MAVZU: AVTOMATLASHTIRISHING GIDRAVLIK TEXNIK VOSITALARI




Download 15,26 Mb.
bet87/129
Sana04.12.2023
Hajmi15,26 Mb.
#111081
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   129
Bog'liq
ATV fanidan O`QUV-USLUBIY MAJMUA 2015
ISH REJA BETLIGI 2023-2024 @e baza ishreja, 7-sinf MUSIQA ochiq dars, Chirchiq davlat pedagogika universiteti pedagogika fakulteti um-fayllar.org (1), (4 sm) Burchak shtampli list ATJ, Komiljonov, 2-oraliq nazorat AQI(1), “ buxoro vohasi tuproqlarining sho’rlanish holati va ularni oldini
MAVZU: AVTOMATLASHTIRISHING GIDRAVLIK TEXNIK VOSITALARI.
Reja:

  1. Gidroyuritmaning struktura sxemasi.

  2. Gidroyuritmalarning tavsifi va ishlash tamoyili.

  3. Gidroyuritmaning afzallik va kamchiliklar.

1.Gidroyutmaning struktura sxemasi.
Gidroyuritma gidrodvigatel chiqish qismining harakat tezligini rostlash va yo`nalishini o`zgartirish funksiyasini baravar bajarish bilan bosim ostidagi ishchi suyuqlik vositasida mexanizm va mashinalarni harakatga keltirishga mo`ljallangan qurilmalar majmuyi hisoblanadi.
Gidroyuritmalar ikki tipli bo`ladi: gidrodinamik va hajmiy. Gidrodinamik yuritmalarda asosan suyuqlik oqimining kinetik energiyasi ishlatiladi. Hajmiy gidroyuritmalarda ishchi suyuqlik bosimining potensial energiyasi ishlatiladi.
Hajmiy gidroyuritmalar gidrouzatmadan, boshqarish qurilmalaridan, yordamchi qurilmalar va gidroliniyalardan tarkib topgan (1-rasm).

1-rasm. Hajmiy gidroyuritma struktura sxemasi.


Gidroyuritmaning kuch qismi hisoblangan hajmiy gidrouzatma hajmiy nasos(yetaklovchi dvigatelning mexanik energiyasini ishchi suyuqlik oqimi energiyasiga o`zgartirgich) va hajmiy gidrodvigatel(ishchi suyuqlik oqimi energiyasini chiqish qismining mexanik energiyasiga o`zgartirgich)dan iborat.
Ba’zi hajmiy gidrouzatmalar tarkibiga gidroakkumulyator ham kiradi. Gidroakkumulyator bu gidrodvigatelni ishga tushirish uchun keying safar foydalanish maqsadida bosim ostidagi ishchi suyuqlik energiyasini to`plash uchun mo`ljallangan. Bundan tashqari, hajmiy gidrouzatmalar tarkibiga gidroo`zgartirgichlarni ham kiritish mumkin. Gidroo`zgartirgichlar P bosim va Q sarf qiymatga ega ishchi suyuqlik oqimi energiyasini boshqa P va Q qiymatga ega boshqa oqim energiyasiga o`zgartirib beruvchi hajmiy gidromashinalar hisoblanadi.
Boshqarish qurilmalari oqim yoki boshqa gidroyuritma qurilmalari orqali boshqarish uchun mo`ljallangan. Bunda oqim bilan boshqarishda gidrotizimdagi bosim va sarfni o`zgartirish yoki ma’lum sathda saqlash, shuningdek, ishchi suyuqlik oqimining harakat yo`nalishini o`zgartirish tushiniladi.
Boshqarish qurilmalariga quyidagi quyidagilar kiradi:

  1. Ishchi suyuqlik oqimining harakat yo`nalishini o`zgartirish, gidrodvigatelni ishga tushirishning talab qilingan ketma-ketligini ta’minlash, chiqish qismlarning harakat yo`nalishini o`zgartirish va shu kabilar uchun hizmat qiluvchi gidrotaqsimlagichlar;

  2. Gidrotizimdagi ishchi suyuqlik bosimini rostlash uchun mo`ljallangan bosim rostlagichlari(saqlagichli, reduksion, qayta quyuvchi va boshqa klapanlar);

  3. Ishchi suyuqlik oqimi bilan boshqarish yordamida sarfni rostlagich(oqimlarni bo`lgich va yig`gichlar, oqim drossellari va rostlagichlari, yo`naltiruvchi klapanlar);

  4. Nasoslar, gidrodvigatekllar yoki boshqarish signali quvvatini baravar kuchaytirsh bilan ishchi suyuqlik vositasida boshqarishning boshqa qurilmalar ishlashi orqali boshqarish uchun zaruriy gidravlik kuchaytirgichlar.


Download 15,26 Mb.
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   129




Download 15,26 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



MAVZU: AVTOMATLASHTIRISHING GIDRAVLIK TEXNIK VOSITALARI

Download 15,26 Mb.