• Biomassa
  • O‘zbеkistоn rеspublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi buхоrо davlat univеrsitеti




    Download 3,83 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet10/114
    Sana25.11.2023
    Hajmi3,83 Mb.
    #105372
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   114
    Bog'liq
    14415 2 6BCAAD1C053929B1EB564DE24E4C5A9C7D2724A7

    Geotermal energiya – Yer yuzasi Quyosh singari issiqlik energiyasini 
    nurlantiradi. Bu energiya geotermal energiya deb atalib, u odamlarni ehtiyojini issiqlik 
    va elektr energiyasi bilan ta’minlashi mumkin. Uni ishlab chiqarish atrof-muhitni 
    ifloslantirmaydi, ya’ni ekologik toza hisoblanadi.
    Yer ostidagi issiq suv, issiq havo yoki bug‘larning geotermal energiyalaridan, 
    hozirgi texnologiyalar asosida elektr energiyasi ishlab chiqarish va xonani isitish, 
    qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish (issiqxonalarda) maqsadida foydalanish 
    mumkin. 
    Geotermal energiya yerda yonuvchi gazlar va kosmik changlar aralashishi 
    natijasida 4 milliard yil avval paydo bo‘lgan. Yer yadrosinining 6,5 ming kilometr 
    atrofidagi chuqurligida harorat 5000 gradusgacha ko‘tarilishi mumkin.
    Qadimda odamlar yer ostidan otilib chiqqan qaynoq va issiq suv manbalaridan 
    foydalanganlar. Vaqt o‘tishi bilan bu shifobaxsh suvlardan boshqa maqsadda ham 
    foydalana boshlashgan. Qadimgi rimliklar Pompey shahrida geotermal suv yordamida 
    o‘z binolarini isitish tizimini yaratishgan. Amerikalik hindular esa deyarli 10000 yil 
    avval issiq suv manbalaridan ovqat pishirish uchun foydalanganlar. O‘zbekiston 
    hududida ham geotermal suvlardan foydalanish imkoniyatlari juda katta. 
    Biomassa – chiqindini achitish va undan hosil bo‘lgan gazni yoqish natijasida 
    olinadigan energiyadir. Amalda esa biomassa bu chiqindi. Qurigan daraxt yoki 
    ularning shox-shabbasi, tomorqadan poliz o‘simliklarining ildizpoyalari, yog‘och 
    qobig‘i va qirindilari kabilardir. Bunday chiqindilar tarkibi chorva fermalarida ozuqa 
    va to‘shama sifatida ishlatiladigan somon hamdir. Ko‘proq miqdorda qishloq xo‘jaligi 
    ekinlari: don, paxta, makkajo‘xori va boshqa ekinlar chiqindilari ham biomassa 
    bo‘lishi mumkin. Odatda uyimizdan chiqqan, maishiy chiqindilar chiqindixonaga 
    chiqarilib, ko‘mib tashlanadi. Maishiy chiqindi ham biomassaning bir turi, undan ham 


    18 
    bioyoqilg‘i ishlab chiqarishda foydalanish mumkin.
    Biomassadan foydalanish juda oddiy. Maxsus pechlar yoqilib, qozonlarda suv 
    isitiladi va bug‘ga aylantirilib, elektr energiyasi olish uchun turbinalarni aylantiradi. 
    Biomassa energiyasi – biomassani chiqitga chiqarish, biogaz olish va foydalanish 
    energetikaning istiqbolli yo‘nalishi hisoblanadi. Biomassa manbalariga qattiq maishiy, 
    sanoat chiqindilari, shaharning loyqa va oqava suvlari, chorvachilik chiqindilari, 
    o‘simlik qoldiqlari, o‘rmon mahsulotlari, xususan, yog‘och tayyorlash va jo‘natishda 
    ishlab chiqarishdagi, yog‘och, qog‘oz massalari va boshqa chiqindilar kiradi.
    Mutaxassislarning hisob-kitobiga ko‘ra, biomassadan olinadigan energiya 
    O‘zbekiston energetika ehtiyojining 15 – 20 foizini qondira oladi. Energiya ishlab 
    chiqarishning bunday usuli, ma’lum darajada atrof-muhitni muhofaza qilish 
    muammosini hal etishda mamlakat qishloq xo‘jaligini yuqori sifatli o‘git bilan 
    ta’minlaydi.
    Chiqindixonada biomassadan to‘gridan-to‘g‘ri biogaz olishda foydalanish 
    mumkin. Chiqindining chirishi davomida metan gazi (
    4
    CH
    ) ajralib chiqadi. Ular 
    quvurlarda to‘planib, issiqlik elektrostansiyasiga yuboriladi, u yerda aralashma tabiiy 
    gaz bilan qo‘shilib, elektr energiyasi ishlab chiqarishda foydalaniladi. 
    Biogaz. Odamlar biogazdan XVIII asr oxirlaridan beri foydalanib kelmoqdalar. 
    Elektr paydo bo‘lgunga qadar Londonda yer ostidagi kanalizatsiya quvurlaridan 
    olingan maxsus gaz lampalarda ko‘chalarni yoritishda foydalanilgan.
    Biogaz, odatda, karbonat angidrid (СО
    2
    ) va (СN
    4
    ) metan gazlari aralashmasidir. 
    U havo va kislorod kirishi mumkin bo‘lmagan holatda (kislorod bo‘lmasligi, «anaerob 
    holati» deyiladi) turli biologik mikroorganizmlar parchalanishi natijasida hosil bo‘ladi. 
    Bundan tashqari, anaerоb sharоitida yashash qоbiliyati, mеtan hоsil qilish 
    qоbiliyatidagi mikrооrganizmlarning bоshqa хususiyatlariga ham ega. Ular 
    yog‘оchning asоsiy ingrеdiyеnti sеllyulоzani hazm qilishi mumkin. Bu 
    baktеriyalarning yana bir хususiyati, harorat, kislоtali, suv hajmi va bоshqalarda 
    yashash sharоitiga juda sеzgir hisоblanadi. 
    Biogaz, shuningdek, botqoqda va ko‘l tubida organik qoldiqlar, chirish sharoitida 
    ko‘p namlik va kislorod bo‘lmaganligidan ham paydo bo‘ladi. Biogaz uskunalari 


    19 
    parrandachilik va chorvachilik xo‘jaliklarida sinovdan o‘tgan. Mamlakatimizda biogaz 
    hosil qilish va undan foydalanish imkoniyatlari juda katta. 

    Download 3,83 Mb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   114




    Download 3,83 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbеkistоn rеspublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi buхоrо davlat univеrsitеti

    Download 3,83 Mb.
    Pdf ko'rish