|
Dengiz suvining ko‘tarilish va qaytish energiyasiBog'liq 14415 2 6BCAAD1C053929B1EB564DE24E4C5A9C7D2724A7Dengiz suvining ko‘tarilish va qaytish energiyasi – dengiz suvining ko‘tarilish
va qaytishi Oy va Quyoshning gravitatsiyasi hamda Yerning aylanishi tufayli hosil
bo‘ladi. Qirg‘oq atrofida to‘lqin darajasi 12 metrgacha ko‘tarilishi mumkin. Ko‘tarilish
va qaytish energiyasidan, elektr energiyasi ishlab chiqaradigan generator uchun
foydalanilishi mumkin. Shu bilan birga bu qayta tiklanadigan muqobil energiya
manbasi o‘ziga xos sharoit talab etadi va hozircha keng masshtabda ommalashmagan.
Bugungi kunda iqtisodiy foydali elektr energiya ishlab chiqaradigan 20 ga yaqin
joylarda 3 metrdan kam bo‘lmagan qulay va yaxshi darajadagi to‘lqinlar mavjud. Hozir
dengiz suvining ko‘tarilish va qaytishini elektr energiyasiga aylantiruvchi
texnologiyalar ishlab chiqilgan.
Dengiz to‘lqin energiyasi – dengiz va okean yuzasida esadigan shamol tufayli
hosil bo‘ladigan to‘qindan paydo bo‘ladi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, dunyodagi
okeanlarning qirg‘ogidagi to‘lqinlar energiyasining jami 2 dan 3 milliongacha
megavatt energiyani tashkil etadi.
Bu to‘lqin energiyasidan foydali ishlarda, jumladan, suvni chuchuklashtirish va
rezervuarlarni suv bilan to‘ldirishda foydalanish mumkin. To‘lqin energiyasi qayta
tiklanadigan energiya manbayidir. To‘lqin energiyasidan elektr energiyasi olish hozirgi
paytda ommalashmagan, chunki bu sohada faqat sinov izlanishlar olib borilmoqda.
Agar iqlim va ob-havo sharoitlardagi o‘ziga xoslik e’tiborga olinsa,
mamlaktimizda qayta tiklanadigan energiya manbalari imkoniyatlari yetarlicha. Qayta
tiklanadigan energiya manbalari (elektr, tabiiy gaz, issiq suv) uzoqda joylashgan suv
bilan ta’minlanmagan, shuningdek, elektr energiyasi, issiqlik va ichimlik suvi bilan
bog‘liq bo‘lgan mavsumiy ishlar yoki ekspeditsiyadagi odamlar uchun hal qiluvchi
ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekistonda 60 foizdan ko‘proq aholi qishloq joylarida yashaydi. Shuning
uchun mamlakatimizda hozirgi paytda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan
foydalanish dasturlariga e’tibor kuchaygan.
|
| |