12
ko‘paygan va 200 ming tonnaga yaqinni tashkil etgan.
Mamlakatimizda ishlab chiqilayotgan tabiiy gaz Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston,
Qirg‘iziston va Tojikistonga eksport qilinadi. O‘zbekistonda yillik tabiiy gaz iste’moli
ko‘zda tutilgan 2022-yilga qadar 32 mlrd. m
3
gacha energiya tejamkorligiga erishish
dasturi ishlab chiqilgan.
Neft va gaz kondensati.
O‘zbekistonning asosiy neft qazib olish zahirasi 82 mln.
t. deb hisoblangan. Ko‘pgina neft zahiralari Buxoro-Xorazm hududlarida joylashgan,
Ko‘kdumaloq koni birga joylashgan bo‘lib, u 75-80 foiz neft ishlab chiqarishni
ta’minlaydi. Neft konlari, shuningdek, Farg‘ona vodiysi hududida, Ustyurt va Orol
dengizi atroflarida mavjud.
Ma’lumotlarga ko‘ra, neft ta’minoti zahirasi juda ham katta emas, cheklangan.
Lekin, neft ta’minotini ko‘paytirishga imkon yaratayotgan ko‘p yangi suyuq
uglevodorod konlari, aynan rentabelligi pastligi uchun uni qazib chiqarish
barqarorligini ta’minlamaydi.
Tabiiy gaz singari, neft ham, kelgusiga suyuq uglevodorod zahirasi ta’minotini
ko‘paytirish uchun zarur hisoblanadi. Shu munosabat bilan 2004-yil «2005–2020-yillar
uchun neft va gaz ishlari geologiya qidiruv strategik Dasturi» qabul qilingan, unda neft
ta’minoti zahirasini ko‘paytirishni 70,0 mln. t.ga va gaz kondensatini 66 mln.t.ga
yetkazish maqsad qilib olingan. Buning uchun Buxoro–Xorazm, Qoraqalpog‘iston
respublikasi, Farg‘ona vodiysi, Qashqadaryo hududlarida asosiy neft zahirasini
ko‘paytirish (44 foiz) amalga oshiriladi.
Ko‘mir. Toshko‘mir konlari zahirasi janubiy hududlarda, ya’ni Surxondaryo va
Qashqadaryo viloyatlarida joylashgan. Hozirgi paytda ko‘mir qazib olish ishlari
Angren, Shorg‘un va Boysun konlarida olib borilmoqda.
Qazib olinayotgan ko‘mir, asosan, mamlakat ichida ishlatiladi, faqat oz miqdorda
Afg‘onistonga eksport qilinadi. Ko‘mir yoqilg‘isining asosiy iste’molchisi
elektroenergetika sektori hisoblanadi. Uning hisobiga 90 foiz umumiy iste’mol
qilinayotgan ko‘mir va 100 foiz yer osti gazi to‘g‘ri keladi.