Biogaz va bioo‘g‘it ishlab chiqarish uchun sanitariya va standart




Download 3,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/114
Sana25.11.2023
Hajmi3,83 Mb.
#105372
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   114
Bog'liq
14415 2 6BCAAD1C053929B1EB564DE24E4C5A9C7D2724A7

 
1.16. Biogaz va bioo‘g‘it ishlab chiqarish uchun sanitariya va standart 
talablari. Biogaz va bioo‘g‘it ishlab chiqarishning me’yoriy hujjatlari 
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash Vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 
biogaz va bioo‘g‘it olish korxonasiga yer ajratish sanitariya me’yorlari quyidagicha:
- O‘zbekiston Respublikasi Bosh Davlat sanitariya shifokori tomonidan 2008- 
yilda tasdiqlangan 0246–08-sonli “O‘zbekiston Respublikasi aholi joylarida atmosfera 
havosini asrash bo‘yicha sanitariya me’yorlari va qoidalari” sanitariya me’yorlari va 
qoidalari (SanPIN)ga asosan, quvvati yiliga 40 tonnadan ortiq chiqindilarni qayta 
ishlashga mo‘ljallangan korxona sanitariya himoya mintaqasining masofasi 1000 metr, 
agar quvvati 40 tonnadan kam bo‘lsa, 500 metr deb belgilangan. 
- korxonaning ehtiyoji uchun davlat standarti texnik shartlarini ishlab chiqish 
masalasi Sog‘liqni saqlash Vazirligining vakolatiga kirmasligi, lekin ushbu hujjatda 
atmosfera havosi, tuproq va yer osti suvlarini chiqindilardan muhofaza qilinishini 
ta’minlash chora-tadbirlari ko‘zda tutilishi shart.
«O‘zstandart» agentligining ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining 
«Standartlashtirish to‘g‘risida»gi Qonunining 6-moddasiga muvofiq, me’yoriy 
hujjatlarsiz mahsulot ishlab chiqarish va tarqatilishiga yo‘l qo‘yilmasligi belgilab 
qo‘yilgan, biogaz va bioo‘git ishlab chiqarishga taalluqli bo‘lgan me’yoriy hujjat 
(texnik shartlar yoki korxona standarti) ishlab chiqilgan bo‘lib, u O‘zbekiston 
Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 11 noyabrda 1422-son bilan davlat 
ro‘yxatiga olingan. 
«O‘zstandart agentligida standartlashtirish bo‘yicha me’yoriy hujjatlar toifalarini 
tayyorlash va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi»ga muvofiq o‘rnatilgan tartibda davlat 
ro‘yxatidan o‘tkazish maqsadga muvofiq. 
Yuqoridagi sanitariya me’yorlari va standart talablari hali muqobil energiya 


128 
manbalari uskunalari, qurilishi va foydalanishiga bog‘liq bo‘lgan holatlarga ruxsat 
berish qoidalarini qo‘llash uchun yetarlicha vaziyatni to‘la qamrab olmaydi.
Ammo muqobil energiya manbalari qurilmalarini hayotga tadbiq qilish uchun, 
ularni ekologik jihatdan muhimligini isbotlovchi me’yoriy huquqiy hujjatlarni 
tayyorlash va ularni avvalo ta’lim tizimidan boshlab o‘rganishni taqqozo etadi. 
So‘ngi yillarda dunyo ekologiyasining keskin o‘zgarishi ta’lim tizimida ekologik 
fanlarni yanada chuqurroq o‘qitishni talab etmoqda. BMT tomonidan qabul qilingan 
Barqaror rivojlanish maqsadlari strategiyasi ham ekologik ta’lim va tarbiya, sog‘lom 
muhit yaratishning poydevori ekaniga e’tibor qaratilgan. Mazkur Strategiyani amalga 
oshirish maqsadida respublikamizda ekologik ta’limni rivojlantirish, ekologik 
kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash Strategiyasi hamda dasturi qabul qilingan. 
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining Barqaror rivojlanish ta’lim 
konsepsiyasida milliy ta’lim tizimiga singdirish bo‘yicha harakat dasturiga” muvofiq, 
ta’lim muassasalari tomonidan professional ta’lim va o‘qitishning barcha bo‘g‘inlarida 
o‘quv reja va dasturlarni takomillashtirish bo‘yicha ishlar izchillik bilan olib 
borilmoqda. 
“O‘zbekistonda uzluksiz ekologik va barqaror taraqqiyot ta’lim tizimining joriy 
etilishi hamda uning huquqiy asoslarini takomillashtirish” dasturi asosida keng 
ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. YUNESKO tomonidan dunyoning barcha 
davlatlarida uzluksiz ekologik ta’lim tizimini takomillashtirish hamda uning huquqiy 
asoslarini yaratish va tashkil etish vazifalari qo‘yildi. 
Dunyo taraqqiyotida atrof-mihit muhofazasi va ekologik ta’lim, tarbiyaga alohida 
e’tibor qaratilgan. O‘zbekistonda ekologik xavfsizlikni ta’minlashning huquqiy, 
tashkiliy, iqtisodiy, ekologik asoslari yaratilib 300 dan ortiq qonun va qonunosti 
hujjatlari qabul qilingan. Mamlakatimizda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda 
Xalq ta’limi vazirligi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining qo‘shma qaroriga 
asosan “Respublikada ekologik ta’limni rivojlantirish va ekologik kadrlarni tayyorlash, 
qayta tayyorlash hamda malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish 
istiqbollari” dasturi va konsepsiyasi, shuningdek, “O‘zbekiston Respublikasining 
barqaror taraqqiyot maqsadlari uchun ta’lim konsepsiyasi to‘g‘risida”gi qo‘shma 


129 
qarori hayotga samarali tadbiq qilinmoqda. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida 
qabul qilingan muqobil energiyadan foydalanish va atrof-muhit muhofazasi bo‘yicha 
harakatlar dasturi sohani barqaror rivojlantirishga qaratilgan.

Download 3,83 Mb.
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   114




Download 3,83 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Biogaz va bioo‘g‘it ishlab chiqarish uchun sanitariya va standart

Download 3,83 Mb.
Pdf ko'rish