88
osti kabellari orqali o‘tkaziladi. Yuklanishlar val bo‘ylab samarali taqsimlanishi uchun
20-30 ta qalquvchi qismlar
o‘rnatish lozim.
1978-yilda 50
m
uzunlikka ega, 20 ta diametri 1
m
bo‘lgan qalquvchi qismlardan
iborat bo‘lgan qurilma modeli sinovdan o‘tkazilgan. Ishlab chiqargan quvvati 10
kW
ga teng bo‘lgan. Keyinchalik, 20-30 ta diametri 15
m
dan, uzunligi 1200
m
bo‘lgan va
valga mahkamlangan qalquvchi qismlardan iborat yanada baquvvatroq qurilma
loyihasi ishlangan. Uning quvvati 45 ming
kW
ga teng bo‘lgan.
To‘lqin elektrostansiyalar (TES) loyihalari tahlili natijasida, avvaliga (7-10)
m
gacha chuqurliklarda, qirgoqqa urilma to‘lqinlar hududida o‘rnatiladigan temirbeton
massiv-gigantlar ko‘rinishidagi inshootlar tanlangan edi. Bu, bir tomondan, inshootlar
o‘lchamlarini kichraytirish, ikkinchi tomondan, ularni tuproq bilan yanada ishonchli
mahkamlashga imkon beradi. Qirg‘oqqa urilma to‘lqinlar katta qiyalikka ega va
ularning energiyasi to‘lqinning uzunligi va chuqurligi bo‘yicha yanada ko‘proq
to‘planadi.
1.9-rasmda TESning ko‘ndalang kesimi sxemasi keltirilgan. Uning asosiga Rassel
to‘g‘rilagichi patenti olingan. Stansiya bosimi
h
to‘lqinlar qirg‘oqqa urilishi va frontal
zahira idishi bilan orqa devorchalari to‘lishi natijasida hosil bo‘ladi.