MAVZU: PORSHENLI VA PLUNJERLI NASOSLARNING TUZILISHI VA ISHLATILISH SOHALARI




Download 15,26 Mb.
bet86/129
Sana04.12.2023
Hajmi15,26 Mb.
#111081
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   129
Bog'liq
ATV fanidan O`QUV-USLUBIY MAJMUA 2015
ISH REJA BETLIGI 2023-2024 @e baza ishreja, 7-sinf MUSIQA ochiq dars, Chirchiq davlat pedagogika universiteti pedagogika fakulteti um-fayllar.org (1), (4 sm) Burchak shtampli list ATJ, Komiljonov, 2-oraliq nazorat AQI(1), “ buxoro vohasi tuproqlarining sho’rlanish holati va ularni oldini
MAVZU: PORSHENLI VA PLUNJERLI NASOSLARNING TUZILISHI VA ISHLATILISH SOHALARI.
Porshenli nasos qurilmasining eng sodda sxemasi quyidagi rasmda kelltirlgan.

Rasm. Bir harakatli porshenli (plunjerli) nasosning ishlash sxemasi.
Bu nasoslarda suyuqlikning so`rilishi va haydalishi porshen yoki plunjerning silindrda ilgarilanma-qaytma harakatiga asoslangan. Bunda porshen 3 yoki plunjer 3 tarkibidagi shtok 2 bo`lgan krivoship-shatunli mexanizm 1 yordamida harakat qiladi. Porshen (plunjer) silindr ichida qaytma harakat qilganida uning oldidagi ish bo`lmasining hajmiortib, siyraklanish hosil bo`ladi. Bu siyraklanish ma’lum bir chegaraga yetganida ish bo`lmasidagi bosim bilan tirgak klapan 7 ostidagi xrapovikda bo`lgan bosim orasidagi farq so`rish klapani 4 ni ochadi va suyuqlik so`rish trubasi 6 orqali ish bo`lmasiga kiradi. So`rish jarayoni porshen (plunjer) o`zining eng chekka so`rish chegarasiga etguncha davom etadi. Bunda so`rish trubasidagi siyraklanish so`rish klapani oldiga joylashtirilgan vakkummetr yordamida o`lchanadi. Ta’minlovchi idishdagi suyuqlik sathidan nasos silindrining eng yuqori sathigacha bo`lgan balandlik so`rish balandligi (Hc) deyiladi. So`rissh balandligi chegaraviy so`rish balandligi Hkrc dan katta bo`lmasligi kerak.
Porshen (plunjer) ilgarilanma (oldinga) harakat qilganda esa ish bo`lmasidagi bosim ortib, so`rish klapani yopiladi. Bo`lmadagi bosim ortishida davom etib haydashga etarli bosim px ga yetganida haydash klapani ochilib, suyuqlik haydash trubasi 9 ga o`ta boshlaydi. Suyuqlikni haydash porshen eng chekka haydash chegarasiga yetguncha davom etadi.
Nasosni ishga tushirganimizda u avval so`rish trubasidagi havoni tortadi va suyuqlik so`rish trubasiga ko`tariladi. Nasos biroz vaqt ishlagandan so`ng so`rish trubasi va silindrdagi havo haydab chiqarilib, suuqlik silindrni to`ldiradi. Shundan so`ng moslangan tartibda ishlay boshlaydi. Natijada ta’minlovchi idishdagi suyuqlik qabul qiluvchi idishga o`taboshlaydi. Silindrdagi yuqori sath bilan suyuqlik ko`tarilgan eng yuqori sathlarning farqi haydash balandligi (Hx) deyiladi. So`rish balandligi bilan haydash balandligining yig`indisi Hct=Hc + Hx nasosning tortish balandligi yoki to`liq static bosimdan iboratdir.
Yuqorida aytganimizdek porshenli nasoslar yuqori bosim kerak bo`lgandagina ishlatiladi. Amalda, ko`p hollarda, porshenli nasoslar markazdan qoshma nasoslarni siqib chiqaradi. Hajmiy gidrouzatmalar tarkibida ishlayotgan nasoslar asosan porshenli nasoslar turiga kiradi. Bu aytilganlardan tashqari porshenli nasoslarning yana bir ustunligi foydali ish koeffisiyentining yuqoriligidir.
Porshenli nasoslarning markazdan qochma nasoslardan yana bir farqi shundaki, uning so`rishini haydash trubasiga o`rnatilgan berkitkich yordamida o`zgartirb bo`lmaydi. Lekin haydash trubasining kesimi kichrayib borishi bilan tezlik ortib boradi va berkitkich oldida bosim ortib boradi. Agar berkitkich butunlay bekitib qo`yilsa, bosim juda kattalashib ketishi natijasida yo nasos buziladi, yoki truba yoriladi, yo bo`lmasa zo`riqishning ortib ketishi natijasida dvigatel to`xtab qoladi. Shuning uchun porshenli nasoslardan yuqori boismda o`zgarmas so`rish zarur hollarda foydalaniladi.
Porshenli nasoslarning markazdan qochma nasoslarga taqqoslangandagi asosiy kamchiligi ularning kattaligi, qimmatga tushishi, ishlatishning murakkabligidir. Bu nasoslarga markazdan qochma nasoslarga qaraganda ko`proq turish va diqqat talab qilinadi. Chunki porshenli nasoslarning klapanlari tez-tez ifloslanib turadi. Ifloslanish nasosning boshqa qismlarida ham bo`ladi.

Download 15,26 Mb.
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   129




Download 15,26 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



MAVZU: PORSHENLI VA PLUNJERLI NASOSLARNING TUZILISHI VA ISHLATILISH SOHALARI

Download 15,26 Mb.