120
uglerod gazi miqdori oshib ketadi. Shuning uchun issiqliksiz sharoitda ishlaydigan
qurilma uchun yuklash (6 – 10)% bo‘lgani maqsadga muvofiq bo‘ldi.
Bijg‘ish jarayoni murakkab biokimyoviy o‘zgarishlar bilan kechib,
biogaz
qurilmasi faoliyati muvaffaqiyatli amalga oshishi uchun kerakli sharoitlar yaratishi va
ular mukammal bo‘lishi lozim. Har xil bakteriyalarning yashashi uchun ma’lum bir
harorat kerak bo‘ladi.
Biogaz chiqindilaridan bioo‘git olish qurilmalarining bir necha xil ko‘rinishlari
yaratilgan. Ushbu qurilmalardan birining tuzilishi va ishlash jarayoni bilan tanishib
chiqsak. Mazkur qurilmalarning ishlashi va samaradorligi ko‘plab omillarga, masalan,
haroratga, zichlik, zarur bakteriyalar miqdori, biokimyoviy muvozanat, uglerod-azot
munosabati va boshqa omillarga bog‘liq. Ishlatib bo‘lingan massa o‘zida
yuqori
miqdordagi azot va fosforni saqlab qoladi va undan tayyor o‘git sifatida foydalanish
mumkin.
Quyosh energiyasi hisobida ishlovchi distillangan suv va bioo‘g‘it oluvchi
kombinasiyalashgan qurilma varianti yaratilgan. Bioo‘g‘it oluvchi qurilmaning
umumiy ko‘rinishi 1.36-chizmada ko‘rsatilgan. Quyosh
nurlari betondan yasalgan
qurilma ichiga tushadi aralashmani qizdiradi suv bug‘lanib shishaning ichki sirtida
kondensasiyalanib disttillyat bo‘lib, jo‘mrakka tushadi. Qurilma ichida qolgan
aralashma qizigandan keyin yig‘ishtirib olinadi.
Muqobil energiya manbasi quyosh energiyasi asosida
ishlaydigan betondan
yasalgan qurilmaning elementi 20
2
m
foydali yuzaga ega bo‘lib (uzunligi 10
m
, eni 2
m
va devorining balandligi 0,2
m
), bunday elementlarni ko‘paytirish va yordamchi
qismlarni o‘zgartirish orqali unumdorligi kattaroq bo‘lgan qurilmalarni yaratish
mumkin.
121
1.36-chizma. Kombinasiyalashgan qurilmaning umumiy ko‘rinishi. 1–shisha
qoplama, 2–distillangan suv chiquvchi quvur, 3–qurilma
yon devoir, 4–aralashma
(substrat) solinadigan taglik, 5–shishasi ochilib bioo‘g‘it olinadigan maxsus joy
Aralashma uchun tayyorlangan maxsus idish hajmi 10 tonnagacha bo‘lishi
mumkin, ma’lum balandlikka o‘rnatilsa qurilmaga aralashmaning oqib kelishi qulay
bo‘ladi. Distillyat uchun o‘rnatilgan quvurlar ham ma’lum qiyalik ostida ulansa,
suvning yig‘ilishiga qulay imkoniyat tug‘iladi. Quyosh energiyasi asosida ishlaydigan
bioo‘g‘it olish qurilmasiga solinadigan (biogaz olingan) aralashma maxsus
avtomashinalar yordamida olib kelinadi.