Асбобнинг тузилиши ва ишлаш принципи




Download 0.54 Mb.
bet7/13
Sana07.12.2022
Hajmi0.54 Mb.
#33653
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
O’zbekiston Respublikasi

Асбобнинг тузилиши ва ишлаш принципи.
Buralma tebranma harakat qonuniyatlariga asoslanib jismlarning inersiya momentini aniqlashga imkon beruvchi asbob - trifilyar osma mayatnik deb yuritiladi. Bu mayatnik R radiusli doira shaklidagi platformadan iborat bo’lib (1-b rasm), u chetidan simmetrik nuqtalarga boglangan iplar yordamida r –radiusli diskka osilgan. Platforma ogirlik markazidan o’tuvchi o’q atrofida aylanma tebranishga kela oladi. Uning tebranish davri inersiya momentiga bogliq. Agar platformaga qo’shimcha yuk qo’yilsa, tebranish davri o’zgaradi. Massasi m bo’lgan platforma bir tomonga aylanma tebranma harakat qilsa, uning ogirlik markazi h balandlikka ko’tarilib,
Wn = mgh
potensial energiyaga ega bo’ladi. Platforma teskari tomonga buralsa, uning kinetik energiyasi:
(6)
bu yerda, I – platformaning inersiya momenti,
0 – uning muvozanat nuqtasidan o’tayotgandagi burchak tezligi.
Ishqalanishga sarf bo’lgan energiyani hisobga olmay, energiyaning saqlanish qonunini quyidagicha yozish mumkin:
(7)
Platforma tebranishi garmonik tebranish deb qaralsa, uning siljishi: (8)
bu yerda,  - burilish amplitudasi, Т – to’la tebranish davri, t – vaqt.
Burchak tezlik: .
Tezlikning amplituda qiymati muvozanat nuqtasidan o’tayotgan holatidagi tezlikka tengdir, ya’ni (9)
(7) va (9) ifodalar solishtirilib quyidagi munosabat hosil qilinadi:
(10)
Agar trifilyar mayatnik osilgan ipning uzunligi 1 bo’lsa, 1v – rasmdagi uchburchaklar AVS, va A1CO1 dan ogirlik markazining ko’tarish balandligi h ni topish mumkin:
(11)
bu munosabat (10) bilan solishtirilib, platforma inersiya momentini hisoblash formulasi hosil qilinadi:
(12)
Platforma ustiga m massali jism qo’yilsa, uning inersiya momenti:
(13)
Keltirilgan bu ifodalardan tekshirilayotgan jismlar inersiya momentlari quyidagi munosabatdan aniqlanishi ko’rinib turibdi:
(14)
- Platforma va jism simmetrik shaklga ega bo’lgani uchun ularning inersiya momentlari (1) ifoda asosida keltirib chiqarilgan formulalardan aniqlanishi mumkin. Xususan platforma yupqa disk ko’rinshida, ya’ni uning radiusi R qalinligi b dan juda katta bo’lsa, u holda platformaning inersiya momenti: (15)ifoda, aksincha R>b (qalinroq) bo’lsa, (15а)
ifoda yordamida hisoblanadi.
Simmetrik yuklar qo’yilgan holda ularning inersiya momentlari:
Iyuk = I0 + m’d, (15б)
u yerda, I0 – o’z o’qiga nisbatan inersiya momenti, d – platforma ogirlik markazidan yuk ogirlik markazigacha bo’lgan masofa.
Bu usul turli jismlar inersiya momentlarini ham aniqlash imkonini beradi. Inersiya momentlari o’rganilishi kerak bo’lgan jismlar platformaga shunday qo’yiladiki, ularning massa markazlari platforma aylanish o’qiga mos kelsin.



Download 0.54 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Download 0.54 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Асбобнинг тузилиши ва ишлаш принципи

Download 0.54 Mb.