O‘zbеkistоn rеspublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi buхоrо davlat univеrsitеti




Download 3,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/114
Sana25.11.2023
Hajmi3,83 Mb.
#105372
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   114
Bog'liq
14415 2 6BCAAD1C053929B1EB564DE24E4C5A9C7D2724A7

Suv energiyasi (gidroenergiya) – tog‘larda yomg‘ir yog‘sa yoki muz va qor 
erisa, suvi pastga qarab buloq, jilg‘a, suv o‘zanlaridan oqadi, yuqoridan pastga daryo 
hosil qilib, dengiz va okeanga qo‘shilib ketadi yoki sahrolarda singib yo‘qoladi. 
Odamlar oqar suv va tepadan tushayotgan suv energiyasini o‘zlari uchun mexanik yoki 
elektr energiyasi sifatida ishlatganlar.
Qadimda donni yanchish va un olish uchun yoki yerlarni sug‘orish uchun odamlar 
suv tegirmon toshiga bog‘langan yog‘och g‘ildiraklarni aylantirishdan foydalanganlar.
Bugun suv energiyasi, katta va kichik gidroelektrostansiya (GES) turbinalarini 
aylantirib, to‘liq elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun foydalanilmoqda.
Gidroelektrostansiyaning ishlash jarayoni quyidagicha: daryolarda ma’lum bir 
suv sathlari hosil qila olinadigan, ensiz joyda to‘g‘on quriladi. Natijada suv sathi 
ko‘tariladi, demak, potensial energiyasi ham oshadi.
Ko‘tarilgan suv maxsus quvur (kanal)lar orqali turbinalarga yuboriladi va 
tushayotgan suv energiyasi hisobiga turbina o‘qi aylanma harakat qiladi. Turbina 
o‘qiga generator o‘rnatilgan bo‘lib, o‘q aylanishi bilan generator elektr toki ishlab 
chiqara boshlaydi. Ishlab chiqilgan elektr energiyasi maxsus transformatorlar 
yordamida kuchaytirilib, simlar orqali iste’molchilarga yuboriladi. Turbinalardan 
o‘tgan suv esa pastki kanal orqali oqib ketadi.
Gidroelektrstansiyalarning quvvati (
N
) quyidagi formula orqali ifodalanadi: 
t
mgh
N

bu yerda 
h
– suv sathining balandligi (suv bosimi), 
t
m
– vaqt birligi ichidagi 
suv sarfi, 
2
/
8
,
9
s
m
g


Yaqin kelajakning dolzarb masalasi kichik quvvatli GES inshootlarini qurishdir.
Mamlakatimiz hududida tog‘li tumanlarda joylashgan aholi hududlarida kichik suv 
oqimlari mavjud. Bu kichik suv oqimlariga 10 dan 1000 kW quvvatli kichik 
elektrostansiyalari qurish uzoq tuman va qishloqlar aholisini zarur miqdorda elektr 
energiyasi bilan ta’minlashga imkon beradi.  


17 
O‘zbekistonda o‘rnatilgan elektrostansiyalarning quvvati 12,4 mln. kW, shundan 
12 
mln. 
kWini 
«O‘zbekenergo» kompaniyasining 39 ta issiqlik va 
gidroelektrstansiyalari tashkil etadi. Hosil qilingan elektr energiyaning asosiy 90 
foizga yaqin 10,6 mln. kWini kompaniyaning 10 ta issiqlik elektrostansiyalari, 1,4 mln. 
kW ini 29 ta gidroelektrostansiya (GES)lar ishlab chiqaradi.

Download 3,83 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   114




Download 3,83 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbеkistоn rеspublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi buхоrо davlat univеrsitеti

Download 3,83 Mb.
Pdf ko'rish