• Gidroakkumulyatorlar.
  • MAVZU: TAQSIMLAGICH QURILMALARI VA GIDROAKKUMULYATORLAR




    Download 15,26 Mb.
    bet91/129
    Sana04.12.2023
    Hajmi15,26 Mb.
    #111081
    1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   129
    Bog'liq
    ATV fanidan O`QUV-USLUBIY MAJMUA 2015
    ISH REJA BETLIGI 2023-2024 @e baza ishreja, 7-sinf MUSIQA ochiq dars, Chirchiq davlat pedagogika universiteti pedagogika fakulteti um-fayllar.org (1), (4 sm) Burchak shtampli list ATJ, Komiljonov, 2-oraliq nazorat AQI(1), “ buxoro vohasi tuproqlarining sho’rlanish holati va ularni oldini
    MAVZU: TAQSIMLAGICH QURILMALARI VA GIDROAKKUMULYATORLAR


    Taqsimlagich qurilmalar. Taqsimlagich qurilmalar gidrouzatmaning asosiy elementlari va qismlari orasidagi suyuqlik oqimlarini taqsimlash va yo`nalishini o`zgartirsh uchun hizmat qiladi. Konstruktiv tuzilishi bo`yicha taqsimlagichlar zolotnikli, kranli va klapanli turlarga ajraladi. Ularning belgilangan holatlariga qarab, ikki va uch hamda ko`p holatli taqsimlagichlar bo`ladi. Hajmiy gidrouzatmalarda eng ko`p qo`llaniladigani zolotnikli taqsimlagichlardir.
    Zolotniklar gidrogidroapparatlarning boshqariluvchi elementi bo`lib, uning yordamida suyuqlikning taqsimlanishi, harakatni reverslash va bir trubadan ikkinchisiga o`tkazish ishlari amalga oshiriladi. Zolotnikning harakatlanuvchi qismi (1-rasm) suyuqlik o`tishi uchun yo`lakchalari bo`lgan plunjer 1 va suyuqlikni kiritish hamda chiqarish uchun teshiklari bo`lgan silindr 2 dan iborat. Gidrouzatma ishlash vaqtida zolotnikning korpusi 2 ga nisbatan plunjer 1 ni siljitish yo`li bilanzolotnikli juftning tegishli ish tuynugi berkitiladi, natijada suyuqlikning yo`nalishi o`zgaradi. Zolotnikni boshqarish qo`lda yoki qulochli mexanizm yordamida yoki elektromagnitva gidravlik usul bilan boshqarilishi mumkin.
    2-rasmda Г-72 tipli gidravlik boshqariluvchi reversivzolotnikning sxemasi keltirlgan. U korpus 1, plunjer 2, sharli klapan 3 va drossel 4 dan tashkil topgan.
    Zolotnikning plunjeri 2 gidrodvigatelning ikki yo`nalishiga tegishli ikkita chekka (o`ng va chap) holatlarni qabul qilishi mumkin. Plunjer 2 ni bir holatdan ikkinchisiga o`tishi plunjerning ikki tomoniga ta’sir qiluvchi bosim p yordamida amalga oshiradi.
    Kranli taqsimlagichlar (3-rasm) tuzilishining soddaligi sababli keng tarqalgan. Ammo ularni burash uchun kattagina moment zarur bo`ladi. Bu momentni kichraytirsh uchun moslamalar qo`llash taqsimlagichning tuzilishinni murakkablasjtirib yuboradi.
    Klapanli taqsimlagichlar kichik sarflarda ishlay olishi, katta bosimlarda ham yaxshi germetiklanganligi, ihchamligi va boshqarishning osonligi bilan zolotniklardan ustunlik qiladi. Shunday qilib, germetiklik hal qiluvchi ahamiyatga ega bo`lmasa va sarf katta bo`lsa, zolotnikli taqsimlagichlardan foydalanish ma’qul. Moy sarfi kichik gidrouzatmalarda, germetiklik muhim bo`lgani uchun klapanli taqsimlagichlar qo`llaniladi.




    Gidroakkumulyatorlar. Gidrouzatmaning yaxshi ishlashi uchun gidrodvigatelning eng katta sarfiga mos nasos yoki gidroakkumulyator tanlash zarur. yuqori unumdorlikka ega bo`lgan nasosni qo`llash qisqa vaqt oralig`ida o`rinli bo`lib, qolgan vaqtda ortiqcha suyuqlik quyish bakiga chiqarib yuborilishi kerak. Agar nasosning so`rishi (sarfi) gidrotizim sarfidan ortiq bo`lsa, suyuqlik bosim ostida gidroakkumulyatorga to`planadi, agar sarf kamaysa, akkumulyator to`plagan suyuqligini tizimga qaytarib beradi. gidroakkumulyatorni qo`llash nasos FIKni oshirish, nasos hosil qilgan bosim pulsatsiyasini yo`qotib, gidrodvigatelning tekis ishlashini ta’minlash uchun zarur. Gidroakkumulyatorlar pnevmatik, yukli va prujinali bo`lishi mumkin. pnevmatik gidroakkumulyatorlar eng ko`p tarqalgan. Nasos ta’minlay olmaydigan yuqori bosim olish uchun gidromultiplikatorlar qo`llaniladi . Katta diametrli silindrga suyuqlik bosim ostida berilganda kichik dimetrli silindrdagi plunjerning harakati natijasida yuzalar nisbatiga teng miqdorda kattalashgan bosim olish mumkin. Bu bosimning nazariy qiymati quyidagicha hisoblanadi:
    P2=P1*(D2/d2)
    bu yerda P1 – katta silindrdagi (nasos hosil qilgan) bosim; D – katta silindr diametri; d – kichik silindr diametri.Multiplikatorlar nasos bilan yuqori bosim hosil qilish kerak bo`lgan qism orasiga o`rnatiladi.



    Download 15,26 Mb.
    1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   129




    Download 15,26 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    MAVZU: TAQSIMLAGICH QURILMALARI VA GIDROAKKUMULYATORLAR

    Download 15,26 Mb.