozitsionerlarni asosiy texnik ma’lumotlari va xarateristikalari

Download 15,26 Mb.