• PURKOVCHI XOTIRA QURILMALARI.
  • M: PURKOVCHI DIODLAR VA PURKOVCHI XOTIRA QURILMALARI




    Download 15,26 Mb.
    bet94/129
    Sana04.12.2023
    Hajmi15,26 Mb.
    #111081
    1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   129
    Bog'liq
    ATV fanidan O`QUV-USLUBIY MAJMUA 2015

    M: PURKOVCHI DIODLAR VA PURKOVCHI XOTIRA QURILMALARI


    PURKOVCHI DIODLAR.
    Purkovchi diodlar bitta oqim yo`nalishida oqimga katta va qarama-qarshi yo`nalishda esa kichik qarshilikka ega. Ular foydalanilayotgan effektga ko`ra rezistorli va deflektorli tiplarga bo`linishi mumkin.
    Rezistorli purkovchi dodlar sifatida Tesla doidi(1916 yilda taklif qilingan), uyurmali va naychali diodlarni misol qilish mumkin. Tesla diodida oqim chapdan o`ngga harakatlanganda oqimning ayrim qismlari yon kanallarga tarmoqlanib, asosiy oqim zaiflashadi. O`ngda chapga oqim harakatlanganda esa oqimga qarshilik kam bo`ladi. Bunday diodlarda ikkala yo`nalishlardagi qarshiliklar nisbati 20 ga yetadi.
    Uyurmali diodning ko`ndalang kesimi 1b-rasmda ko`rsatilgan. Qachonki oqim markaziy kirish tirqish 2ga kirganda, u katta qarshilikka ega tangеntsial (egri chiziqqa urinma chiziq bo`yicha yo`nalgan) tirqish 1 ga radius yo`nalishida bo`ladi. Agar oqim tangensial tirqish 1 ga kelsa, u holda uyurmali hakarat sodir bo`ladi va oqim tirqish 2 ga spiralsimon harakatlanadi, qurilmaning qarshiligi esa birdaniga oshib ketadi.
    1v-rasmda naychali diodning ko`ndalang kesimi ko`rsatilgan, bu erda 1 – kirish tirqishi va 2 – oqimning o`ngdan chapga harakatida oqim g`alayonini hosil qiluvchi yo`naltiruvchi qirralar.
    Reflektor tipidagi purkovchi diod sifatida uchi konusli kengayishga ega bir o`qda yo`tuvchi trubalardan biridagi turbulent kuchaytirgichning ko`rinishi ishlatilishi mumkin. Qachonki oqim konus korinishiga ega trubkaga kelganga, oqimning turbulizatsiyalanishi va yoyilishi sodir bo`ladi, ozgina qismigina chiqishga beriladi. Agar oqim ikkinchi trubka kirishiga kelsa, u holda oqim laminar bo`ladi va oqimning katta qismi kengaytirilgan trubkaga keladi.

    1-rasm. Purkovchi rezistorli diodlar: a –Tesla diodi; b – uyurmali diod; v – naychali diod.
    PURKOVCHI XOTIRA QURILMALARI.
    Purkovchi signallarni saqlash jarayoni Koand effekti asosida ishlovchi elementlar va oqimini og`ish effektiga asosan ishlovchi elementlar bilan amalga oshiriladi.
    2a- rasmda og`ish effektiga asosan ishlovchi purkovchi xotira qurilmasi ko`rsatilgan. Chiqish signali yo`qolganda ta’minlash kanali 1 dan oqib chiquvchi gaz oqimi dastlab qabul qiluvchi kanal 2ga keladi va unda Pchiq1 bosimini hosil qiladi. Naycha 5 tirqishdan Pkir signali kelganda, asosiy oqimni qabul qiluvchi oqim 3ga buradi. Bu kanalda Pkir signali yo`qolganda saqlanadigan Pchiq2 bosim hosil bo`ladi, chunki musbat teskari aloqa kanali 6 dan oquvchi gaz oqimi asosiy oqimni kanal 3 yo`nalishida ushlab qolishni to`xtatmaydi. Daslabki holadga oqimni qaytarish uchun Pyo`q­(yo`qotish) signali kanal 4 orqali berilishi zarur.



    2-rasm. Purkovchi xotira qurilmasi


    Download 15,26 Mb.
    1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   129




    Download 15,26 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    M: PURKOVCHI DIODLAR VA PURKOVCHI XOTIRA QURILMALARI

    Download 15,26 Mb.