130
II BO‘LIM. QAYTA TIKLANADIGAN ENERGIYA MANBALARIDAN
OLINADIGAN EKOLOGIK VA IQTISODIY SAMARALAR
2.1. Ishlab chiqarilayotgan energiyani nazorat qilishda elektr o‘lchov
asboblarining qo‘llanilishi
Quyosh energiyasidan foydalanishning ko‘p usullari mavjud bo‘lib, ulardan biri
– quyosh nuri energiyasini elektr energiyasiga aylantirishdir.
Quyosh nuri energiyasini elektr energiyasiga aylantirishning asosan uchta:
termoelektrik, termoelektron va fotoelektrik turlari mavjud.
1. Termoelektrik generatorlar (TEG) issiqlik energiyasini bevosita beradi. Uning
ishlash jarayoni bir jinsli bo‘lmagan ikki xil metallning bir-biriga payvandlangan
nuqtalarini har xil temperaturada saqlash vaqtida ularda elektr toki hosil bo‘lish
hodisasiga asoslangan.
Termoelektrik generatorlarning foydali ish koeffitsienti (FIK)
quyosh nurini
qaytaruvchi ko‘zgularning geometrik o‘lchamiga va uning qaytaruvchanligiga bog‘liq.
Shuningdek, TEGning FIK temperaturalar ayirmasiga ham bog‘liq, ya’ni
0
2
1
T
T
bo‘lishi kerak.
Agar termoelementning sovuq nuqtasidagi temperatura
300
2
T
K bo‘lsa,
uning
issiq nuqtasidagi temperaturaning o‘zgarishiga qarab foydali ish koeffitsienti
)
(
1
T
f
bo‘ladi.
Termoelektrik generatorlarda qo‘llaniladigan materialning elektr xossasi
temperatura o‘zgarishi bilan tez o‘zgaradi.
2. Termoelektron o‘zgartirgichlar deb harakatlantiruvchi
mexanizmlarni
ishlatmasdan, issiqlik energiyasini to‘gridan-tog‘ri elektr energiyasiga aylantiruvchi
qurilmalarga aytiladi.
Termoelektron o‘zgartirgichlarda harakatlanuvchi mexanizmning bo‘lmasligi
kerakli kattalikdagi va vazni yengil bo‘lgan ixcham elektr generatorlar yasab, ularni
kosmik kemalarda ishlatish imkonini beradi. Termoelektron o‘zgartirgichlarning ishi
yuqori vakuumli elektron lampaning ishlash jarayoniga asoslangan bo‘lsa-da, uning
131
elektrodlaridan biri–katod juda yuqori temperaturada qizigan bo‘lib, ikkinchisida,
ya’ni anodda temperatura unga nisbatan past bo‘lishiga qaramay, ular o‘rtasida issiqlik
o‘tkazuvchanlik hosil bo‘lmaydi. Shuning uchun ham issiqlik energiyasi ortiqcha isrof
bo‘lmaydi. Shu sababdan ham o‘zgartirgichning foydali ish koeffitsienti juda yuqori
bo‘ladi.
Termoelektron o‘zgartirgichda seeziy elementining bug‘larini
ishlatib, uning
foydali ish koeffitsientini (30 – 35) % gacha yetkazish mumkin.
Termoelektron o‘zgartirgichlarda quyosh nuri energiyasini qaytaruvchi ko‘zgular
yordamida qizdiriladigan o‘zgartirgichning elektrodlari ustiga to‘plab, uning
temperaturasi kerakli darajaga yetkaziladi. So‘ngra unga nisbatan sovuq anod bilan shu
qizdirilgan elektrod, ya’ni katod o‘rtasida ish bajarish zanjiri ulanadi.
3. Fotoelementlar (fotoeletrik qurilma) quyosh
nurini elektr energiyasiga
aylantiradi. Dunyoning bir nechta davlatlarda quyosh elektrostansiyalar ishlab turibdi.
Kremniyning monokristall turlaridan fotoelement tayyorlash yo‘nalishida katta
tajribalar mavjud. Fotobatareya to‘g‘ri va sochilgan quyosh radiatsiyasi bilan ishlaydi.
Bu esa bulutli kunlarda va geografik kengligi kattaroq bo‘lgan
joylarda foydalanish
imkonini beradi.