122
to‘liq qondiriladi. Ayrim oilalarda 1000 bosh va undan ortiq ham parranda mavjud.
Bu har bir oilaga kichik biogaz qurulmasini barpo etishga imkon beradi.
Tadqiqotlarda tovuq go‘ngining tanlanishiga yana bir sabab, gibrid tovuqlar oziq-
ovqati juda kuchli ratsion tarkibga ega bo‘lganligi va uning organik moddalarga boy
bo‘lishidadir. Tovuq go‘ngining yana bir xususiyatli tomoni yarim tayyor bo‘tqa
shaklida bo‘lishidadir. Uning namligi yuqori darajada bo‘lishi, aralashmaga
qo‘shiladigan suv nisbatini kamaytiradi. Mol go‘ngida
namlik yuqori darajada
bo‘lmasligi-bir joyda yopishib, qattiq dona - dona holatga kelib qolishiga olib keladi.
Bu holat esa reaktorda bir xil darajada issiqlik tarqalmasligiga sabab bo‘ladi. Tovuq
go‘ngida bunday xususiyat mavjud emas. Bir bosh tovuq kuniga (25 – 30) g go‘ng
chiqaradi hamda tovuq go‘ngining mol go‘ngiga qaraganda biogaz chiqishi va metan
saqlash unumi yuqori hisoblanadi.
Barg. Biogaz tayyorlash jarayonida o‘tkazilgan tadqiqotlarda barg va uning
xazonidan foydalanilgan. Bargdan foydalanib biogaz olish jarayonida anaerob
mikrobakteriyalari hosil bo‘lish ortadi.
Bunga sabab, xazonda mikrobakteryalar
mavjud bo‘ladi. Daraxt tepasida tirik holatdagi bargda asosiy moddalar to‘planadi,
shuningdek, mikrobakteriyalar ham. O‘simlik kuzgi xazonrezgilik boshlangan paytda
bargda o‘simlikda to‘plangan zararli moddalar va ko‘pgina mikrobakteriyalar ham
birga to‘planadi. Xazondagi mikrobakteriyalar kislorodsiz
sharoitda metan hosil
qiluvchi anaerob bakteriyalarga aylanadi va bu bakteriyalar biogaz hosil bo‘lishida
asosiy ishtirokchi bo‘lib xizmat qiladi. Xazon chirindiga aylanib, anaerob
bakteriyalarning rivojlanishi uchun ham asosiy muhit hisoblanadi.
Xazondan foydalanishning yana bir ahamiyatli tomoni bioaralashmaning birdek
aralashishi va go‘ngning bir - biriga yopishib, jarayonning sekinlashib qolishi oldini
oladi.
Respublikamiz sharoitida ko‘p barg hosil qiluvchi o‘simliklar juda ko‘p. Masalan,
chinor, o‘rik, terak, tol va boshqa o‘simliklarni misol keltirish mumkin.
Xazondan foydalanishning ham ma’lum bir qonun qoidasi bor. Xazonning asosiy
tarkibi sellyulyozadan iborat bo‘lganligi sababli, sellyulyoza
tezda chirindiga
aylanmaydi. Demak, xazon tarkibidagi sellyulyozadan metan olish qiyin va muddat
123
talab etadi. Biogaz olish reaktoriga xazonni solishdan oldin unga bijg‘ish jarayonini
tezlashtitish uchun ishlov berib, undan so‘ng reaktorga solish kerak. Shu holatda xazon
tezda bijg‘ib sellyulyoza biogaz beradi. Xazonga alohida
ishlov berish ortiqcha
mehnat, mablag‘ va vaqt talab etadi.
Biogaz olishda terak bargidan foydalanish mumkin. Terak bargidan biogaz
olishning quyidagi afzalliklari mavjud:
1. Terak bargining o‘rtacha kattalikda ekanligi uni bioaralashma bilan yaxshi va
birdek aralashishiga imkon beradi;
2. Terak bargining ko‘plab to‘kilishi;
3. Terak daraxtida erta xazonrezgilik ro‘y berishi, yog‘in-sochinli kunlarga
qolmasdan xazonni yig‘ishtirib olish imkonini beradi;
4. Terak bargining qalin va ko‘p bo‘lishi unda mikrobakteryalarning ko‘p
bo‘lishini ta’minlaydi;
5. Terak bargi o‘rtacha kattalikka ega bo‘lganligi uchun bioaralashmaning bir -
biriga yopishib qotib qolmasligi va ma’lum to‘siqlarni
paydo qilmasligi jarayonga
xalaqit bermaydi.