MAVZU: KUCH GIDRODVIGATELLARINING TUZILISHI VA ISHLASHI




Download 15,26 Mb.
bet90/129
Sana04.12.2023
Hajmi15,26 Mb.
#111081
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   129
Bog'liq
ATV fanidan O`QUV-USLUBIY MAJMUA 2015
ISH REJA BETLIGI 2023-2024 @e baza ishreja, 7-sinf MUSIQA ochiq dars, Chirchiq davlat pedagogika universiteti pedagogika fakulteti um-fayllar.org (1), (4 sm) Burchak shtampli list ATJ, Komiljonov, 2-oraliq nazorat AQI(1), “ buxoro vohasi tuproqlarining sho’rlanish holati va ularni oldini
MAVZU: KUCH GIDRODVIGATELLARINING TUZILISHI VA ISHLASHI
Kuch gidrodvigatellari hajmiy gidrouzatma tizimining asosiy qismi bo`lib, silindrda siljitish yo`li bilan suyuqlik potensial energiyasini mexanik energiyaga aylantirish uchun foydalaniladi. Porshen bilan uzatiladigan gidrisilindrlarda energiya manbai hizmatini biror nasos bajaradi. Ilgarilanma-qaytma va aylanma harakatga asoslangan kuch gidrosilindrlari porshen prinsipi bo`yicha ishlaydi va uch turga bo`linadi: bir harakatli; ikki harakatli va burilma harakatli silindrlar. Burilma harakatli silindrlar kvadrantlar ham deb ataladi.
1-rasmda bir harakatli kuch gidrosilindrining sxemasi keltirilgan. Bunda porshenga suyuqlikning bosimi faqat bir tomondan ta’sir qiladi. Porshenning teskari tomonga harakati prujina ta’sirida amalga oshadi.
2-rasmda ikki harakarli kuch gidrosilindrining sxemasi keltirlgan. Bunda suyuqlik porshenga ikki tomondan galma-gal ta’sir qiladi. Porshenning shtok tomonga bir tomonlama harakati vaqtida (silindrning ikkala bo`shlig`ida Ssht=S/2 bo`lganda) suyuqlik bir xil bosim ta’sirida bo`ladi. Porshenning ikkinchi tomonga harakati vaqtida ham bu hol saqlanadi. porshenning silindrning chekka qopqoqlari tomon silliq va zarbsiz yaqinlashuvi uchun 3 va 4 tirqishlarning diametriga mos 1 va 2 bo`rtmalar o`rnatilgan bo`lib, ular aytilgan tirqishlarga kirishda hosil bo`lgan zarba siqib chiqarilayotgan suyuqlik hisobiga dempferlanadi (dеmpfеr -tеbranishni pasaytiruvchi yoki yutuvchi asbob, qurilma). Silindrdagi qolgan suyuqlik 7 va 8 drossellar bilan ta’minlangan 5 va 6 kanallardan chiqib ketadi. Drossellarning o`lchamlari porshenning chekka qopqoqlarga yaqinlashish sharoitiga mos ravishda hisoblangan bo`ladi.
Burilma harakatga asoslangan gidrosilindrlar (kvadrantlar) burilma gidrodvigatellar deb ataladi. 3-rasmda sektor bo`shlig`iga ega bo`lgan burilma harakatli kuch silindrining sxemasi keltirlgan bo`lib, unda suyuqlik kurakning o`ng va chap tomonidan bosim ostida kiritilganda tebranma harakat qiladi. Kurakning burilish burchagi 120o dan oshmaydi.
Parrakning burchak tezligi quyidagicha aniqlanadi:

bu erda Q – suyuqlik sarfi; l =(R+r)/2 – bosim kuchi teng ta’sir etuvchisining yelkasi, S – bir radianga burilishga to`g`ri keladigan so`rish miqdori. Valdagi burovchi moment quyidagicha aniqlanadi:

bunda ∆p – kurakning u yoki bu tonidagi bosimlar farqi. Kvadrantlarda bosim 107 Pa gacha boradi. Burilma harakatni krivoship-shatunli mexanizm yoki tishli reyka va tishli reduktordan oluvchi, ilgarilanma-qaytma harakatlanuvchiporshen yordamida hosil qilish mumkin.
Pnevmatik kuch silindrlari gidrosilindrdan juda kam farq qiladi va aynan bir xil vazifani bajaradi. Bu mexanizmda siqilgan havoning energiyasidan turli moslamalarda foydalaniladi.


1-rasm. Bir harakatli kuch gidrodvigatellari


2-rasm. Ikki harakatli kuch gidrodvigateli.


3-rasm. Burilma gidrodvigateli





Download 15,26 Mb.
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   129




Download 15,26 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



MAVZU: KUCH GIDRODVIGATELLARINING TUZILISHI VA ISHLASHI

Download 15,26 Mb.