|
MAVZU: PURKOVCHI KUCHAYTIRGICHLAR
|
bet | 92/129 | Sana | 04.12.2023 | Hajmi | 15,26 Mb. | | #111081 |
Bog'liq ATV fanidan O`QUV-USLUBIY MAJMUA 2015MAVZU: PURKOVCHI KUCHAYTIRGICHLAR
Turbulentli kuchaytirgich. Ushbu kuchaytirgich havoning ingichka oqimi ta’sir ko`rsatgandagi laminar oqimning turbulizatsiya effektiga asoslangan. Ta’minlash kanali 1 ning geometrik o`lchamlari undagi ta’minlash laminar oqimning shakllanish shartlaridan tanlangan.
Boshqarish signali yo`qolganda laminar oqim 5 katta masofalarga strukturasi buzilmagan holda tarqaladi va chiqish kanali 2 ga keladi. Chiqish bosimi Pchiq. bunda katta qiymatga ega bo`ladi. 3 va 4 kanallardagi boshqarish signallari Pbosh ning ixtiyoriy biri paydo bo`lganda ta’minlash laminar oqimi va boshqarish oqimining o’zaro ta’sirida ta’minlash oqimi 5 ning shiddatli turbulizatsiyasi sodir bo`ladi.
Buning natijasida chiqish kanali 2 ga keluvchi havo miqdori kamayadi, bunda chiqishdagi havo bosimi (Pchiq=0) va sarfi kamayadi. Boshqarish signali olinganda ta’minlash oqimining laminar strukturasi tiklanadi va chiqish signali dastlabki qiymatigacha oshadi.
Bistabil kuchaytirgich ikkita barqaror holatga ega va shuning uchun bistabil deb nomlanadi.
Kanal 1 ga havo uzatilganda ta’minl;ash oqimi 5 yoki 6 chiqish kanallaridan biriga uzatiladi. Ta’minlash oqimini bir chiqish kanalidan boshqasiga boshqarish kanali yordamida qayta ulash mumkin.
Vaqtning dastlabki momentida ta’minlash oqimmi chiqish kanali 5ga yuboriladi. Ta’minlash oqimi oqib o`tayotganda oqim va kanal 5ning tashqi devori o`rasidagi o`zaro ta’sir bo`shlig`i dagi chiqish kanali tashqi devori yaqinida kichik bosim sohasi hosil bo`ladi. Natijada ta’minlash oqimi chapdagi qayta ulangan vaziyatda barqaror holatda qoladi.
Agar kirish kanali 2ga boshqarish signalini yuborsa, u holda ta’minlash oqimi va kanal 5ning tashqi devori o`rtasidagi past bosim sohasi yo`qoladi. Ta’minlash oqimi o`ngdagi chiqish kanali 6ga ulanadi, bunda oqim va kanal 6 ning tashqi devori o`rtasida past bosimli soha paydo bo`ladi. Oqim kanal 2dagi signal olingandan so`ng o`zining barqaror holatini saqlaydi. Oqimning chiqish kanali 5ga qayta ulanishi boshqarish signalini kirish kanali 7ga uzatilishi bilan amalga oshiriladi.
|
| |