119
ko‘rsatadi. Natijada reaktordagi mikroorganizmlarning maqbul barqarorligi buzilib,
jarayonning me’yorda borishi buziladi. Reaktorga solinadigan xomashyo reaktor ichki
hajmining 2/3 qismini egallashi kerak, qolgan bo‘shliq biogaz to‘planishi uchun kerak
bo‘ladi. Yuklanadigan xomashyo talabga javob bersa, idishga solinadi va suv bilan
to‘ldiriladi (bunda namlik 80 – 90% gacha bo‘lishi kerak).
Yirik shoxli qoramollar va cho‘chqalar go‘ngining boshlang‘ich namligi 82%,
parrandalarda esa 75% bo‘lishi mumkin. Reaktorga yuklanadigan xomashyo sovuq
bo‘lmasligi lozim, uning harorati bijg‘ish jarayoni haroratiga yaqin bo‘lishi kerak.
Biogaz qurilmasining yaxshi ishlashi reaktordagi metan hosil qiluvchi
mikroorganizm shtamplari miqdoriga bog‘liq. Ular yirik shoxli qoramollar go‘ngida
ko‘p bo‘ladi. Maqbul bijg‘ish jarayoniga erishish uchun quydagi usullarni qo‘llash
mumkin:
1. Reaktorni iliq suv bilan to‘ldirish va unga hayvonlar go‘ngi oqavasini qo‘shish;
2. Reaktorni yangi g‘o‘ng oqavasi bilan to‘ldirish;
3. Reaktorga issiq gaz hamda vaqti – vaqti bilan g‘o‘ng oqavasini yuklash.
Reaktorda mikroorganizmlarning o‘sishi uchun reaktorga asta issiqlik berish
kerak. Kerakli haroratga erishguncha sutkada 2 - 3 gradusdan oshirib boriladi. 7 - 8
kundan keyin reaktorda mikroorganizmlarning yashash faolligi kuchayib, biogaz ajrala
boshlaydi va hosil bo‘lgan metan yonishi mumkin, lekin yaxshi yonmaydi, vaqt o‘tishi
bilan metan hosil bo‘lishi kuchaydi va biogaz juda yaxshi yona boshlaydi. Reaktorga
tovuq go‘ngidan tashqari qoramollarning go‘ngi, cho‘chqa va boshqa qushlarning
go‘ngini ham solish mumkin.