• 3. Energiyadan oqilona foydalanishda muqobil energiya manbalarining ahamiyati
  • O‘zbеkistоn rеspublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi buхоrо davlat univеrsitеti




    Download 3,83 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet7/114
    Sana25.11.2023
    Hajmi3,83 Mb.
    #105372
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   114
    Bog'liq
    14415 2 6BCAAD1C053929B1EB564DE24E4C5A9C7D2724A7

    Atom energetikasi. Mutaxassislarning fikricha, energiyaning aynan shu manbasi 
    mamlakatning energetik xavfsizligini ta’minlash nuqtayi nazaridan eng istiqbolli 


    13 
    hisoblanadi. Bugungi kunda dunyoning 30 ta mamlakatida 440 yadro reaktorlari ishlab 
    turibdi, shuningdek, yangi reaktorlarni qurish ustida ishlar olib borilmoqda. AQSh 
    energiya vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, uning Atom elektr stansiya (AES)lari 
    dunyo elektr energiyasining 16 foizini ishlab chiqarar ekan. Atom elektr stansiyalarini 
    qurish uchun katta mablag‘ talab qilinadi, lekun ularda olinadigan elektr energiyaning 
    narxi isiqlik stansiyalariga nisbatan past.
    Bu atom energetikasini rivojlantirish bir qator texnikaviy to‘siq va siyosiy 
    noqulayliklarni keltirib chiqaradi. Shuning uchun bu kabi loyihalarni O‘zbekistonda 
    faqat uzoq muddatga mo‘ljallangan kelajakda amalga oshirish mumkin.
     Uran. O‘zbekiston hududida 1950-yildan boshlab 30 ga yaqin uran konlari 
    topilgan. Qazib olingan uranning bir qismi tijorat maqsadida keng miqyosda 
    foydalanib kelinmoqda. Navoiy viloyatining Uchquduq tumani hududida ochiq va 
    yopiq kesimdagi konlardan qazib olingan. Hisoblashlarga ko‘ra asoslangan uran 
    zahiralari 65 ming tonna atrofida.
    Asosiy uran ishlab chiqaruvchi – Navoiy tog‘-kon kombinati hisoblanadi. Uning 
    nominal ishlab chiqarish quvvati yiliga 3 ming tonnani yoki hozirgi dunyodagi ishlab 
    chiqarishning qariyb 7 foizini tashkil etadi. O‘zbekiston dunyo mamlakatlari ichida 
    uran zahirasi bo‘yicha birinchi o‘nlikka kiradi.
    3. Energiyadan oqilona foydalanishda muqobil
    energiya manbalarining ahamiyati 
     
    O‘zbekistonda muqobil energetiya sohasidagi davlat siyosatida sohani rivojlantirish 
    nazarda tutilgan va shu bilan birga rivojlanayotgan qator mamlakatlarning muqobil 
    energiyadan foydalanishdagi rivojlanish tajribasi va ularning miqyosi hisobga olingan. Bu 
    esa shuni ko‘rsatdiki, muqobil energiya manbalaridan foydalanish sohasida aniq maqsad 
    va vazifalarni belgilash hamda buning davlat tomonidan qo‘llab - quvvatlanishi – qayta 
    tiklanadigan energiyaning an’anaviy energiya ishlab chiqarish texnologiyasiga nisbatan 
    raqobatbardosh bo‘lishiga zamin bo‘ladi.
    Muqobil energiya manbalari qurilmalaridan foydalanishga bir qadar salmoqli 
    mablag‘ sarflansa-da, ular iqtisodiy jihatdan o‘zini oqlaydi. An’anaviy yoqilg‘i bilan 


    14 
    ishlaydigan energetika tufayli havoga chiqayotgan oltingugurt, azot, uglerod oksidlari 
    uzoq masofaga tarqaladi. Bundan tashqari, ular yomg‘ir suvlari bilan qo‘shilib, kislota 
    birikmalariga aylanadi hamda yomg‘ir tarkibida yerga tushib, o‘simliklarga, tuproqqa 
    salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Atrof-muhitda bunday kislotalarning ko‘payishi oqibatida
    og‘ir metallar oziq-ovqatlarga va shu mahsulotlar orqali inson organizmiga kelib 
    tushadi. Demak, bunda bir zarar ikkinchisini ham o‘ziga ergashtirib keladi.
    Muqobil energiya – yer biosferasida to‘xtovsiz qayta tiklanadigan va insoniyat 
    miqyosida tuganmas hisoblanadi. Ular – quyosh energiyasi, shamol, okean, daryo, yer 
    osti konlari, bioenergiyadir. Muqobil energiyaning asosiy foydali tomoni – 
    tuganmasligi va ekologik sofligidir. Undan foydalanish sayyoraning energiya 
    muvozanatini o‘zgartirmaydi, ya’ni tabiat jarayonlariga ta’sir etmaydi. Bu sifatlari 
    qayta tiklanadigan energetika muammosini nafaqat respublikamizda, balki chet 
    davlatlarda ham qiziqish uyg‘otish uchun omildir.

    Download 3,83 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   114




    Download 3,83 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbеkistоn rеspublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi buхоrо davlat univеrsitеti

    Download 3,83 Mb.
    Pdf ko'rish