• 2. O‘zbekistonda energetika siyosati
  • O‘zbеkistоn rеspublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi buхоrо davlat univеrsitеti




    Download 3,83 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet4/114
    Sana25.11.2023
    Hajmi3,83 Mb.
    #105372
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   114
    Bog'liq
    14415 2 6BCAAD1C053929B1EB564DE24E4C5A9C7D2724A7

    1. Issiqlik energiyasi. Bu energiyaning asosiy manbalaridan biri quyoshning 
    issiqlik nurlanishi, ikkinchisi esa, yer osti issiqligidir, geotermal suvlar. 
    2. Kimiyoviy energiya - fotosintez mahsulotlari. 
    3. Mexanik energiya. Shamol, dengiz to‘lqinlari, dengizning ko‘tarilib-tushishi, 
    dengiz oqimi va h.k. 
    4. Yorug‘lik energiyasi. Quyoshning yorug‘lik nuri. 
    Hozircha amalga oshirilgan tadqiqot ishlari shuni ko‘rsatadiki, barcha texnik 
    jihatdan amalga oshirish mumkin bo‘lgan QT↑ va NEM texnologiyasini quyidagi 
    jihatlarga qarab ajratish mumkin: 
    a) iqtisodiy jihatdan hozirdan amalga oshirish mumkin; 
    b) iqtisodiy jihatdan yaqin (15-20) yillarda amalga oshirish imkoniyati bor; 
    c) iqtisodiy jihatdan 30-40 yillarda amalga oshirish mumkin
    d) iqtisodiy jihatdan foydalana olish muammo yoki uzoq (40-50) yillardan so‘ng 
    foydalanish mumkin. 
    2. O‘zbekistonda energetika siyosati 
     
    Keyingi yuz yil ichida insoniyat energetika boyliklari ehtiyojini misli ko‘rilmagan 
    darajada ko‘paytirdi, bu esa unga tabiatga jiddiy va oqibatlari uzoqqa cho‘ziladigan 
    ta’sir o‘tkazish imkonini berdi. Fan-texnika taraqqiyoti davrida bu ko‘rsatkichlar 
    yanada o‘sib boradi. Rivojlangan mamlakatlarda tovarlar va xizmatlarning umumiy 
    hajmi endilikda har 15 yilda ikki baravarga oshmoqda. Shunga muvofiq ravishda 
    atmosferani, suv havzalari va tuproq ekologiyasini buzuvchi xo‘jalik faoliyati 
    chiqindilari miqdori ham ikki baravar ko‘paymoqda. Rivojlangan mamlakatlarda 
    tabiatdan har yili jonboshiga 30 tonna modda chiqarib olinadi, shundan ayrim hollarda 
    1-1,5 foizga yetar-yetmas qismi iste’mol qilinadigan mahsulot shakliga kiradi, qolgani 
    esa ko‘pincha tabiat uchun juda xavfli bo‘lgan chiqindiga aylanadi. 
    Hozirgi texnik taraqqiyot davrida, istalgan mamlakatda iqtisodiy o‘sish yoqilg‘i-
    energetika kompleksining faoliyati bilan mustahkam bog‘langan. Bunda energiya 
    resurslaridan maksimal hajmda va yuqori darajada samaradorlik bilan foydalanayotgan 



    mamlakatlar ko‘proq raqobatbardosh bo‘ladilar. Jumladan, Rossiya, Germaniya va 
    yana shunga o‘xshash sanoati rivojlangan jahon mamlakatlarining iqtisodiyoti ham 
    qayta tiklanmaydigan uglevodorod yoqilg‘i energetik resurslariga tayanadi.
    Energetika muammosi jahonda global muammo sifatida energiya manbalaridan 
    foydalanish tizimini takomillashtirish hamda energetika tizimida muqobil, ekologik 
    toza energiya manbalaridan foydalanish, energiya ta’minoti uzluksizligi va sifatini 
    yuqori pog‘onaga ko‘tarishga xizmat qilishi lozim. Yer yuzida energiya tanqisligini 
    oldini olish hamda atrof-muhit musaffoligini saqlash maqsadida energiyaning boshqa 
    manbalari: yer osti issiqlik energiyasi, shamol va quyosh energiyasidan 
    foydalanilmoqda. Yuqorida keltirilgan misollardan ko‘rinib turibdiki, oziq-ovqat, 
    atrof-muhit muhofazasi va energetik muammolar uyg‘unlashib borayotgan hozirgi 
    vaqtda tabiatni asrab-avaylash, energiya manbalaridan oqilona foydalanish talab 
    etiladi.
    Hozirgi vaqtda qazib olinadigan yoqilg‘ilar, asosan, organik yoqil’gilar hisoblangan 
    – ko‘mir, neft, tabiiy gaz va uran zahirasi dunyo energetika balansining asosi hisoblanadi. 
    Energoresurslarning hozirgi darajada iste’mol qilinishida dunyodagi neft zahirasi –45-50 
    yilga, tabiiy gaz – 70-75 yilga, toshko‘mir – 165-170 yilga yetishi mumkin. 
    Iqtisodiyotning kelajakda rivojlanishi, aholi sonining o‘sishi va mavjud an’anaviy 
    energiya ta’minoti hisobga olinsa, energiya ta’minoti mutanosib ravishda ortib boradi. 
    Undan tashqari, qazib olingan yoqilg‘ilarning ishlatilishi atrof-mihitga salbiy ta’sir 
    ko‘rsatadi. Respublikada energetika sektorining faoliyati tufayli tashlanadigan zaharli 
    moddalar miqdori 80 foizdan ko‘proqqa to‘g‘ri keladi. Bu tur energiya manbalaridan 
    foydalanishning o‘ziga xos qulay va noqulay tomonlari mavjud. Birinchidan, bu 
    turdagi energiya manbalarining yerdagi zahiralari chegaralangan bo‘lib, u vaqt o‘tishi 
    bilan kamayib boradi. Ikkinchidan, bu turdagi energiya manbalaridan foydalanish 
    natijasida atrof-mihitga turli chiqindilar chiqarib tashlanadi. Mutaxassislarning 
    ta’kidlashlaricha, har yili tabiiy yoqilg‘ilarning ishlatilishi natijasida atmosferaga 200 
    million tonnaga yaqin qattiq zarrachalar, 200 million tonna oltingugurt gazi, 700 
    millionn tonna uglerod oksidlari, 150 million tonna azot oksidlari chiqarib 


    10 
    tashlanmoqda. Buning natijasida tabiatda turli xildagi iqlim o‘zgarishlari sodir 
    bo‘lishiga olib kelmoqda.
    Yer yuzida hozirgi vaqtda aholi tomonidan foydalanib turilgan energetik 
    manbalarning tahlili ko‘rsatishicha, toshko‘mir 51,1 foizni, gaz 13,5 foizni, neft 
    mahsulotlari 12,5 foizni, atom elektrostansiyalarida foydalaniladigan uran energiyasi 
    10,7 foizni, muqobil energiya manbalari (MEM) 13 foizdan ortiqroqni tashkil qilar 
    ekan.

    Download 3,83 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   114




    Download 3,83 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbеkistоn rеspublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi buхоrо davlat univеrsitеti

    Download 3,83 Mb.
    Pdf ko'rish