1.9. Dengiz suvining to‘lqin energiyasi
Hozirgi vaqtda, to‘lqin energetik qurilmalari avtonom qurilmalar, mayoqlar,
laboratoriyalarda fan asboblarini energiya bilan ta’minlashda qo‘llaniladi. Shu bilan
birga, yirik to‘lqin stansiyalaridan dengizni burg‘ulashda, ochiq hududlar, xo‘jaliklarda
to‘lqin himoyasida foydalanish mumkin. To‘lqin energiyasidan sanoatda foydalanish
boshlandi. Hozir dunyoda 400 ga yaqin mayoqlar va navigatsion qurilmalar to‘lqinli
moslamalardan energiya oladilar. Hindistonda to‘lqinli energiya yordamida Madras
portida mayoq ishlaydi. Norvegiyada 1985-yildan boshlab, dunyoda birinchi, 850
kW
quvvatli sanoat to‘lqinli stansiyasi ishlamoqda.
85
To‘lqinli elektrostansiyalar yaratish barqaror zahirali to‘lqin energiyasiga ega
okean hududini tanlash bilan aniqlanadi, unga tebranish beqarorligi tartibini
tekislovchi moslama quriladi.
Samarali to‘lqin stansiyalari 80
m
kW
/
ga yaqin quvvat bilan ishlashi mumkin,
deb hisoblanadi.
Mavjud qurilmalar sinovi shuni ko‘rsatdiki, ular ishlab chiqaradigan energiya
hozircha odatdagisidan 2-3 baravar qimmatroq, ammo, yaqin kelajakda, uning bahosi
ancha pasayishi kutilmoqda.
Pnevmatik o‘zgartirgichli to‘lqin qurilmalarda to‘lqinlar ta’siri ostida havo oqimi
vaqt-vaqti bilan o‘z yo‘nalishini qarama-qarshi tomonga o‘zgartiradi. Aynan shu
sharoitlar uchun Uells turbinasi ishlab chiqarilgan, uning rotori havo oqimi yo‘nalishi
almashinuvida o‘z aylanish yo‘nalishining o‘zgarmasligini saqlagan holda
to‘g‘rilovchi harakatga ega, shunga ko‘ra, generator aylanish yo‘nalishi o‘zgarmasligi
ham ta’minlanadi.
Turbina turli to‘lqinli energetik qurilmalarda qo‘llanila boshladi. Kaymey
(Dengiz turi) to‘lqinli energetik qurilmasi – eng baquvvat, harakatdagi pnevmatik
o‘zgartirgichli qurilma – Yaponiyada 1976-yilda qurilgan. U balandligi 6-10
m
bo‘lgan tebranishdan foydalanadi. Uzunligi 80
m
, kengligi 12
m
, balandligi tumshuq
qismida 7
m
, quyruq qismida 2,3
m
; suv sig‘imi 500
t
bo‘lgan barjada pasti ochiq
22 ta havo kameralari o‘rnatilgan, har biri juft kamera bitta Uells turbinasiga ishlaydi.
Qurilmaning umumiy quvvati 1000
kW
. Birinchi sinovlar 1978-1979-yillarda
Tsuruoka shahri yaqinida o‘tkazilgan hamda qirg‘oqqa energiya uzunligi 3 m ga yaqin
bo‘lgan suv osti kabellari orqali uzatib turilgan edi.
1985-yilda Norvegiyada, Bergen sharidan shimoliy-g‘arbiy tomondan 46 km da
ikki moslamadan iborat sanoat to‘lqinli stansiyasi qurilgan. Birinchi moslama
pnevmatik tizim bo‘yicha Toftestallen orolida ishlagan edi (1.8-rasm).
|