O’zbeкiston respubliкasi oliy va o’rta mahsus ta’lim vazirligi andijon mashinasozliк instituti




Download 15,26 Mb.
bet97/129
Sana04.12.2023
Hajmi15,26 Mb.
#111081
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   129
Bog'liq
ATV fanidan O`QUV-USLUBIY MAJMUA 2015
ISH REJA BETLIGI 2023-2024 @e baza ishreja, 7-sinf MUSIQA ochiq dars, Chirchiq davlat pedagogika universiteti pedagogika fakulteti um-fayllar.org (1), (4 sm) Burchak shtampli list ATJ, Komiljonov, 2-oraliq nazorat AQI(1), “ buxoro vohasi tuproqlarining sho’rlanish holati va ularni oldini
2-AMALIY ISH


Mavzu: Pnevmatik porshenli ijro mexanizmlarining strukturaviy sxemasini tuzish, shaxsiy kompyuterda modellashtirish va ularni ishlashiga porshen parametrlari ta’sirini o`rganish.
Ishdan maqsad: Pnevmatik porshenli ijro mexanizmlari strukturasi va ishlash prinsipini o`rganish.
Pnevmatik porshenli ijro mexanizmlariga porshenli pnevmatik uzatmalarni misol keltirish mumkin. Porshenli pnevmatik uzatmalar membranali uzatmalardan farqli ravishda shtokka katta qiymatda siljish imkonini beradi. Ba’zi hollarda undan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Porshenli uzatmaning asosiy elementlari bo’lib porshen 3, silindr 1 va germetik yopiqlikni ta’minlovchi manjet(porshenli nasoslarning charm sumbasi) 2 lar hisoblanadi (1-rasm). Kirish bosimi ta’sirida porshenda ijro organni bir xilda siljitadigan kuch oshib boradi. Tuzilishiga ko`ra porshenli uzatmalar bir yoqlama va ikki yoqlama ta’sir etuvchilarga bo`linadi.
Bir yoqlama ta’sir etuvchi uzatmalarda havo porshenga bir tomondan yuboriladi, porshendagi kuch esa yo yuk 4 bilan, yoki egiluvchan deformatsiyali prujina 5 bilan baravarlashadi(muvozanatlashadi) (1,b-rasm). Ikki yoqlama ta’sir etuvchi porshenli uzatmalarda porshenning qarama-qarshi yo`nalishlarga siljishi Pkir1 va Pkir2 bosimlarni silindrning u yoki bu bo`shlig`iga yuborilishi orqali amalga oshadi.
Porshenli uzatmalar silindri ichki diametric 30…300mm bo`ladi. Porshenli ijro mexanizmlar aniqligini oshirish va inersionligini kamaytirish uchun ular huddi membranali uzatmalar kabi pozitsionerlar bilan to`ldiriladi. Bunday porshenli uzatmalar kuzatuvchi uzatma deb nomlanadi.

1-rasm. Porshenli uzatmalar sxemalari.

2-rasmda membrana-zolotnikli pozitsionerga ega porshenli kuzatuvchi uzatma sxemasi keltirilgan. Uzatma silindr 5 va porshen 8 hamda ular orasini zichlashtirshni ta’minlaydigan halqa 4 dan iborat. Prujina 7 yordamida siljish qiymati kuchga o`zgaradi va porshen holat vaziyati bo`yicha manfiy teskari aloqa ishga tushadi.


Uzatma quyidagi tarzda ishlaydi. Pkir bosim B kameraga keladi va qattiq markaz 10 ga ega membrana 11 ni deformatsiyalaydi. Pkir bosimi va membrana deformatsiyasi o`rtasidagi proporsionallik prujina 12 hisobiga erishiladi. Kirish bosimi ko`payganda membrana deformatsiyasi oshadi va zolotnik 2 chapga siljiydi. Ta’minlash havosi(воздух питания)(odatda 6*105Pa) A bo`shliqdan kanal 1 ga va porshen 8ga keladi, u bilan bir vaqtda shtok 6 o`nga siljiydi. Bu vaqtda prujina 7 uzayadi va bu prujina tomonidan membranaga ta’sir qiluvchi kuch oshadi, yani porshen holat vaziyati bo`yicha manfiy teskari aloqa amalga oshadi.
Porshen harakati kirish bosimiga proporsional vaziyatni olmaguncha davom etadi. Kirish bosimi kamayganda havo ta’minlash liniyasi 3 ga tushadi.

2-rasm. Porshenli kuzatuvchi uzatma sxemasi.





Download 15,26 Mb.
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   129




Download 15,26 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbeкiston respubliкasi oliy va o’rta mahsus ta’lim vazirligi andijon mashinasozliк instituti

Download 15,26 Mb.