|
O’zbeкiston respubliкasi oliy va o’rta mahsus ta’lim vazirligi andijon mashinasozliк instituti
|
bet | 93/129 | Sana | 04.12.2023 | Hajmi | 15,26 Mb. | | #111081 |
Bog'liq ATV fanidan O`QUV-USLUBIY MAJMUA 2015MAVZU: PURKOVCHI TRUBKALAR
Purkovchi trubkali pnevmatik kuchaytirgichlar pnevmatik porshenli ijro mexanizmi bo`shlig`i(ichi)ga yo`nalgan havoning kuchli oqimiga nisbatan datchik orqali hosil bo`lgan uncha katta bo`lmagan kuchaytirishni o`zgartirish uchun mo`ljallangan. Qurilma quvvat bo`yicha kuchaytirish koeffisiyentini sezilarli darajada oshirishi mumkin, agarda purkovchi trubkali kuchaytirgichga misol uchun zololtnik ko`rinishidagi ikkinchi kuchaytirgich kaskadi birlashtirilsa. Bu holatda havoning boshqaruvchi oqimi purkovchi trubka chiqishidan zolotnik plunjerining tegishli kameralariga yo`naladi.
K o`p kaskadli pnevmatik kuchaytirgichlarni qo`llanilishi quvvat va bosim bo`yicha kuchaytirish koeffisientini ko`tarish maqsadi bilan bog`liq, bu holatda kuchaytirish koeffisiyenti alohida kaskadlarning kuchaytirish koeffisiyentlari ko`paytmasiga teng bo`ladi. Purkovchi trubka kuchaytirish koeffisiyentining oshishi ta’minlash bosimi oshishi hisobiga bo`lishi mumkin. Lekin, bu shuningdek datchik orqali oshiriluvchi almashinib kuchayishning oshishiga va aniqlikning kamayishiga olib keladi. Chunki, bu holatda purkash reaksiya kuchi oshadi va trubka podshimniklaridagi ishqalanish momenti ko`tariladi. Kaskadlar sonining oshishi tegishli kuchaytirish koeffisiyentlarini ancha katta oshishiga olib keladi, lekin bunda datchik tomonidan zaruriy kuchaytirish oshmaydi, chunki birinchi kaskad ikkinchisiga qaraganda ancha past bosimni qabul qiladi va x.k. . Kuchaytirish kaskadlari sifatida purkovchi trubkalar va zolotniklardan tashqari konus naycha-qopqoqli va purkovchi kuchaytirgichlar qo`llaniladi. Purkovchi trubka sxemasi quyidagi rasmda keltirlgan.
Rasm. Purkovchi trubka
Purkovchi trubka chiqishida konus naycha 2ga ega bo`lgan trubka 3dan iborat. Trubka yuqori qismida ikkita tayanchga ega uchtalik 5 bilan bog`langan. Tayanchlar: igna 4 va bosim ostida ta’minlovchi havo o`tadigan rostlovchi kovak vint 7. Havoni chiqib ketmasligi uchun vint 7 rezinali halqa 6 bilan zichlashtirilgan. Tayanchlar tufayli trubka vint 7 va igna 4 o`qlariga mos keluvchi o`q atrofida birqancha burchakka erkin buriladi. Trubkaning burilishi datchik tomonidan zona 8 ga qo`yilgan tashqi kuchaytirish hisobiga sodir bo`ladi, bunda odatda qarama-qarshi tomonga beruvchi elementning prujina kuchi ta’sir qiladi. Konus naycha tagida qabul qiluvchi tirqishlarga ega plata 1 joylashgan.
Agarda trubkaga ta’sir qiliuvchi yig`indi kuchaytirish no`lga teng bo`lsa, u holda havo chiqib ketgan konus naycha tirqishi plata 1da joylashgan qabul qiluvchi tirqishlarni qaytadan baravar yopadi. Plata kanallari bilan birlashtirilgan porshenli pnevmouzatma bo`shliqlarida p1 va pˊ1 bosimlar tengligi hosil bo`ladi. Trubkaning uncha katta bo`lmagan burilishida konus naycha tirqishi qabul qiluvchi tirqishlarni bir xilda yopmaydi, uzatma bo`shlig`i(ichidagi) bosimlar har xil bo`ladi. Bosimlar farqi ta’sirida uzatma porsheni harakatga keladi.
Barchasidan ko`ra purkovchi trubkali rostlagich sxemasi shunday qurilganki, porshen tomonidan trubkaga manfiy teskari aloqa kuchaytirishi ta’sir qiladi, shu tufayli porshenning harakati manfiy teskari aloqa kuchaytirishi datchik kuchaytirshiga tenglashgandan so`ng trubkani qaytadan neytral holatga olib keladi.
|
| |