Quyosh energiyasi. O‘zbekistonda quyosh energiyasi imkoniyati hammasidan
ko‘ra ko‘proq. Yalpi quyosh energiyasining imkoniyati o‘rtacha 51 mlrd. t. n. e, texnik
imkoniyati esa – 177 mln.t.n.e.. Bunda quyosh energiyasi butun mamlakat hududi
bo‘ylab barchaga baravar bo‘lib, uni energetika balansiga jalb etish, aholini elektr va
issiqlik energiyasi bilan ta’minlash masalasining, yechimini topish (ayniqsa, chekka
joylarda) imkonini beradi.
Quyosh – Yerga eng yaqin yulduz, usiz bizning sayyoramizda hayot bo‘lishi
mumkin emas. Kishilar o‘zining hayotida quyosh energiyasidan ehtiyojlar uchun u
yoku bu usul bilan bu haqida o‘ylab ham o‘tirmay, foydalaniladilar. Masalan, hovliga
kir yoysak, quyoshdan kelayotgan issiqlik energiyasi tufayli kiyimlarimiz quriydi.
O‘zbekiston quyosh energiyasidan foydalanishda katta salohiyatga ega.
Mamlakatimiz iqlim sharoitlari quyosh energiyasidan foydalanish uchun juda qulay.
O‘zR FA «Fizika - Quyosh» ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi (IICHB) Fizika -texnika
ilmiy (FTI) tekshirish instituti mutaxassislarining hisob-kitoblariga ko‘ra, O‘zbekiston
hududiga tushadigan quyosh energiyasining miqdori, o‘rtacha hisob bilan aytganda,
mamlakatda boshqa manbalardan olinadigan energiyadan to‘rt baravar ko‘p ekan. Shu
bilan birga, O‘zbekiston kristalli kremniy olish uchun xom ashyo zahiralariga ham ega.
15
Uning asosida butun dunyoda 90 foiz fotoelektrik modullar ishlab chiqariladi. Kremniy
konlari Jizzax va Samarqand viloyatlarida mavjud. Navoiy, Jizzax va Angren erkin
indistriual hududlarida texnik kremniy ishlab chiqaradigan zavodlarni ishga tushirish
ustida ishlar olib borilmoqda. Ushbu resurs zahirasi quyosh energetikasi sohasida
muhim jamlovchi mahalliy ishlab chiqarishni tashkil qilish uchun imkon yaratadi.
Shamol energiyasi. Bugungi kunda mazkur muqobil energiya quvvatini ishlab
chiqarish G‘arbiy Yevropada ancha ommalashgan. Sababi, buning uchun tabiiy shart-
sharoitlar mos bo‘lishi barobarida ushbu turdagi energiyaga talab ham ortib bormoqda.
Zamonaviy shamol elektrostansiya (ShES)lar 3–4 m/s dan 25m/s gacha bo‘lgan
tezlikdagi shamol muhiti relefiga nisbatan baland bo‘lmagan joylarda optimal ishlaydi.
Shunday hududiy imkoniyatlarga ega bo‘lgan Germaniya hozirgi vaqtda shamol
energiyasidan foydalanish bo‘yicha jahonda yetakchilik qilmoqda. O‘zbekistonda
shamol energiyasidan foydalanish hududlariga Bekobod, Qo‘qon, Jizzax, Ustyurtlarni
kiritish mumkin.
Ushbu muqobil energiya iqtisodiy va ekologik nuqtayi nazardan bir qator
afzalliklarga ega. Masalan, ShESni qurish boshqa energiya manbalariga nisbatan arzon
va qulay. Ishlab chiqarilayotgan energiya tannarxining asosiy qismini ShESni qurishga
sarflangan dastlabki xarajatlar tashkil etadi. Bundan tashqari, stansiya minorasining
asosi, odatda, to‘laligicha yer ostida bo‘lgani uchun, unga yaqin yerlarda ham qishloq
xo‘jalik ekinlarini ekish imkoniyati saqlab qolinadi. Oddiyroq qilib aytganda, bunday
qurilmalar uchun ajratilgan hududlar dehqonchilikka salbiy ta’sir qilmaydi.
Shuningdek, ular hech qanday yoqilg‘i talab etmaydi. Masalan, 1
MW
quvvatli ShES
20 yil davomida taxminan 29 ming tonna ko‘mir yoki 92 ming barrel neftni tejaydi.
Yana bir jihati, shamol elektr stansiyalari boshqa energiya ishlab chiqaruvchilardan
farqli ravishda atrof-muhitni zararli chiqindilar bilan ifloslantirmaydi. Aytaylik, 1
MW
quvvatli qurilma sayyoramiz atmosferasiga har yili chiqarilayotgan karbonat
angidrid (СО
2
) gazini 1800 tonnaga, sulfat oksidi (SО
2
) gazini 9 tonnaga, azot
oksidlarini esa 4 tonnaga qisqartiradi. «Global Wind Energy Council» tashkilotining
hisob-kitoblari ham shunga monand: 2050-yilga borib jahon shamol energetikasidan
foydalanish tufayli atmosferaga chiqarilayotgan СО
2
gazining yillik hajmi 1,5 milliard
16
tonnaga kamayadi. Eng muhimi, shamol tabiatan bitmas-tuganmasdir.
|