3
So‘z boshi
O‘zbekistonning iqtisodiy rivojlanishi, bozor munosabatlariga o‘tish
– agrosanoat
tarmoqlarida energetik resurslarini tejaydigan kompleks texnologiyalarni qo‘llash va
ularni ilmiy asoslarini yaratish bilan aniqlanadi.
Sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport va barcha ishlab
chiqarish jarayonlarida
yoqilg‘i issiqligi va elektr energiyasidan foydalaniladi. Mexanik va elektr energiyasi,
asosan, har xil yoqilg‘ilarni yoqish hisobiga, suv energiyasidan, atom yadro
energiyasidan olinadi. Yoq’ilgi manbalaridan tejab foydalanish mexanik energiyani,
binobarin, elektr energiyasi olish narxini kamaytirishga intilish, uzluksiz tiklanuvchi
energiya manbayi bo‘lgan muqobil energiya manbalaridan foydalanishga olib keladi.
Hozirgi
vaqtda olinadigan energiya, asosan, qayta tiklanmaydigan energiya
manbalari hisobiga olinadi. Bugungi kunda tabiiy yoq’ilg‘i ishlatish miqdori dunyo
bo‘yicha 12 milliard tonna neft ekvivalentiga teng. Bu esa har bir kishiga taxminan 2
tonna yoqilg‘i to‘g‘ri keladi, deganidir. Ma’lumotlarga qaraganda, so‘nggi 40 yil
davomida butun insoniyat tarixi mobaynida qazib olingan organik yoqilg‘idan ham
ko‘p yoqilg‘i iste’mol uchun o‘zlashtirilgan. Bu esa ular
zahirasining tez kamayib
ketishiga sabab bo‘lmoqda. 2050-yilga borib aholi sonining 9-10 milliard kishiga
yetishi energiyaga bo‘lgan ehtiyojning 3 baravar ortishiga olib keladi.
Yuqoridagilardan shuni aytish mumkinki, mavjud energiya manbalaridan oqilona
foydalanish maqsadida energetika tizimida muqobil
energiya manbalari ulushini
oshirishni talab etilmoqda.
O‘zbеkistоn Rеspublikasi Prеzidеntining 2013-yil 1-martdagi PF-4512 raqamli
«Muqobil energiya manbalarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi
farmonida «Quyosh energiyasidan amalda foydalanish uchun O‘zbekistonda yaratilgan
shart-sharoit va mavjud imkoniyatlar mazkur mintaqadan bu sohadagi ilg‘or
texnologiyalarni nafaqat respublikamizda, balki butun O‘rta Osiyoda tajriba tariqasida
joriy etish maydoni sifatida foydalanishga asos bo‘lib xizmat qiladi», – degan fikr bilan
birga, muqobil energiya manbalari – quyosh, shamol va biogazdan foydalanish
bo‘yicha respublikamizda yetarlicha ilmiy-texnik salohiyat va tajribalar mavjudligi
4
ta’kidlab o‘tilgan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 26
maydagi PQ-3012-son “2017-2021 yillarda qayta
tiklanuvchi energetikani
rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya samaradorligini
oshirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida”gi Qarori hamda O‘zbekiston
Respublikasining 2019 yil 25 maydagi O‘RQ-539 “Qayta tiklanuvchi energiya
manbalari”ga oid Qonunda xalq xo‘jaligining turli tarmoqlarida
muqobil energiya
manbalaridan foydalanishga doir qator vazifalar belgilangan.
Shuni alоhida ta’kidlash lоzimki, muqobil energiya
manbalaridan fоydalanish
ko‘lamining kеngligi va davоmiyligi jihatidan O‘zbеkistоn eng qulay mintaqa
hisоblanadi. Sеrquyosh o‘lkamizda birgina quyosh enеrgiyasi salоhiyati 95 mlrd. tоnna
shartli yoqilg‘iga tеng. Respublikamizda quyosh enеrgiyasining tехnikaviy salоhiyati
yеtarlicha o‘zlashtirilsa, barcha turdagi enеrgiyaga bo‘lgan yillik ehtiyoj 4 barоbar
оrtig‘i bilan qоplanadi. Bu esa, o‘z navbatida, mamlakat enеrgiya zahirasini bоyitish
bilan birga qazib оlinayotgan enеrgiya rеsurslarini ekspоrt qilish uchun ham kеng
imkоniyatlar оchiladi, dеganidir.
Ayni paytda dunyoning 80 ga yaqin mamlakatlarida muqobil energiya
manbalaridan foydalanish dasturlari asosida ilmiy-tadqiqotlar olib borilmoqda.
Quyosh qurilmalaridan binolarni isitish va sovutish, chuchuk suv olish, elektr
energiyasi hosil qilish hamda turli texnologik jarayonlarni
amalga oshirishda
qo‘llanilmoqda. Mamlakatimiz janubidagi viloyatlarda bir yillik quyoshli kunlar 280-
300 kunni tashkil qiladi. Yoz kunlarida o‘rtacha harorat 44-45
о
C ni tashkil qiladi.
Bunday beminnat quyosh energiyasidan xalq xo‘jaligida foydalanish dolzarb
hisoblanadi.
Mazkur o‘quv qo‘llanma boshlang‘ich professional ta’limning 3510606-
elektromontajchi-sxemachi va 3510607-elektrik yo‘nalishi o‘quv rejasidagi “Muqobil
energiya manbalari” fanidan ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarini olib borishda
foydalanish uchun mo‘ljallangan.