1.13. Biogaz va bioo‘git ishlab chiqarish qurilmalarining sxemasi
Butun jahonda xomashyo va energiyadan foydalanish global muammo bo‘lib
qolmoqda. Bu muammoni hal qilishning muqobil yo‘llaridan biri biogaz olish
texnologiyasini aholi o‘rtasida hamda sanoat darajasida yo‘lga qo‘yish hisoblanadi.
Hozirgi kunda biogaz olish texnologiyasi yaxshi o‘rganilgan bo‘lib, bir qator xorij
mamlakatlarida muvaffaqqiyatli qo‘llanilmoqda.
112
220
l
ga ega bo‘lgan reaktor, propan balloni (suvli zatvor), biogaz yig‘ib olish
uchun avtomobil kamerasi, kamerani bosib turuvchi yuk (yuk o‘rnida betonli tosh, qum
to‘ldirilgan qop) va gazni o‘tkazuvchi vosita sifatida quvur va shlanglar kerak bo‘ladi.
1.6 – jadvalda kichik biogaz olish qurilmasi uchun kerakli jihozlar ro‘yxati berilgan.
1.6 – jadval
Kichik biogaz qurilmasi jihozlari
№
Jihozlar
1. Po‘lat reaktor, 220 litr hajmli
2. Propan ballon, 30 litr hajmli
3. Yuk avtomobili kamerasi
4.
Yordamchi qismlar (rezina tutashtirgichlar, po‘lat
o‘tkazgichlar, daraxt materiallari)
5. Sintetik yopgich
6. Issiqlikdan ajratuvchi mahsulotlar
Yuqoridagi jadvaldan ko‘rinib turibdiki, bu qurilmani qurish uchun juda kam
mablag‘ talab etiladi. Qurilma ancha sodda bo‘lib, asbob-uskunalarsiz qurilmani
yig‘ish mumkin. Bu qurilmani har bir xo‘jalik barpo etsa bo‘ladi.
Bu tipdagi oddiy biogaz uskunasi asosan (1-10)
3
m
gacha hajmli bioreaktorlarda
kuniga (50-200) kg xom ashyoni qayta ishlashga mo‘ljallangan bo‘lib, bijg‘itish
jarayoni 5
C
o
dan 20
C
o
gacha haroratda olib boriladi.
Ushbu bioreaktorlar janubiy mintaqalar uchun aralashmani aralashtirmasdan va
qizdirmasdan foydalanishga mo‘ljallangan bo‘lib, biogaz va bioo‘g‘it olishga
moslashtirilgan: yangi aralashmani quyish uchun yopiq idish, biogazni yig‘ish
moslamasi, ishlatib bo‘lingan aralashmani quyish moslamalaridan iborat.
O‘rtacha bir oilaga mo‘ljallangan kichik hajmli biogaz qurulmasiga 200 kgli
biomassa solinib, kuniga 10%ni almashtirgan holatda 1 m
3
biogaz olish mumkin. Agar
har bir xo‘jalik egalari (0,5 – 1)
3
m
bioreaktor qurilmasini o‘rnatsa, kuniga (3 – 10)
3
m
gacha biogaz olishlari mumkin. 1.12-rasmda kichik hajmli biogaz olish uskunasining
tuzilishi keltirilgan.
|