Biogaz va bioo‘g‘it ishlab chiqarish va ekologiya




Download 3,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/114
Sana25.11.2023
Hajmi3,83 Mb.
#105372
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   114
Bog'liq
14415 2 6BCAAD1C053929B1EB564DE24E4C5A9C7D2724A7

 
1.15. Biogaz va bioo‘g‘it ishlab chiqarish va ekologiya 
 
 Biogaz qurilmasidan chiqadigan gaz avval aytib o‘tilganidek, aralashma bo‘lib 
hisoblanadi. Biogazni asosiy tarkibiga yana bir bor to‘xtalsak, u (50-70) % metandan 
(CH
4
), shuningdek, 30-40% CO
2
, ozroq miqdorda H
2
S, NH
3
, H
2
, CO bo`lgan gazlar 
aralashmasidan iborat. Biogazda qo‘shimchalarni bo‘lishi, ayniqsa CO
2
miqdorining 
ko‘pligi biogaz yonishiga xalaqit beradi. Chunki, CO
2
kimyoviy jihatdan olganda 
yonib bo‘lgan gaz hisoblanadi, shu sababli bu gaz biogazda ortiqchalik qiladi.
Yana biogaz tarkibida qo‘shimcha sifatida uchraydigan H
2
S oz miqdorda bo‘lsa 
ham, juda katta hajmdagi biogaz qurilmasidan chiqayotgan biogazda uning miqdori 


125 
ko‘payib ketadi. H
2
S kislotalik xossasini namoyon qilib, po‘latdagi temir metali bilan 
ta’sirlashib, uning yemirilishiga, tez korroziyaga uchrashiga sabab bo‘ladi. Bu, albatta, 
biogaz ishlab chiqarishda ma’lum noqulayliklarni vujudga keltiradi va qo‘llaniladigan 
mashina va jihozlar umrini qisqartiradi hamda bu gazning yonishidan hosil bo‘lgan 
oltingugurt oksidlari atmosferani zaharlaydi.
NH
3
va CO biogazda oz miqdorda bo‘lsa-da, ma’lum bir miqdorda biogazning 
yonishiga xalaqit beradi. Bu muammolardan kelib chiqqan holatda, biogazni 
qo‘shimcha gazlardan tozalash lozim. Buning uchun ham ma’lum bir gazlarni 
ajratishga mo‘ljallangan texnologik jihozlar kerak bo‘ladi. Gazlarni bir - biridan
ajratish bosqichma - bosqich olib borilsa, juda katta texnologik qurilmalar zarur, bu esa 
juda katta sarmoyani talab etadi. Yana bir holat: bu texnologik qurilma va jihozlarni 
ishga tushirish uchun elektr toki yoki gaz yoqilg‘isi talab etiladi. Agar ajralib 
chiqayotgan biogazdan olinadigan foyda uni qo‘shimchalardan tozalashga ketadigan 
sarfdan kam bo‘lsa, bu iqtisodiy tanglikka olib keladi. Bu holat hech kimga ma’qul 
kelmaydi, albatta. 
Shuning uchun biz kam sonli qoramol va parrandaga ega bo‘lgan xonаdon egalari 
biogaz qurilmasini barpo etishi va qish mavsumida kelib chiqadigan gaz 
muammolarini o‘zi hal qila oladigan bo‘lishi uchun biz biogazni qo‘shimchalardan 
tozalashda oddiy, samarali va mablag‘ jihatdan arzon tozalash usulini ishlab 
chiqishimiz lozim.
Biogazni qo‘shimchalardan tozalash uchun quyidagi usuldan foydalanish 
mumkin. Buning uchun oddiygina ishlatish uchun yaroqsiz propan gaz ballonini olib, 
unga yuqoridan tubigacha ichki qismiga quvur mahkamlanib, bu quvur reaktordan 
keladigan biogaz aralashma gaz quvurga o‘rnatiladi va ustki qismidan ichki tarafga 
ozgina kirgizgan holatda yana quvur mahkamlanadi. Bu tozalangan gaz uchun chiqish 
hisoblanadi. Propan ballon (suvli zatvor) ichiga 3/2 qismigacha suv to‘ldiriladi. 
Reaktordan keladigan biogaz aralashmasi kiruvchi quvur orqali propan ballon ichidagi 
suvga ochiladi va biogaz gazi suvda ma’lum miqdorda qo‘shimcha gazlardan 
tozalanib, zatvor yuqorisiga suv bilan to‘lmagan qismida to‘planadi. Bu to‘plangan 
biogaz H
2
S, CO
2
, NH
3
dan anchagina yaxshi tozalangan holatda bo‘ladi va CH
4


126 
qo‘shimchalardan ham yuqori darajada tozalangan bo‘ladi. Biogazni H
2
S, CO
2
, NH
3
lardan tozalashda bu gazlarning suvda eruvchanligi hisobga olinadi. Bu gazlarning 
suvda eruvchanligini ko‘rib chiqamiz. 
CO

– 20 
0
C 100 ml suvda 87,8 ml eriydi 
H
2
S – 20 
0
C 100 ml suvda 2,58 ml eriydi 
NH
3
– 20 
0
C 100 ml suvda 52,6 ml eriydi. 
Bu ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, H
2
S va NH
3
miqdori juda oz bo‘lishini 
hisobga olganda, bu gazlarni suvda eritib, biogazdan tozalasa bo‘ladi. Bu gazlardan 
tozalangan biogaz juda yaxshi yonadi, H
2
Sdan tozalanganligi sababli atmosfera 
zaharlanishining oldi olinadi. H
2
S, CO
2
, NH
3
erigan propan ballondagi suv vaqt - vaqti 
bilan yangilanib turiladi. Suv ballon pastki qismiga o‘rnatilgan chiqish quvuri orqali 
tashqariga chiqarilib yuboriladi. Erigan gazlarga boyigan suv chiqindi sifatida tashlab 
yuborilmaydi, balki qishloq xo‘jalik ekinlari sug‘oriladi. Chunki, bu suvda erigan NH
3
ammiakdagi azot o‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishi uchun juda foydali 
hisoblanadi. Biogazni qo‘shimcha gazlardan tozalashda bu jihatlarni ham hisobga olish 
lozim. 
Biogazni CO

dan tozalashni yuqori darajaga olib chiqish uchun qo‘shimcha 
sifatida suyultirilgan ohakli zatvordan ham foydalansa bo‘ladi. Bunda quyidagi 
kimyoviy reaksiya boradi. 
O
H
CaCO
CO
OH
Ca
2
3
2
2
)
(



Ohakli zatvor unchalik ham muhim emas, chunki karbonad angidiridni suvda 
eruvchanligi juda yaxshiligi tufayli, suvli zatvorning o‘zi yetadi. 
Katta hajmli biogaz texnologiyasidan foydalanib, biogaz ishlab chiqarilayotgan 
bo‘lsa, biogazda suv bug‘lari ham ko‘p bo‘ladi. Biogazni suvdan tozalashda 
tindirgichlardan foydalaniladi. Katta hajmli biogaz qurulmalaridan olinadigan biogazni 
qo‘shimchalardan tozalashda ikki bosqichli tindirgich, undan so‘ng ikki bosqichli filtr 
va yana tindirgichdan foydalaniladi. 
Bundan tashqari, biogazni qo‘shimchalardan tozalashda mahalliy xomashyolar 
asosida olingan sorbentlar yordamida ham tozalash mumkin. Buning uchun adsorbent 
karbonat angidirid, vodorod sulfid va ammiak gazlarini tutib qoluvchi qo‘shimchalar 


127 
bilan bo‘yitiladi. Undan so‘ng biogaz adsorbentli filtrdan o‘tkaziladi va tozalanadi. 
Mahalliy xomashyolar asosida olingan sorbentlar o‘zimizning respublikada ishlab 
chiqarilishini hisobga olsak, bu sorbentlar iqtisodiy jihatdan qimmat hisoblanmaydi. 

Download 3,83 Mb.
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   114




Download 3,83 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Biogaz va bioo‘g‘it ishlab chiqarish va ekologiya

Download 3,83 Mb.
Pdf ko'rish