• 2.8 – chizma.
  • 2.3. Qayta tiklanadigan energiya manbalarining ekologik va iqtisodiy samaradorligi
  • Iste’mol qilinayotgan quvvatni nazorat qilish




    Download 3,83 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet73/114
    Sana25.11.2023
    Hajmi3,83 Mb.
    #105372
    1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   114
    Bog'liq
    14415 2 6BCAAD1C053929B1EB564DE24E4C5A9C7D2724A7

    Iste’mol qilinayotgan quvvatni nazorat qilish. O‘zgarmas tok zanjirlarida 
    quvvatni o‘lchash uchun zanjirdagi tok va kuchlanish o‘lchanadi, P = UI ifodadan 
    foydalanib quvvat topiladi. Quvvatni o‘lchash qurilmasi vattmetr deyiladi (2.6-rasm). 
    Bunda ikki xil sxema bo‘lishi mumkin. Iste’molchining qarshiligi (quvvati 
    o‘lchanayotgan qismida) voltmetrning ichki qarshiligidan juda kichik bo‘lsa, 2.8–a 
    chizma, iste’molchining qarshiligi (Ryuk) voltmetr qarshiligi bilan solishtiradigan 
    darajada bo‘lsa, 2.8 – b chizmadagi sxema qo‘llaniladi.
    2.6-rasm.Vattmetr 
    Bu usul sodda bo‘lsa-da, ikkita o‘lchash asbobini talab qiladi. Shuning uchun, 
    ko‘pincha, quvvatni bevosita o‘lchashda elektrodinamik vattmetr qo‘llaniladi. 


    146 
    Tok chulg‘amining qarshiligi qancha kichik, kuchlanish chulg‘amining qarshiligi esa 
    qancha katta bo‘lsa, o‘lchash xatoligi shuncha kichik bo‘ladi. Vattmetrning o‘lchash 
    diapazonini kengaytirish uchun Rq qarshilik ulanadi. 
    2.8 – chizma. O‘zgarmas tok zanjirlarida quvvatni o‘lchash sxemasi 
    Vattmetr doimiysi quyidagi ifodadan aniqlanadi: 
    N
    I
    U
    S
    n
    n
    n
    /
    )
    (

    (2.7) 
    bu yerda: N – asbob daraja bo‘laklarining soni.
    2.3. Qayta tiklanadigan energiya manbalarining
    ekologik va iqtisodiy samaradorligi 
     
     
    Qayta tiklanadigan energiya manbalari (quyosh, shamol, biogaz) asosida 
    ishlaydigan qurilmalar o‘zining iqtisodiy va ekologik samardorligi bilan baholanadi. 
    Samardorlik shu qurilmalardan olingan foyda, qurilmaga qilingan sarf xarajatlarning 
    yilligi hisoblanib samaradorlik aniqlanadi. Misol uchun biogaz olish, bioo‘g‘it olish 
    qurilmani iqtisodiy va ekologik samaradorligini tahlil qilaylik.
    Ko‘p hollarda biogaz qurilmalarining bosh mezoni sifatida biogaz olish va ishlab 
    chiqarish ko‘zda tutiladi. Biogaz qurilmalari go‘ng va undan chiqadigan oqavalarni 
    qayta ishlaydigan qo‘shimcha uskuna sifatida qaralsa, shu tufayli uni qurish va
    ishlatish, go‘ngni zararsizlantirish, o‘g‘it ishlab-chiqarish hamda atrof-muhit 
    muhofazasining bir qismi sifatida qaralib, unga ketadigan xarajatlar, aytilgandek bo‘lib 
    hisoblanganda, albatta, bu qurilmalar katta iqtisodiy samara bera oladi. 
    Biogaz texnologiyalarni barpo etishda ham mablag‘ muammosi mavjud. Mablag‘ 
    yetarli bo‘lsa, mukammal biogaz texnologiyalarini barpo etib, uni ishga tushirish 
    muammo emas. Yurtimizda biogaz qurilmasini barpo etish yangilik bo‘lib, yaqinda 


    147 
    kirib kelgani va keng miqyosda tarqalmaganligi, hali yurtimiz aholisi chiqindi 
    mahsulotlaridan biogaz olinishni va shu asosda elektr energiya, o‘g‘it olish mumkinligi 
    haqida to‘liq tasavvurga ega emas, biogaz ishlab chiqarish orqali ko‘plab foyda olish 
    mumkinligini ham bilishmaydi. Biogaz haqida, uning foydasi haqida tasavvurga ega 
    bo‘lmagan shaxslar o‘z mablag‘larini biogaz qurilmasini barpo etishga sarflamaydilar.
    Shuning uchun ham yurtimiz aholisini biogaz istiqbollari bilan yaqindan 
    tanishtirishda joylarda kichik bo‘lsa–da, biogaz qurulmalarini barpo etish, undan 
    biogaz chiqayotganini va yuqori sifatli o‘g‘it olinayotganini namoyish qilish kerak. 
    Hamda 2 - 3 dona qoramol va 20 - 30 dona tovuq boqish imkoniyatiga ega bo‘lgan 
    qishloq aholisi uchun ham, alohida xo‘jaligida kichik biogaz qurilmasi barpo etish 
    mumkinligini ko‘rsatish, mablag‘ jihatdan juda arzonga tushishini ta’kidlash lozim. 
    Mukammal uskunalar bilan jihozlangan texnologiyalar qanchalik ko‘p bo‘lsa, 
    shunchalik tez foyda beradi, lekin katta hajmdagi biogaz texnologiyasi uchun juda ko‘p 
    mablag‘ kerak bo‘ladi.
    Umuman barcha mukammal biogaz qurulmalari sarflangan xarajatni 4 - 5 yil 
    ichida to‘liq qoplab, foyda bera boshlaydi. 
    Chet el mamlakatlarida biogaz qurilmalarini barpo etib beruvchi xususiy firmalar 
    mavjud. Bu firmalarning qurulma qurish narxi juda yuqori hisoblanadi. 
    Biogaz texnologiyalarini chetdan olib kelmasdan, respublikamiz olimlari bilan 
    fermerlar hamkorlikda barpo etishsa, ancha arzonga tushadi. 10 
    3
    m
    hajmga ega biogaz 
    qurilmasining tannarxi quyidagi 2.1 - jadvalda keltirib o‘tilgan. 
    Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, 10 
    3
    m
    li biogaz qurilmasining tannarxi 5 mln. 
    so‘mni tashkil qilmoqda. Agar bu qurilmaga gazgolder, kompressor, gazli reduktor, 
    elektrokontaktli monometr, o‘rnatib yanada mukammallashtirilganda, chet el 
    firmalari qurub beradigan qurulmalarga nisbatan tannarxi ancha arzonga tushadi. 
    Bizning 10 
    3
    m
    hajmli biogaz qurilma 5000 bosh son parrandaga to‘g‘ri keladi. 

    Download 3,83 Mb.
    1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   114




    Download 3,83 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Iste’mol qilinayotgan quvvatni nazorat qilish

    Download 3,83 Mb.
    Pdf ko'rish