O‘zbеkistоn rеspublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi buхоrо davlat univеrsitеti




Download 3,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/114
Sana25.11.2023
Hajmi3,83 Mb.
#105372
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   114
Bog'liq
14415 2 6BCAAD1C053929B1EB564DE24E4C5A9C7D2724A7

1.2-chizma. Konsentrasiyalangan impulsli nur bilan chigitni nurlovchi qurilma 
(IKSO) sxemasi. 1 – ikkilamchi nur qaytargichlar, 2 – ksenon lampa, 3 – 
ellipsosilindrik konsentrator, 4,7 – chigit uchun idishlar, 5 – transportip tasmasi, 6 – 
nurlaantiruvchi chigitlar, MN – fokal tekislik 
Konsentrasiyalangan Quyosh nurini impulslovchi qurilma – asosan, quyosh 
nurini to‘plovchi parabola-silindr metall ko‘zgudan iborat bo‘lib, uning fokusiga 
metall to‘r bilan o‘ralgan silindr shaklidagi baraban joylashtirilgan. Baraban to‘siq 
bilan ikki bo‘limga ajratilgan bo‘lib, u elektr motorcha yordamida aylanma harakatga 
keltiriladi (1.2-chizma). Natijada to‘siqning bir tomonidagi urug‘lar 40 marta 
konsentrasiyalangan quyosh nuri bilan nurlantirilganda, silindr ikkinchi yarmidagi 
urug‘lar soyada bo‘ladi. Baraban aylanishi natijasida urug‘lar yaxshi aralashib, bir 
me’yorda impulsli nurlantirish bilan birga qizib ham ketmaydi. Buning natijasida 
qishloq xo‘jalik mahsulotlari mahsuldorligining yuqori bo‘lishi kuzatilgan. 
Aholini yil davomida quritilgan meva mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirish 
uchun zamonaviy quritish texnologiyalarini ishlab chiqish, shuningdek, samaradorligi 
yuqori bo‘lgan Quyosh quritgichlarining yangi konstruksiyalarini yaratish va ularni 
ishlab chiqarishga joriy qilish hozirgi vaqtda dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.


26 
 
1.3-chizma. Infraqizil nurlar hisobiga ishlaydigan quyosh quritgichining tuzilishi: 
1-shaffof sirt, 2-qoraga bo‘yalgan tunuka, 3-quti, 4-quritiladigan mevalar, 5-qutining 
tubi, 6-havo almashish teshiklari 
Ma’lumki, respublikamizda yetishtiriladigan meva va sabzavotlarning isrofi 20-
30%ni tashkil qiladi. Buning sababi 

mahsulotlarni saqlash va qayta ishlashning 
yuqori darajada rivojlanmaganligida, shuningdek, xo‘jaliklarda mavjud quritish 
uslubi, mahsulotning sifati past bo‘lgan, quyosh, (tabiiy) havo usulida quritishga 
asoslanganligidir.
Shuning uchun quyosh nuri energiyasidan foydalanib, qishloq xo‘jalik 
mahsulotlari (meva, sabzavot, tamaki, pilla, teri)ni hamda taxta, yog‘och kabi ayrim 
qurilish materiallari (temir-beton, keramika)ni quritish masalalari bo‘yicha bir qator 
izlanishlar olib borilgan. 
1932 - yilda Samarqandda ilk marta Quyosh meva quritish qurilmasi ishga 
tushirilgan. Bu qurilma meva quritishni ochiq havodagi quritishga nisbatan bir necha 
marta tez quritganidan tashqari, mahsulot sifati yuqori bo‘lishini ko‘rsatib bergan (1.3-
chizma). Parnik tipidagi quyosh meva quritish qurilmasi 1936 - yilda Yangiyo‘l 
shahrida qurilgan. Hozirgi vaqtda quyosh meva quritgichlarining takomillashgan, 
avtomatlashtirilgan variantlari yaratilgan. 

Download 3,83 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   114




Download 3,83 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbеkistоn rеspublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi buхоrо davlat univеrsitеti

Download 3,83 Mb.
Pdf ko'rish